1. Gretsiya davlat tuzumi. Gretsiya sanoati va qishloq xo’jaligi
Download 0.54 Mb.
|
Gretsiya davlati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat tuzumi.
Gretsiya davlati Reja; 1.Gretsiya davlat tuzumi. 2.Gretsiya sanoati va qishloq xo’jaligi 3. Eksport va import aloqalari. Gretsiya yoki Gretsiya Respublikasi (grekcha: Ελληνική Δημοκρατία, Ελλάδα) — Janubi-Sharqiy Yevropada, Bolqon yarim orolning janubida va uning atrofidagi orollarda (yiriklari — Krit, Evbeya, Rodos, Lesbos) joylashgan davlat. Maydoni 131,9 ming km2. Aholisi 11,28 million kishi (2012). Poytaxti — Afina shahri hisoblanadi. Maʼmuriy jihatdan 52 nom (viloyat)ga, nomlar yeparxiyalarga boʻlinadi. 10 tarixiy-geografik viloyatga boʻlish ham mavjud. Davlat tuzumi. Gretsiya — parlamentam respublika. Davlat boshligʻi — prezident. Amaldagi Konstitutsiya 1975-yilda qabul qilingan. Unga 1986-yil 7-martda kiritilgan tuzatishlarga binoan prezident parlamentda ochiq ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. U yana bir marta shu lavozimga qayta saylanishi mumkin. Prezident 10 kundan ortiq chet elda boʻlganida, vafot etganida, isteʼfoga chiqqanida yoki ishga layoqatsiz boʻlib qolganida uning vazifasini Deputatlar palatasining raisi bajarib turadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Deputatlar palatasi (bir palatali parlament) va respublika prezidenti amalga oshiradi. Parlament umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish asosida 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Prezident bosh vazirni va uning tavsiyasiga koʻra hukumatning boshqa aʼzolarini tayinlaydi. Aholisi Gretsiya aholisi-Aholisining 95 % yunonlar. Mamlakatning markaziy viloyatlarida albanlar va aromunlar, sharqida turklar yashaydi. Yahudiy, loʻli va bolgarlar Gretsiyaning hamma joyida bor. Rasmiy til — yunon tili. Aholining aksariyati pravoslavlar; 5 % boshqa dinlarda. Aholining 59 % shaharlarda, 11 % shaharchalarda, 30 % qishloq joylarda yashaydi. Uning oʻrtacha zichligi — 1 km2 ga 75 kishi toʻgʻri keladi. 5 mln.ga yaqin yunon mamlakat tashqarisida, asosan AQShda (2 mln. kishi), Kanada, Avstraliya, Olmoniyada istiqomat qiladi. Yirik shaharlari — Afina, Saloniki, Patri. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari[tahrir | manbasini tahrirlash] Umumgresiya sotsialistik harakati (PASOK), 1974-yilda tuzilgan; Gretsiya soʻl partiyasi, 1987-yilda tuzilgan; Soʻl va taraqqiyparvar kuchlar uyushmasi, 1989-yilda tuzilgan; Gretsiya kommunistik partiyasi, 1918-yilda asos solingan; Yangi demokratiya partiyasi, 1974-yilda tuzilgan; „Siyosiy bahor“ partiyasi, 1993-yilda tashkil etilgan. Gretsiya umummehnat konfederatsiyasi, 1918-yilda asos solingan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling