''Qadring baland bo'lsin, ona tilim! Qadring baland bo'lsin ona tilim!


Download 38.94 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.02.2023
Hajmi38.94 Kb.
#1167460
Bog'liq
Notes 200917 223942 b29



''Qadring baland bo'lsin, ona tilim!"
Qadring baland bo'lsin ona tilim!
O'zbektili jahonda keng tarqalgan tillardan biri
bo'lib Dunyoda so'zlashuvchilar soni bo'yicha 47-
o'rinda,Turkiy xalqlar ichida Turkiyadan keyin
ikkinchi o'rin, Markaziy Osiyoda esa birinchi o'rinda
turadigan yirik tildir.O'zbek tili O'zbekistondan
tashqari Shimoliy Afg'onistondagi asosiy rasmiy
tildur.Ayni paytda o'z tilimizni rivojlantirmasak,
uni davlat tili maqomini mustahkamlamasak va
keng miqyosda ommaviylashtirmasak bu raqamlar
kamayishi mumkin.Lekin shuni aksini qilsak tilimiz
dunyo tillari orasidan munosib obro qozonadi,
ommaviylashadi.Biz buni qila olamiz chunki bizning
bu borada imkoniyatlarimiz cheksiz.Tilimiz so'zlarga
juda boy, shakldosh so'zlar ko'p, Bu borada faxrlansak
arziydigan jihatlar ko'p.Xalqimizda ,,Ona tiling omon
bo'lsa, rangu ro'ying somon bo'lmas'' ,degan maqol
bor.Bu naql negizida qadim ajdodlarimizdan necha
asrlar davomida shakllanib kelayotgan purmano
hikmat yashirin.Ona tilimizni sof holatda saqlamas
ekanmiz, uni ajnabiy so'zlar bilan qorishtirib, g'aliz
jumlalar tuzsak, kimlargadir ma'naviy mute bo'lib
qolishimiz hech gap emas.Buyuk bobokalonimiz
Alisher Navoiy forsiyzabon til ancha ommalashgan
bir pallada o'z asarlarini turkiy tilda bitdi.Bunga o'sha
zamon ziyolilari e'tiroz bildirib, hatto g'azal mulkining
sultonini forsiychani tushunmasligini, turkiy til
qashshoq til ekanligini pisanda qilishdi.Aslida ham


qashshoq til ekanligini pisanda qilishdi.Aslida ham
o'sha davrda turkiy tilimiz go'yo jar yoqasiga borib
qolgan, hatto siqib chiqarish darajasigacha yetib
qolgan edi.Shoirning ,,Muhakama tul lug'atayin''(,,Ikki
til muhokamasi '') asarida forsiy va turkiy tillarni
solishtirish asnosida turkiy tilning naqadar so'zga
boyligini, ayniqsa fe'l so'z turkumining ma'nodoshik
xususiyatini ochib berdi.Qariyb olti asr oldin yashagan
shoirimiz ajnabiy so'zlar ummonida cho'kmaslik uchun
ona tilimizni, o'zining ma'rifat nomli kemasi ila qutqarib
qolgandi.
XXI asr...Zamonaviy televideniya rivojlangan davr.Shu
jumladan o'zbek televideniyasi ham yangilanish davrini
boshdan kechirmoqda.Lekin televideniyalarda ayrim
hollarda tilimizdan va madaniyatimizdan chetga
chiqib ketish holatlari uchramoqda.Bu esa tilimizga
hurmatsizlik, xoinlikdir.Atoqli mashhur shoirimiz
Abdulla Oripovning ,,Ona tilim'' nomli qalblarning
tubidan joy oluvchi she'rini hozir bir eslamasak
adolatdan bo'lmas:
Ming yillarkim bulbul kalomi
O'zgarmaydi, yaxlit hamisha
Ammo sho'rlik to'tining holi
O'zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim,sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she'rga solaman.
Sen yo'qolgan kuning,shubhasiz
Men ham to'ti bo'lib qolaman!
Bu yerda A.Oripov tili yo'q odamni to'tiga


Bu yerda A.Oripov tili yo'q odamni to'tiga
qiyoslaydi.To'ti, odamlardan o‘rganganini taqlid
qiladi.Chunki u tutqun qush.Tili bor insonni esa
bulbulga qiyoslaydi.Bulbulga qancha gapirtirishni
urintirmang baribir u o'z tilida gapiradi.Hech qachon
inson o'rgatganday gapirmaydi.U ozod hur qush.To'ti
esa qafasdagi bir tutqun.Bu hodisa bizlarga tilimizga
nisbatan bo'lgan munosabatimizni ijobiy tomonga
o'zgartira olishi mumkin.Ayni paytdan tilimizning soflik
darajasini saqlab turishimiz kerak.Unga begona so'zlar
kirib kelishini oldini olishimiz va bunga qattiq qarshilik
qilishimiz zarur.Ma'rifat fidoyilarining gavhari bo'lgan
Abdurauf Fitrat ,,Tilimiz'' nomli maqolasida ,,Eng boy va
baxtsiz til qaysi tildir? Bilasizmi? Bu Turkiy tildir.deya
jon kuydirgan.Chunki bizning til so'zga boy bo'la turib,
uning imkoniyatlaridan foydalana olmaymiz.Hozirda 
50-55 million kishi biz so'zlashayotgan o'zbek tilida
muloqot qiladi.Lekin bu raqamlarning oshishi yoki
kamayishi bizlarga bog'liq.Zero o'z tilimizni boshqa
chet el tillaridan asramasak tilimizni ahamiyati va
obro'yiga putur yetishi mumkin.Keling yurtdoshlar,
adabiyotshunos olimlar, til o'qituvchilari va albatta
jurnalistlar tilimizni asrashga uning ravnaq topib 
tilimizni yanada kengayishiga va jahonda abadiy
zarhal harflar bilan o'z o'rniga ega bo'lishiga hissamizni
qo'shaylik.
Последнее изменение: 22:39

Download 38.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling