''Qadring baland bo'lsin, ona tilim! Qadring baland bo'lsin ona tilim!
Download 38.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Notes 200917 223942 b29
''Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" Qadring baland bo'lsin ona tilim! O'zbektili jahonda keng tarqalgan tillardan biri bo'lib Dunyoda so'zlashuvchilar soni bo'yicha 47- o'rinda,Turkiy xalqlar ichida Turkiyadan keyin ikkinchi o'rin, Markaziy Osiyoda esa birinchi o'rinda turadigan yirik tildir.O'zbek tili O'zbekistondan tashqari Shimoliy Afg'onistondagi asosiy rasmiy tildur.Ayni paytda o'z tilimizni rivojlantirmasak, uni davlat tili maqomini mustahkamlamasak va keng miqyosda ommaviylashtirmasak bu raqamlar kamayishi mumkin.Lekin shuni aksini qilsak tilimiz dunyo tillari orasidan munosib obro qozonadi, ommaviylashadi.Biz buni qila olamiz chunki bizning bu borada imkoniyatlarimiz cheksiz.Tilimiz so'zlarga juda boy, shakldosh so'zlar ko'p, Bu borada faxrlansak arziydigan jihatlar ko'p.Xalqimizda ,,Ona tiling omon bo'lsa, rangu ro'ying somon bo'lmas'' ,degan maqol bor.Bu naql negizida qadim ajdodlarimizdan necha asrlar davomida shakllanib kelayotgan purmano hikmat yashirin.Ona tilimizni sof holatda saqlamas ekanmiz, uni ajnabiy so'zlar bilan qorishtirib, g'aliz jumlalar tuzsak, kimlargadir ma'naviy mute bo'lib qolishimiz hech gap emas.Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy forsiyzabon til ancha ommalashgan bir pallada o'z asarlarini turkiy tilda bitdi.Bunga o'sha zamon ziyolilari e'tiroz bildirib, hatto g'azal mulkining sultonini forsiychani tushunmasligini, turkiy til qashshoq til ekanligini pisanda qilishdi.Aslida ham qashshoq til ekanligini pisanda qilishdi.Aslida ham o'sha davrda turkiy tilimiz go'yo jar yoqasiga borib qolgan, hatto siqib chiqarish darajasigacha yetib qolgan edi.Shoirning ,,Muhakama tul lug'atayin''(,,Ikki til muhokamasi '') asarida forsiy va turkiy tillarni solishtirish asnosida turkiy tilning naqadar so'zga boyligini, ayniqsa fe'l so'z turkumining ma'nodoshik xususiyatini ochib berdi.Qariyb olti asr oldin yashagan shoirimiz ajnabiy so'zlar ummonida cho'kmaslik uchun ona tilimizni, o'zining ma'rifat nomli kemasi ila qutqarib qolgandi. XXI asr...Zamonaviy televideniya rivojlangan davr.Shu jumladan o'zbek televideniyasi ham yangilanish davrini boshdan kechirmoqda.Lekin televideniyalarda ayrim hollarda tilimizdan va madaniyatimizdan chetga chiqib ketish holatlari uchramoqda.Bu esa tilimizga hurmatsizlik, xoinlikdir.Atoqli mashhur shoirimiz Abdulla Oripovning ,,Ona tilim'' nomli qalblarning tubidan joy oluvchi she'rini hozir bir eslamasak adolatdan bo'lmas: Ming yillarkim bulbul kalomi O'zgarmaydi, yaxlit hamisha Ammo sho'rlik to'tining holi O'zgalarga taqlid hamisha. Ona tilim,sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she'rga solaman. Sen yo'qolgan kuning,shubhasiz Men ham to'ti bo'lib qolaman! Bu yerda A.Oripov tili yo'q odamni to'tiga Bu yerda A.Oripov tili yo'q odamni to'tiga qiyoslaydi.To'ti, odamlardan o‘rganganini taqlid qiladi.Chunki u tutqun qush.Tili bor insonni esa bulbulga qiyoslaydi.Bulbulga qancha gapirtirishni urintirmang baribir u o'z tilida gapiradi.Hech qachon inson o'rgatganday gapirmaydi.U ozod hur qush.To'ti esa qafasdagi bir tutqun.Bu hodisa bizlarga tilimizga nisbatan bo'lgan munosabatimizni ijobiy tomonga o'zgartira olishi mumkin.Ayni paytdan tilimizning soflik darajasini saqlab turishimiz kerak.Unga begona so'zlar kirib kelishini oldini olishimiz va bunga qattiq qarshilik qilishimiz zarur.Ma'rifat fidoyilarining gavhari bo'lgan Abdurauf Fitrat ,,Tilimiz'' nomli maqolasida ,,Eng boy va baxtsiz til qaysi tildir? Bilasizmi? Bu Turkiy tildir.deya jon kuydirgan.Chunki bizning til so'zga boy bo'la turib, uning imkoniyatlaridan foydalana olmaymiz.Hozirda 50-55 million kishi biz so'zlashayotgan o'zbek tilida muloqot qiladi.Lekin bu raqamlarning oshishi yoki kamayishi bizlarga bog'liq.Zero o'z tilimizni boshqa chet el tillaridan asramasak tilimizni ahamiyati va obro'yiga putur yetishi mumkin.Keling yurtdoshlar, adabiyotshunos olimlar, til o'qituvchilari va albatta jurnalistlar tilimizni asrashga uning ravnaq topib tilimizni yanada kengayishiga va jahonda abadiy zarhal harflar bilan o'z o'rniga ega bo'lishiga hissamizni qo'shaylik. Последнее изменение: 22:39 Download 38.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling