Qahharov alisherning
Download 140.97 Kb.
|
10009-iqtidorli
Olduvay – miloddan 3-2 million yil avval. Ilk paleolit – miloddan l million – l00 ming yil avval . O`rta paleolit – miloddan l00-40 ming yil avval . So`nggi paleolit – miloddan 40-l2 ming yil avval. Sana__________ Eneolit va bronza asri ziroatchilari Neolit davri oxirida odamlar ixtiro va kashfiyotlar orasida eng buyuklaridan birini yaratishga muyassar bo`ldilar, ya`ni misdan foydalanish, bu metalldan mehnat qurollari va qurol-yaroq yasashga o`tildi. Misdan yasalgan qurollar toshdan yasalganlari bilan barobar tarqalishi davriga eneolit – mis asri deb nom berishgan. Bu miloddan avvalgi 4-3 mingyilliklarda ro`y bergan edi. Toshga nisbatan afzalliklariga qaramasdan, mis unchalik keng tarqalmadi. Metall faqat odamlar misni qalayi, qo`rg`oshin yoki rux bilan birga qo`shib eritib, bronza hosil bo`lganidan so`ngra toshni bir chetga surib chiqara boshladi. Metallurgiya rivoji kishilarning moddiy va ma`naviy madaniyatiga katta ta`sir ko`rsatdi. Miloddan avvalgi IV mingyillikda Qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi. O`rta Osiyo janubida sug`orma dehqonchilik (irrigatsiya asosida) vujudga keldi, xom g`ishtdan qurilgan ko`p xonali uylar qurila boshlandi, bu-yumlarni pishirish uchun kulolchilih xumdonlaridan foydalanishga kirishildi. Sopol buyumlar hayvonlar, qushlar va o`simliksimon naqshlar (yaproqlar, gullar) bilan bezatiladigan bo`ldi. Bronza misga qaraganda ancha qattiqligi tufayli miloddan avvalgi III mingyillik o`rtalaridan boshlab asta-sekin mehnat qurollari, qurol-yaroq va zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy materialga aylanib qoldi. Bronza mehnat qurollariga ega bo`lgan odamlar endi dalalarga ancha durust ishlov berish va ekin maydonlarini kengaytirish imkonini qo`lga kiritdi, natijada ular ixtiyorida ortiqcha qishloq xo`jalik mashg`ulotlari vujudga keldi. Chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi. Janubda dehqonchilik, shimolda esa chorvachilik rivojlandi. Odamlar termachilik va ovchilikdan dehqonchilik va chorvachilikka o`tdilar. Urug`ni ayol oziq-ovqat bilan ta`minlashda yetakchilik qilar ekan, matriarxat davom etib keldi. Yer haydab ziroatchilik qilish, chorvachilik, hunarmandchilikning vujudga kelishi bilan urug`ni yetarli mahsulotlar bilan ta`minlash erkaklar qo`liga o`tdi. Ayollar uy xo`jaligi xususida g`amxo`rlik qila boshladilar. Endi urug`chilik oilasida erkaklar muhim o`rin tuta boshladi. Oila qurishda ayol er kishi oilasi urug`i ixtiyoriga o`tadi. Qarindoshchilik erkak nomi bilan belgilanadigan bo`ladi. Miloddan avvalgi III mingyillikka kelib, patriarxat davri boshlandi. Ota urug`iga o`tilishi patriarxal oila shakllanishi bilan barobar kechdi. Bunday oila ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tasilkil topgan edi.
Dehqonlarning qadimgi manzilgohlaridan biri Zarafshon daryosi havzasidagi Zamonbobo ko`li yaqinidan topilgan. Shuningdek, Turkmaniston (Oltintepa, Namozgoh) vaTojikiston (Sarazm) hududlarida eneolit va bronza asriga oid uy-joylar va turli buyumlar topilgan va o`rganilgan. Zamonbobo - Buxoro viloyati Qorako`l tumanidagi Zamonbobo ko`li bo`ylarida miloddan avvalgi II mingyillikda yashagan chorvadorlar va dehqonlarning qadimiy madaniyati. Surxondaryo vodiysida, Sherobod yaqinidan arxeologlar qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri bo`lgan Sopollitepani topishdi. Qazishmalar davomida bu yerdan uy-joy, maishiy va xo`jalikbop xonalardan tarkib topgan paxsa imorat, sopol buyumlar, bronzadan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari, shuningdek, yirik-yirik xumlarda saqlangan bug`doy va arpa doni topilgan. Bundan uch yarim ming yil muqaddam Surxon vohasida hozirgi Sheroboddan uncha uzoq bo`lmagan joyda Jarqo`ton manzilgohi vujudga kelgan edi.
Jarqo`ton manzilgohi rejasida shaharning ilk alomatlari ko`zga tashlanadi. Jarqo`ton ikki qismga ajratilgan edi: qasr (hukmdor qarorgohi) va jamoa a`zolari, hunarmandlar va savdogarlarning arkni qurshab turgan uylari. Ark ichida ibodatxona (ilk ibodatxona) bo`lgan. Bu davrga oid manzilgohlar Xorazm vohasida topilgan va o`rganilgan. Bronza davri manzilgohlari aholisi har xil hunarmandchiliklar, to`quvchilik, kulolchilikni rivoj toptirishda, zeb-ziynat buyumlari yasash, qurilish sohasida katta yutuqlarga erishgan edi. Bronza davrida odamlar kulolchilik charxi va g`ildirakni kashf etdilar. Shu tariqa harakatlanish vositalari ham vujudga keldi.
Mehnat qurollari yasash uchun temirdan foydalanilishi, eng avvalo, dehqonchilik texnikasi rivojiga ta`sir o`tkazdi. Temir uchli omochlar, temir boltalar va so`qalar paydo bo`ldi. Bu mehnat qurollari katta-katta maydonlarda ziroatchilikni rivojlantirishga imkon yaratib berdi. O`rta Osiyodan topilgan eng qadimgi temirdan yasalgan buyumlar miloddan avvalgi IX-VIII asrlarga oid bo`lsa-da, ulardan ko`pi miloddan avvalgi VII-VI asrlar bilan sanalashtirilgan. Yevropadan farqli o`laroq Sharqda Ijtimoiy tuzum dehqonchilik asosan sun`iy sug`orish zaminida rivojlandi. Gulga burkangan bog`lar va serhosil dalalar Sharqda anhorlar va ariqlar keng tarmog`i yordamiga dalaga oqizilgan suv tufayli mavjud bo`lishi mumkin edi. Temir qurollarning keng tarqalishi mehnat unumdorligini oshirdi. Bu narsa yanada rivoj topgan ishlab chiqarish usuliga o`tilishiga zamin hozirladi. Urug` jamoasi o`rnini hududiy qo`shnichilik jamoasi egallay boshladi. Miloddan avvalgi I mingyillik boshlarida O`rta Osiyoda aholi to`rt guruhga ajratilgan: kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar. Qabila-urug` boshliqlarining nufuzi asta-sekin orta bordi. Harbiy sarkardalarning nufuzi ayniqsa ortib, hokimiyat otadan o`g`ilga o`tadigan bo`ldi. Ijtimoiy tuzum taraqqiyoti: urug` – urug` jamoasi – hududiy qo`shnichilik jamoasi – qabila – qabilalar ittifoqi – davlat. Doimiy harbiy to`qnashuvlar sharoitida qabila sardorlarining ahamiyati va nufuzi orta bordi, jamiyat esa harbiy demokratiya qoidalariga asosan yashay boshladi. Harbiy demokratiya – ilk davlatchilikka o`tish davrida qabilaga harbiy sardorlar boshchilik qilgan bir boshqaruv shaklidir. «Avesto»dan O`rta Osiyoda jamiyatning negizi «nmana» deb ataluvchi katta pattriarxal oila bo`lganini bilib olamiz. Bir necha «nmana»lar urug` jamoasi – «vis»ni tasilkil etgan. Hududiy qo`shnichilik jamoasi esa «varzana» deb nomlangan. Bunday jamoalar qabilaga – «zantu»ga birlashgan. O`z hududini himoya qilish uchun bir qancha qabilalar ittifoqqa – «dah`ya»ga uyushishgan. «Avesto»ga ko`ra, jamiyatni idora qilishning quyidagi tizimi mavjud bo`lgan: oqsoqollar kengashi – xalq yig`ilishi – alohida tumanlar – viloyatlar hukmdorlari. Aholi urug` va qabila bo`yicha emas, balki hududiy taomilga ko`ra guruhlarga ajratilishi vujudga kelayotgan davlatchilikning muhim alomati edi. Sana__________ Ilk sivilizatsiyalarning vujudga kelish davri Odamning Yer yuzidagi ilk qadam laridan boshlab ko`p asrlar va mingyilliklar davomida kishilar hayotidagi o`zgarishlar rosa sekinlik bilan kechgan. Xo`jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari - dehqonchilik va chorvachilik odamlarning buyuk kashfiyotlaridir. Dehqonchilik va chorvachilik bundan 10-11 ming yil muqaddam Old Osiyoning ayrim o`lkalarida vujudga kelganini bilamiz. Falastin hududida joylashgan Iyerixon dehqonchilik manzilgohi eng qadimiylaridan biri hisoblanadi. Old Osiyoning o`troq aholisi tez sur`atda ko`payib bordi. Qurg`oqchilik mahalida ziroatchilar muqim yashaydigan yerlarini tark etib, boshqa hududlarga ketishar edi. Shu taxlit, yangi suv manbalari va serhosil yerlarni izlash zarurati Sharqning turli o`lkalarida - Kichik Osiyo, Misr, Bobil, Kavkazorti, Eron va O`rta Osiyoda dehqonchilik tarqalishiga maydon hozirladi. Dehqonlar aholi qo`rg`onchalari barpo etishgan. Ixcham aholi qo`rg`on chalarida odatda qarindoshlar jamoasi a`zolari yashashgan. Har bir oila o`z uyiga, qishloq xo`jalik mahsulotlari zaxiralari va chorva tuyog`i saqlanadigan alohida omborlarga ega bo`lgan. Dalalarda birga mehnat qilishgan. Yer so`qa bilan ishlov beriladigan, keyinchalik so`qa yoki omoch bilan shudgor qilinadigan bo`ldi. Hosil tosh va suyakdan yasalgan o`roqlar bilan yig`ishtirilgan. Barcha qabilalar ham yetarlicha yegulik zaxirasiga ega bo`lmagan. Ba`zilarining yerlari unchalik unumdor bo`lmasa, boshqalari faqat chorvachilik va ovchilik bilan shug`ullanishni afzal ko`rishar edi. Bunday qabilalar bir chekkaga chiqib alohida yashashga ham qarshi bo`lishmagan. Cho`ponlar va dehqonlar O`rtasida suv manbalari va yaxshi yerlar ustida tez-tez janjallar bo`lib turar edi. Qabilalar bir-birlariga hujum qila boshladilar. Manzilgohlar mudofaa devorlari bilan o`rab olindi. Dehqon, chorvador va ovchilar o`z sardorlari rahnamoligida jangchilarga aylanishardi. Dushmanlardan himoyalanish zarurati har xil tumanlar aholisini ittifoqlarga uyushishga majbur qildi. O`zgalar hududini egallab olish uchun ham avvalgisiga qaraganda ko`proq kuch talab etilar edi. Bu aholi aralashib, qorishib ketishiga olib keldi. Ko`plab odamlar qandaydir urug` yoki qabilaga mansubligidan qafiy nazar anhorlar va boshqa sug`orish inshootlari qurilishiga jalb etilar edi. Endi odamlar bitta urug` yoki qabilaga mansub bo`lmay qoldilar. Tug`ishganlik munosabatlari ularning hayotida belgilovchi omil bo`lmay qoldi. Ishlab chiqaruvchi xo`jalik shakllari, qurilish va hunarmandchilik rivojlanishi, Kichik urushlar boshlanishi va har xil tumanlar aholisi birlashishi boshlanishi odamlar hayotini sezilarli o`zgartirdi. Jamiyatda harbiy sarkardalar - sardorlar va jamoachilar xo`jalik hayotiga rahbarlik qiluvchi oqsoqollar ajralib chiqishdi. Diniy marosimlar kohinlar tomonidan ado etilardi. Ayrim dehqornchilik tumanlarida dastlabki davlatlar tasilkil topdi. Shu tariqa, tarixda dastlabki sivilizatsiyalar rivojlanishi davri boshlandi.
Ilk sivilizatsiyalarga hunarmandchilik, qurilish va arxitektura, ayirboshlash va savdo-sotiqning yuqori darajasi xosdir. Ko`pgina o`lkalarda sivilizatsiya yozuv, nazariy bilimlar, adabiyot va san`at mavjud bo`lganligiga ham bog`liqdir. Sivilizatsiyalar ko`p miqdorda sug`orish inshootlari – Kanallar va suvayirg`ichlar qurish zarur bo`lgan joylarda vujudga Keldi. Bunday imkoniyat esa Misrda Nil, Mesopotamiyada Dajla va Frot, O`rta Osiyoda Sirdaryo va Amudaryo mavjudligi tufayli yuzaga kelgan edi. Bu hududlarda sug`orishni talab qiluvchi unumdor va hosildor tuproq bo`lgan. Harbiy sardorlar va zodagonlar sug`orish tizimlarini barpo etish ishlariga rahbarlik qildilar. Pirovardida aynan ular bunday davlatlarning hukmdorlariga aylanishdi. Ilk sivilizatsiyalar Qadimgi Sharqda vujudga keldi. Tarixning turli davrlarida sivilizatsiyalar Yer yuzidagi barcha qit`alarda rivoj topdi. Qadim o`tgan zamonlardan beri O`zbekiston O`rta Osiyo deya mushtarak nom bilan ataladigan hududlar tarkibida bo`lib keldi.Old Osiyo va Yevropa shaharlariga boruvchi olamshumul Buyuk Ipak yo`li ham salmoqli ahamiyat kasb etgan. Daryolar oqadigan vodiylardan ham muhim savdo va karvon yo`llari o`tgan edi. Bundan 4-5 ming yil muqaddam o`lkamiz aholisi Qadimgi Sharqning turli o`lkalari bilan yaqin aloqalarda bo`lgan. Qadimgi manzilgohlarda qazishma ishlari o`tkazayotganda arxeologlar Hindiston, Eron va Mesopotamiya (Bobil) hunarmandlari yasagan sopol buyumlar, metallardan yasalgan asbob-uskunalar va zargarlar yasagan taqinchoqlarni ham topishadi. Sharqda qadimgi dunyoning yirik davlatlari gullab-yashnagan kezlarda, ya`ni miloddan avvalgi I mingyillikda o`zaro madaniy ta`sir va ayirboshlash ayniqsa kuchaydi. Turli yozma va arxeologik manbalarda qadimgi xalqlar hunarmandchiligi, binosozligi, me`morchiligi va xo`jaligida namoyon bo`lgan bir-birini madaniy boyitishga oid misollarni ko`plab ilg`ash mumkin.
Yozuvlar maqbaralar devorlariga va xudolar haykallariga chekib yozilgan. Qadimgi yunonlar ularni «iyerogliflar» deyishgan (toshga chekilgan muqaddas bitiklar ma`nosini anglatadi). Misrliklar alifbosi 700 iyeroglifdan iborat bo`lgan. Har bir so`z o`zida bir qancha ramzlar va timsollarni ifoda etgan. Iyerogliflarni o`rganish rosa qiyin ish bo`lib, savod chiqa-rish ko`pchilikka nasib etavermagan. Iyerogliflarni qa-mish qilqalam bilan papi-rusga, ya`ni papirus poyasidan ishlangan qog`ozga yozishgan. Turli rangdagi mineral bo`yoqlar siyoh vazifasini o`tagan. Ta`lim olayotganda sopol buyumlar parchasiga yoki ohaktoshga yozar edilar. Husnixat san`atini egallagan kishilar yuksak saviyadagi ma`lumotli va savodxon kishilar sanalganlar, katta imtiyozlarga ega bo`lib, izzat-hurmat ko`rganlar. Qashshoq oilalar farzandlarining ko`pchiligi savodsiz bo`lib qolavergan, hunarlarni esa ota-onalaridan o`rgangan.
Misrliklarga tibbiyotdek bir fan yaxshigina tanish bo`lgan. Mumiyolangan jasadlarni tayyorlay turib, misrliklar odamning kilki tuzilishini ham yaxshi o`rgandilar. Tomir urishiga qarab inson kasalliklari sabablarini aniqlashgan. Muolajada ko`katlar damlamasi, mineral suvlar va tuzdan keng foydalanishgan. Misr shaharlarida tabiblarga ta`lim beruvchi maxsus maktablar bo`lgan. Misrliklarning tarixga oid ma`lumotlari ibodatxonalar, papirusga va charmga yozgan bitiklarida saqlanib qolgan. Turin papirusi bizga qadar saqlangan (qattiq shikastlangan holda), unda podsholar sulolasi xronologik izchillikda keltirilgan. Megido shahridagi ibodatxona devorida Tutmos III ning yurishi to`g`risidagi bitik saqlangan. Misrga oid ko`plab ma`lumotlar yunon tarixchisi Gerodot asarida ham saqlangan. Misrda asosiy o`lchov birligi «tirsak» bo`lib, u tirsakdan barmoqlar uchigacha bo`lgan uzunlikka teng edi. Qo`llar uzunligi turlicha bo`lgani sababli «podsho tirsagi» degan etalon joriy etilgan, u 52,5 santimetrga teng bo`lgan. «Podsho tirsagi» butun mamlakat uchun standartga aylangan. Bundan ham qisqa uzunliklarni o`lchashda kaft yoki barmoqlardan foydalanilgan. 28 ta barmoq yoki 7 ta kaft o`lchami bir «tirsak»ni tasilkil etgan. Misrda vaqt suv soatlari yordamida o`lchangan, u 24 ta bo`lmaga ajratilgan maxsus idish bo`lgan. Bir bo`lmadan ikkinchisiga oqib o`tadigan suvning hajmi bir soat deb hisoblangan. Qadimgi yunonlar matematika, arxitektura, tibbiyot va boshqa sohalardagi ko`plab yutuqlarni misrliklardan o`zlashtirib olishgan. Misrliklarning ko`plab kashfiyotlaridan hozir ham foydalanilmoqda: taqvim, bir qancha burjlar nomi va hokazo. Adabiyot Misrliklar yozuvi shunchalik murakkab ediki, har kim ham uni o`zlashtira olmasdi. Lekin asosiy yumushi matnlarni yozish va o`qish bo`lgan xattotlar mehnati tufayli misrliklarning badiiy asarlari bizgacha yetib kelgan. Ertaklar, afsonalar, asotirlar, xudolar va podsholarga madhiya va qasidalar keng tarqalgan edi. Aksariyat asarlarda real hodisalar to`qima voqealar bilan qorishib ketgan. Odamlar xatti-harakatiga xudolar aralashadi, ezgulik yovuzlik ustidan g`alaba qozonadi. Masalan, «Haqiqat va Qing`irlik haqida ertak»da Qing`irlik Haqiqat ustidan sud o`tkazgani, ko`zlarini ko`r qilgani to`g`risida hikoya qilinadi. Ertak Adolatsizlik ustidan Haqiqatning tantana qilishi bilan yakunlanadi. «Og`a-inilar» degan ertakda aka-uka dehqonlar turmushi tasvirlanadi, zolim fir`avn timsoli yoritiladi. Sana__________ Hindiston sivilizatsiyalari Miloddan avvalgi III mingyillikda Hind daryosi vodiysida yagona davlatga birlashgan katta shaharlar vujudga kela boshladi. Moxenjodaro va Xarappa shaharlari Hind daryosi havzasining eng yirik sivilizatsiyalari edi. Ikkalasi ham mustailkam mudofaa devorlari bilan himoyalagan, arki bo`lgan. Ko`chalar bilan biri biridan ajratilgan mavzelarda pishgan g`ishtdan qurilgan uylar topildi. Katta va chiroyli shahar bo`lgan. Moxenjodaro aholisi mohir kulol, zargar va sangtarosh edi.Aholining asosiy mashg`uloti dehqonchilik va chorvachilik bo`lgan. Biroq miloddan avvalgi XVIII asrdan keyin Hind vodiysi manzilgohlari tez-tez ro`y berguvchi toshqinlar, o`rmonlar va changalzorlar kengayishi hamda tuproq oriqlab ketishi tufayli zavolga yuz tutadi. Miloddan avvalgi l500-yillarda Hindiston hududiga istilochilar bostirib kiradi. Olimlar farazicha, bosqinchi oriylar - Sharqiy Yevropa va Uralda yashagan ko`chmanchi qabilalar bo`lgan. Oriylar hujumidan keyin Moxenjodaro va Xarappa tamomila vayronaga aylanadi, bu sivilizatsiyalar qaytib o`zini tiklolmaydi. Diniy e`tiqodlar Qadimgi hindlar xuddi misrliklar va bobilliklar singari tabiatning ko`pdan ko`p hodisalari qarshisida ojiz edilar: tropik jalalar, suv toshqinlari, qurg`oqchilikdan qo`rqardilar. Hindlar tasavvurida tabiatni xudolar boshqarayotgandek tuyulardi. Qadimgi hind rivoyatlarida aytilishicha, Quyosh xudosi har tongda oltin aravada osmon bo`ylab yo`lga tushadi. Quyosh tungi zulmatni parokanda qilib tashlab, odamlarga harorat va yorug`lik ulashish niyatida ufqdan bosh ko`taradi. Momaqaldiroq xudosi Indra osmondagi suvni surlikdan xalos aylagach, Yer yuzida qurg`oqchilik poyoniga yetibdi. Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur etishgan. Masalan, filga sig`inishgan: Bosh xudolardan biri boshi filnikiga o`xshash donishmand Ganesha bo`lgan. Sigir esa hindlar orasida alohida ehtiromga sazovordir. Sigir muqaddas hayvon hisoblangan. Sigirni o`ldirgan kimsa jinoyatchi deb e`lon qilingan: bunday kishi jamiyatdan haydab yuborilar, hech kim u bilan muloqot qilishga haqli bo`la olmasdi. Hindlar jon bir tanadan boshqasiga ko`chib o`tishiga e`tiqod qilishgan. Ular, vafot etganidan keyin odam baribir o`lmaydi, balki atigi boshqa bir mavjudotga evrilib, o`z tashqi qiyofasini o`zgartiradi, hayvonga, qumursqaga va o`simlikka aylanadi deb hisoblashgan. Inson vafot etganidan keyin kimga va nimaga aylanib qolishi esa uning bu hayotdagi xatti-harakatlari va amallariga bog`liq. Hind kastalari Qadimgi hindlar qanday yumushlar bilan shug`ullanishiga qarab to`rt guruhga ajratilgan edi. Bu guruhlar kasta yoki varna deb atalgan, jumladan: kohinlar - braxmalar, jangchilar - kshatriylar, dehqon, hunarmand va savdogarlar - vayshyalar, xizmatkorlar va qullar - shudralar. Hindlarning e`tiqodicha, kastalardan har birini oliy xudo Braxma o`z jismining qandaydir bir qismidan dunyoga keltirgan ekan. Masalan, kohinlar uning dahanidan, jangchilar qo`llaridan, dehqonlar quymkhlaridan, xizmatkorlar esa oyoqlari tovonidan yaratilgan. Bolalar hamisha ota-onalari kastasiga mansub deb topilgan. Bir kastadan boshqasiga o`tishning ham iloji bo`lmagan. Turli kastalarga mansub odamlar O`rtasida nikohga ham yo`l qo`yilmagan. Kastalardan birortasiga ham mansub bo`lmaganlar esa alohida maqomga ega bo`lishgan. Bundaylarni «chandal», ya`ni «hazar qilinadiganlar» deyishgan. «Chandallar» kastalarga mansub odamlar bilan birga bir uyda yashay olmasdi, ular bilan bir dasturxonga o`tirish taqiqlangan edi. Uzoqdan ko`rinib ajralib turishlari, kimdir tasodifan ularga tegib ketmasligi uchun «chandallar» maxsus libos kiyib yurishlari kerak edi. Ular qishloqlardan tashqarida yashashga majbur edi. Sana__________ O`zbekiston hududidagi ilk davlatlar Xalqlar joylashuvi Yozma manbalarning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi VII–VI asrlarda O`zbekiston va O`rta Osiyoning boshqa qo`shni o`lkalari hududida sug`diylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar, shak va massaget elatlari yashagan. Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shug`ullanuvchi ko`plab aholi istiqomat qilgan. Bu hududi Sug`da («Avesto»da), Sug`uda (Behistun bitiklarida), Arrian, Strabon, Kvint Kurtsiy Ruf asarlarida Sug`diyona deb nomlangan. Bu hududda yashagan aholi sug`diylar deb atalgan. Amudaryo quyi oqimida yashagan o`troq dehqon elatlar xorazmiylar bo`lgan. Ularning yurti Xvarizam («Avesto»da), Xvarazmish (Behistun bitiklarida), Xorazmiya (Arrian, Strabon asarlarida) deyilgan. Sug`diylarning eng yaqin qo`shnilari baqtriyaliklar bo`lib, ularning yurti Surxon vohasi, Afg`oniston shimoli, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan. Yozma manbalarda u Baxdi («Avesto»da), Baktrish (Behistun bitiklarida) deb nomlangan. Yunon-rim mualliflari uni Baktiriana yoki Baktiriya deb ataganlar. Dashtlar, sahrolar va Amudaryo bo`ylarida ko`chmanchi massaget qabilalari yashaganlar. O`rta Osiyoning tog`lik, cho`l va sahro yerlarida asosiy mashg`uloti chorvachilik bo`lgan shaklar (shaklar) istiqomat qilishgan. Miloddan avvalgi VI asrda ular o`z yerlarini boshqa qabilalar hujumidan himoya qilish uchun harbiy-qabila ittifoqini tuzdilar.
Download 140.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling