Qahharov alisherning


Download 140.97 Kb.
bet2/9
Sana28.06.2020
Hajmi140.97 Kb.
#122149
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10009-iqtidorli





t/r

Name






























































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































Sana__________

Qadimgi tarix – sivilizatsiya ibtidosi


Siz endilikda insoniyat qadimgi tarixini tadqiq etish ustida turli ixtisosdagi olimlar ishlayotganini yaxshi bilasiz. Arxeologlar qadim o`tgan zamonlarda odamlar yashagan ibtidoiy manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiradilar.

Qadimgi odamlarning qoldiqlari (skelet va boshchanoq)ni sinchiklab tekshirib ko`rgan antropologlar ularning tashqi ko`rinishini qaytadan yaratishga, ming yillar davomida kishilarning tashqi qiyofasida ro`y bergan o`zgarishlarni nazardan o`tkazishga harakat qiladilar. Etnograflar hozir ham barhayot qabilalar va xalqlarni, qadimgi odamlarning saqlanib qolgan ko`pgina udumlari, xo`jalik va madaniy an`analarini o`rganadilar. Lingvistlar, ya`ni tilshunoslar u yoki bu hozirgi zamon tili qay yo`sunda shakllanganini tushunish maqsadida qadimgi tillarni tadqiq etadilar.Yozma manbalar vujudga kelishi asnosida olimlarning o`tgan mingyilliklar voqealarini qayta tiklashi ham birmuncha yengillashadi. Masalan, «Avesto» O`rta Osiyo va O`zbekiston tarixi bo`yicha eng qadimgi manba sanaladi. Miloddan avvalgi 52l-5l8-yillarda shoh Doroning farmoni bilan Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida qoyatoshga chekilgan Behistun bitiklarida O`rta Osiyo xalqlari eslatib o`tiladi. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodot (miloddan avvalgi Vasr) forslar, yunonlar, misrliklar, skiflar va O`rta Osiyolik xalqlar tarixiga oid rang-barang ma`lumotlarni «Tarix» kitobida yozib qoldirgan. Qadimgi yunon tarixchilari Ktesiy (miloddan avvalgi IV asr), Strabon (miloddan avvalgiI asr), Qadimgi Rim tarixchilari Kvint Kursiy Ruf (milodiy I asr), Arrian (milodiy II asr) ham bu an`anani davom ettirishgan. Nomlari keltirilgan tarixchilar Sharq xalqlari va mamlakatlari haqida ma`lumotlarni yozib qoldirishgan. Darvoqe, nainki ular: miloddan avvalgi II asr oxiri - I asr boshlarida xitoylik tarixchi Sim Szyang O`zbekiston hududidagi qadimgi davlatlar haqida qaydnomalar yozib qoldirgan.

Jahondagi barcha xalqlar ibtidoiy jamoa tuzumini boshdan kechirgan.

Eng qadimgi urug`chilik tuzumi – insoniyat tarixining barcha mehnat qurollari umumiy bo`lgan, hamma odamlar hamkorlikda mehnat qilgan bir davridir.

Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich kishilarning ibtidoiy to`daga birlashuvi bo`lib, bu to`da o`zida qadimgi odamlarning katta jamoasini mujassam etgan edi.



Ibtidoiy to`da – turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan qadimgi odamlar jamoasidir.

Eng qadimgi to`da asta-sekin bo`linib ketdi, qarindoshlarning alohida uyushmasiga – urug` jamoasiga aylana bordi.



Urug` – birgalikda yashagan va hamkorlikda mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yaroqqa ega bo`lgan qarindoshlar jamoasidir.

Dastlabki urug` jamoalari ayol, ya`ni ona tevaragida jipslasha boshlagan. Insoniyat tarixidagi bu bosqich ona urug`i davri – matriarxat deb ataladi.



Matriarxat – eng qadimgi tuzum rivojidagi bir bosqich bo`lib, qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilangan, urug`ga va oilaga ayol kishi sardorlik qilgan.

Ancha keyinroq, mehnat qurollari va xo`jalik yuritish shakllari takomillashgani sayin jamoadagi yetakchilik mavqeyi asta-sekin erkak kishiga o`ta boshladi, endi erkak kishi urug`ga sardor bo`lib qoldi. Olimlar insoniyat tarixidagi bu davrni patriarxat deb atashadi, patriarxat bilan eng qadimgi urug`chilik tuzumi ham nihoyasiga yetdi.



Patriarxat – eng qadimgi jamoa tuzumining bir davri bo`lib, unda erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqega ega bo`lgan, qarindoshlik munosabatlari ham ota tomonga qarab belgilangan.

Eng qadimgi odam dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasagani tufayli arxeologlar insoniyat tarixi ibtidosini «tosh asri» deb atashadi, tosh asri ancha uzoq davom etgan va shuning uchun ham uni quyidagi bosqichlarga ajratishadi, jumladan:



  • qadimgi tosh asri – paleolit (yunoncha «paleos» – «qadimgi» va «litos» - «tosh» so`zlaridan);

  • o`rta tosh asri – mezolit («mezos» – «o`rta»);

  • yangi tosh asri – neolit («neos» – «yangi»);

  • mis-tosh asri – eneolit (lotincha «eneus» – «mis» va yunoncha «paleos» – «tosh» so`zlaridan).

Download 140.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling