Qahorova Kibriyo Rustamovnaning «Uzluksiz vaqtli ayrim dinamik sistemalarning fazali portretlari haqida» mavzusida
II bob xulosasi……………………………………………………………...…..30
Download 21.82 Kb.
|
1 2
Bog'liqBMI 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- III bob xulosasi……………......………………………………………………51 Xotima………………………...…………………………………………...….52 Foydalanilgan adabiyotlar …………....……………………………………..53 KIRISH
- Sh. Sh. Mirziyoyev
II bob xulosasi……………………………………………………………...…..30
III bob. Integral hisobda qarshi misollar……………………………………..31 2.1.Integral tarixi…………………………………………………………............31 2.2.Integral hisobda qarshi misollar va ularning tahlili..….……………..... …...35 III bob xulosasi……………......………………………………………………51 Xotima………………………...…………………………………………...….52 Foydalanilgan adabiyotlar …………....……………………………………..53 KIRISH Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir. Sh. Sh. Mirziyoyev «Ta’lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo’q. Qanchalik murakkab bo’lmasin, maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo’yishimiz kerak.Chunki biz ko’p vaqt yo’qotganmiz. Oʻzbekistonda taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda. Maktabgacha taʼlim, maktab va oliy taʼlim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat oʻzgarishlari roʻy bermoqda. Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta’limi vazirligining ishi, deb o’ylasa, mutlaqo yanglishadi. Maktab ta’limi sohasidagi islohotlar vazirlik va idoralar, tarmoq rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi bo’lishi shart va zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin», - deydi davlatimiz rahbari. «Besh yillik yangi Taraqqiyot strategiyamizni e’lon qildik. Oldimizga yalpi ichki mahsulot va eksportni karra-karra oshirish, sanoatni va axborot texnologiyalarini keskin rivojlantirish, kambag’allikni qisqartirish bo’yicha ulkan marralarni oldik. Bu vazifalarni kim uddalaydi? Albatta, maktabda zamonaviy bilimlarni egallagan, raqobatbardosh yoshlar. Umuman, respublika bo’yicha 10 ming 130 ta maktabni isloh qilish 6 milliondan ziyod o’quvchi, 500 mingdan ortiq muallim, umuman, jamiyatimizning barcha qatlamlari, har bir oilaning kelajagi bilan chambarchas bog’liq. Shu bois, bizga sifatli ta’lim tizimi, zamon talablariga javob beradigan va barcha shart-sharoitlarga ega maktablar, ularda malakali pedagog-kadrlar, boshqaruvchilik va liderlik qobiliyatiga ega maktab direktorlari kerak. Taraqqiyot strategiyasida to’rtinchi ustuvor yo’nalish ham, «Inson qadri uchun – 100 ta maqsad» ning 5 ta maqsadi hamda undagi 18 ta vazifalar ham bevosita maktab ta’limi bilan bog'liq», -dedi Shavkat Mirziyoyev. – Biz ustozni otaday ulug’ deb bilgan, doimo ardoqlagan maʼrifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham o’qituvchi, muallim deganda o’zim uchun eng aziz va hurmatli bo’lgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va taʼlim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan, – dedi davlat rahbari yig’ilish avvalida. – Bugungi kunda Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin ko’makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir. Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bog’langani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani taʼkidlandi. – Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini oʻqituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari boʻlgan bu mo’tabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom ko’rsatishimiz kerak, – dedi Prezident. Maʼlumki, mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat regulation.gov.uz portaliga qoʻyilib, barcha hududlarda, mahalliy kengashlarda va maktab jamoalarida ota-onalar ishtirokida keng muhokama qilindi. Farmon loyihasida taʼlimdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin besh yilda natijasini koʻrsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan maqsadlar qamrab olingan. Jumladan, jamiyatda muallimning obroʻ-eʼtibori va maqomini koʻtarish, oʻquv dasturlari va metodikasini toʻliq qayta koʻrib chiqish, maktabni taʼlimning keyingi bosqichlari bilan uzviy bogʻlash, oʻqituvchilarni ortiqcha qogʻozbozlikdan xalos etib, oʻz ustida koʻproq ishlashi uchun sharoit yaratish va shuni ragʻbatlantirish, maktab infratuzilmasi va undagi maʼnaviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari aniq belgilab berilmoqda. Eng asosiysi, joylardagi rahbarlarning, shuningdek, mahalliy kengashlarning ushbu muhim masalaga yondashuvi va eʼtiborini tubdan oʻzgartirish, ularning masʼuliyati, javobgarligi va hisobdorligi mexanizmlari kiritilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ta’lim-tarbiya sohasida islohotlar o’tkazish va ularning asosiy yo’nalishlari, talablari va maqsadlarini aniqlash, hamda tegishli xulosalarni chiqarishda,bugungi muhokama qilinadigan hujjatlarda keng jamoatchiligimizning fikr-mulohazalari, tarbiya va izohlari ifoda topgan desak, hech qanday mubolag’a bo’lmas. Shuning uchun ham amaldagi ta’lim-tarbiya tizimining zaif tomonlarini, zamon talablari, jamiyatimiz kelajagi va maqsadlariga javob bermaydigan jihatlarini chuqur tasavvur qilish, erkin, badavlat yashayotgan mamlakatlar tajribasini o’rganish, o’z o’lkamizga yuksak malakali, har jihatdan yetuk kadrlar tayyorlash dasturining asosiy sharti bo’lmog’i lozim. Shuning uchun ta’lim-tarbiya sohasida ham belgilanayotgan islohotlarni hayotga tadbiq qilishda islohotlarni bosqichma- bosqich o’tkazish prinsipi qo’yilgan. Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan, o’z yurti, o’z xalqiga fidoiy, biz boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir bo’lgan, har tomonlama sog’lom avlodni yengib bo’ladimi? Bugun biz o’z oldimizga qo’ygan yuksak maqsadlarga yetishda ana shunday navqiron avlodimiz hal qiluvchi kuch bo’lib maydonga chiqayotgani barchamizga g’urur va iftixor bag’ishlaydi. Yana bir bor ta’kidlaymiz, doimo o’rganish, izlanish, yangilikka intilib yashash kerak. Bugungi kunda qaysi davlat yuksak taraqqiyotga erishgan bo’lsa - bu Janubiy Koreya yoki Yaponiya bo’ladimi, Yevropa davlatlari bo’ladimi bularning barchasidan o’rganish kerak. Bu borada biz uchun hech qanday mafkuraviy cheklashlar yo’q. Biz uchun yagona mafkura bu O’zbekistonning taraqqiyoti, O’zbekistonning ravnaqi, O’zbekistonning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligidir. Bugungi kunda kata umid, orzu-maqsadlar bilan, Vatanim taraqqiyotiga hissa qo’shaman, deb belini mahkam bog’lab maydonga chiqayotgan, azm-u shijoatli yoshlarimizni har tomonlama qo’llab-quvvatlash barchamizning nafaqat vazifamiz, balki burchimizga aylanishi kerak. Yanvar oyida maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha 5 ta ustuvor yo‘nalishda aniq vazifalarni belgilab, barcha masalalar hal qilib berilgan edi. Lekin birorta islohot oson bo‘lmaydi. 2022-yilni hokimlarning maktabga e’tibori yili deb e’lon qilganimiz va tuman hokimi ‘RayONO’ mudiri bo‘ladi, degan vazifalarni, afsuski, hamma hokimlar ham hali to‘liq tushunib yetgani yo‘q», — degan davlat rahbari. Prezident sohadagi ishlar ahvoli qoniqarsizligi uchun viloyat va tuman hokimlarini keskin tanqid qilgan. Jumladan, ikki oyda barcha hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida respublikadagi 852 ta maktabda ta’lim sifati, muallimlar salohiyati va o‘quvchilarning oliygohlarga kirish darajasi ancha pastligi aniqlangan. Bu borada eng og‘ir ahvol Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘istonda ekani ko‘rsatib o‘tilgan 2019-yil 26-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining «Zamonaviy maktab»larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2021-yilgacha maktablarning kamida uch foizi, 2025-yilgacha 20 foizi, 2030-yilga qadar esa 50 foizini «Zamonaviy maktab»larga aylantirishning asosiy parametrlari belgilandi. Bularning barchasi o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan keng qamrovli islohotlarning ilk bosqichi edi. Prezident shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligini ta’kidladi. Maktablar moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash, o‘quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi. Yig‘ilishda yangi turdagi maktablarni barpo etish, avvalgilarini bosqichma-bosqich zamon talablariga moslashtirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Hozirgi kunda 9942 ta maktabning 2835 tasi ta’mirtalab. 5861 tasida o‘quvchilar soni sig‘imiga nisbatan ko‘pligi sababli darslar ikki smenada o‘tilmoqda. 2020-yilda 36 ta yangi maktab qurilib, 211 tasining kapital ta’mirlanishi belgilangan. Qurilish vazirligiga maktablarni zamonaviy arxitektura yechimlari asosida, energiya tejovchi va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda barpo etish vazifasi qo‘yildi. Ta’kidlanishicha, maktablardagi 683 ta fizika, 897 ta kimyo, 901 ta biologiya xonasida o‘quv laboratoriyalari yo‘q. 7807 ta fizika, 7776 ta kimyo va 7770 ta biologiya xonasining jihozlari eskirgan. 62 mingta sinf xonasi zamonaviy va yangi o‘quv jihozlari bilan ta’minlanmagan, 7 mingta kompyuter yetishmaydi. Shuning uchun, maktablardagi laboratoriyalarni zamonaviy jihozlash va ulardagi darslar ko‘lamini oshirish talab etiladi. Xalq ta’limi vazirligi hamda Moliya vazirligiga amaldagi jihozlash holatini tanqidiy o‘rganib, maktablarni zamonaviy laboratoriya, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va boshqa zarur vositalar bilan jihozlash bo‘yicha topshiriq berildi. Aniq fanlarni o‘qitishda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda interaktiv mashg‘ulotlarga e’tiborni kuchaytirish kerakligi ta’kidlandi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda matematika, kimyo, fizika va biologiya darslarining 10 foizigina amaliy mashg‘ulotlarga ajratilgan. Rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich 30-50 foizni tashkil etadi. Shu bois Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga o‘quv dasturlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, aniq fanlarda amaliy mashg‘ulotlar ko‘lamini oshirish vazifasi qo‘yildi. Yig‘ilishda pedagog kadrlarning bilim va malakasini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan yili attestatsiyada ishtirok etgan qariyb 57 ming nafar o‘qituvchidan 43 foizi past baho olgani, respublika bo‘yicha muallimlarning attestatsiya natijalaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichi 100 ballik baholash tizimida 64 ballni tashkil qilgani aytib o‘tildi. Pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, metodik ta’minotni yangicha tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Bolalarni yoshligidan ma’nan va jismonan yetuk shaxs etib tarbiyalash maqsadida maktablarni badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda musiqa, tasviriy san’at va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga yangi mazmun berish muhimligi ta’kidlandi. Yig‘ilishda pedagog kadrlarning bilim va malakasini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan yili attestatsiyada ishtirok etgan qariyb 57 ming nafar o‘qituvchidan 43 foizi past baho olgani, respublika bo‘yicha muallimlarning attestatsiya natijalaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichi 100 ballik baholash tizimida 64 ballni tashkil qilgani aytib o‘tildi. Pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, metodik ta’minotni yangicha tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Bolalarni yoshligidan ma’nan va jismonan yetuk shaxs etib tarbiyalash maqsadida maktablarni badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda musiqa, tasviriy san’at va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga yangi mazmun berish muhimligi ta’kidlandi. Yangi avlodni tarbiyalash xalqni tarbiyalash deganidir. Yurtimizda ta’lim sohasida o’quv muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 2017 -yilda hammasi bo’lib 570 dan obyekt, shu jumladan, 490 ta maktab, 80 dan ortiq kasb-hunar kolleji va akademik litsey tubdan yangilandi. Mazkur maqsadlar uchunqariyb 700 milliard so’mdan ortiq sarflandi. Ushbu mablag’larning 120 milliard so’mdan ortig’i ta’lim muassasalarini o’quv, laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter va multimedia vositalari bilan ta’minlash uchun ajratildi. Asrlar sinovidan o‘tgan mana shunday o‘lmas qadriyatlarga tayanib, o‘z kuchi va qudratiga ishonib-inonib yashayotgan xalqimizni o‘z tanlagan yo‘lidan hech kim, hech qachon qaytara olmaydi. Biz o‘z maqsadlarimizga albatta erishamiz va ko‘zlagan marralarimizga albatta yetamiz. Download 21.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling