- Riskni boshqarish jarayonining umumiy sxemasi
- Baholash – bu aniqlangan risklarning miqdoriy tavsiflarini aniqlash: ehtimolligi va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar hajmi. Mazkur bosqichda noqulay holatlarning rivojlanish ssenariylari jamlamasi shakllanadi; zarar ko‘rish ehtimolligini taqsimlash funksiyalari quriladi.
- Aniqlash va baholash o‘zaro uzviy bog‘liq hisoblanadi va har doim ham ularni alohida mustaqil qismlarga ajratish imkoni bo‘lmaydi. Undan tashqari, riskni boshqarish jarayoni qarama-qarshi yo‘nalishda borishi ham mumkin: baholashdan aniqlashga, misol uchun, zarar ko‘rib bo‘lingadan keyin uning sabablarini aniqlashda.
- Riskka ta’sir etish usullarini tanlash bosqichida kelajakda ko‘rilishi mukin bo‘lgan zararlarni minimallashtirish rejalashtiriladi. Buning uchun uni kamaytirishning turli uslub va usullari qo‘llaniladi. Riskka ta’sir etish usullarini tanlash ularning samaradorligini solishtirish orqali, shu jumladan turli usullarning kompleks kombinatsiyalarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim
- Riskka bevosita ta’sir etish bosqichi to‘rtta asosiy uslublardan tashkil topadi: istisno qilish, pasaytirish, saqlash va riskni o‘tkazish (3-rasm).
- Riskni istisno qilish deganda mazkur risk bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday xatti-harakatlar va chora-tadbirlarni rad qilish tushuniladi.
- Riskni pasaytirish - ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni yoki noqulay holatlarni ro‘y berish ehtimolligini kamaytirishni bildiradi. Bu yo‘nalishda oldini olish tadbirlari amalga oshiriladi. Bunday tadbirlar deganda binolar va inshootlarlarning xavfsizlini kuchaytiruvchi turli xildagi choralar, nazorat va ogohlantiruvchi tizimlarni, yong‘inga qarshi qurilmalarni o‘rnatish, ekstrimal holatlarda harakatlanish bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va sh.k. tushuniladi.
- Riskka ta’sir etish usullarining asosiy usullari
- Iqtisodiy muhit risklarini pasaytirish uchun turli xildagi usullardan foydalaniladi:
- • diversifikatsiya – mablag‘larni (kapitalni) qo‘yilmalarning turli obyektlari bo‘yicha, foydalanishning turli yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlash jarayoni;
- • qo‘shimcha axborotlarga ega bo‘lish;
- • limitlashtirish – xarajatlar, sotuv, kredit va sh.k. limitini (chegarasini) o‘rnatish.
- Risklarni saqlash zararlarni kompensatsiyalashga yo‘naltirilgan har qanday ta’sirlardan voz kechish yoki noqulay holatlar ro‘y berganda zararlarni qoplashga mo‘ljallangan maxsus rezerv fondlarini tashkil qilish (o‘z-o‘zini sug‘urtalash). Riskka ta’sir etishning oxirgi usuli o‘z-o‘zini sug‘urtalash nomini olgan. Risk saqlanishi holatida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga yana zararlarni kompensatsiyalash va ishlab chiqarishni tiklash uchun kredit va qarzlar olish, davlat dotatsiyalarini olish va b. kiradi.
- Risklarni o‘tkazish bo‘yicha choralarga mavjud daraja saqlangan holda u uchun javobgarlikni uchinchi shaxslarga o‘tkazish tushuniladi. Ularga ma’lum to‘lov asosida riskni sug‘urta kompaniyasiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi sug‘urtalash, shuningdek turli xildagi moliyaviy kafolatlar, kafilliklar va b. kiradi. Riskni o‘tkazish, shuningdek ko‘zda tutilmagan holatlar ro‘y berganda o‘z javobgarligini kamaytiruvchi yoki riskni kontragentga o‘tkazuvchi maxsus kelishuvlarni hujjatlar (shartnomalar, savdo bitimlari va b.) matniga kiritib qo‘yish bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
- Aniq bir risklarga ta’sir qilishning optimal usullari tanlanganidan so‘ng korxonaning barcha risklari jamlanmasini boshqarish strategiyasini shakllantirish imkoni paydo bo‘ladi. Bu bosqich qaror qabul qilish hisoblanib, unda talab qilinadigan moliyaviy va mehnat resurslari aniqlanadi, menejerlar o‘rtasida vazifalarni aniqlash va taqsimlash amalga oshiriladi, tegishli xizmatlar bozori tahlil qilinadi, mutaxassislar bilan maslahatlar o‘tkaziladi.
- Risk-menejmentning yakunlovchi bosqichi olingan natijalarni hisobga olgan holda va yangi axborotlarning paydo bo‘lishi bilan tanlangan strategiyani amalga oshirish natijalarini nazorat va tahrir qilish hisoblanadi. Nazorat menejerlardan ko‘rilgan zararlar, uni kamaytirish bo‘yicha qo‘llangan choralar, ularning amaliy samaralari haqida axborot olishdan iborat. Olingan natijalar tahlili va ishlovi muntazab o‘tkazilib turilishi lozim.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !
Do'stlaringiz bilan baham: |