Qahramonov . o - 1. Risk tushunchasi va tavsifi
- 2. Risklarning turlari va ularning turkumlanishi
- 3. Risklarni boshqarish va sug‘urta
1. Risk tushunchasi va tavsifi - 1. Risk tushunchasi va tavsifi
- Risk deganda tabiiy-iqlimiy, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalar xususiyatidan kelib chiquvchi yo‘qotishlar xavfi ehtimoli tushuniladi. Keng ko‘lamli tushuncha sifatida riskni tarixiy, huquqiy, iqtisodiy yoki moliyaviy kategoriya sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
- Riskning quyidagi ta’rifi alaqancha kengroq hisoblanadi: risk – subyekt tomonidan ko‘plab (birdan ortiq) natijalarni qamrab oluvchi, konkret natijaning noaniqligi va hech bo‘lmaganda natijalardan biri xavfli bo‘lgan alternativalar mavjudligi holatida qabul qilinadigan qaror tavsifi.
- Hodisa – tabiiy yoki ijtimoiy-texnik jarayonlar, tashqi subyektlarning maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakatlari yig‘indisi yoki subyektning o‘zini xatti-harakati.
- Subyekt uchun xavf-hatarlar – amalga oshishi subyektga zarar (ziyon) yetkazishi mumkin bo‘lgan hodisalar; subyektni yo‘q qilinishida yoki subyektning evolyutsiya imkoniyatlarini cheklanishida, yoki subyekt manfaatlariga ziyon yetkazilishida namoyon bo‘ladi.
- Zarar – har qanday moddiy yoki ma’naviy talofat, ziyon.
- Manfaat – naf, foyda.
- Shunday qilib, risk alohida holat sifatida risk-menejment nuqtai-nazaridan kelib chiqib ikkita xususiyatga ega – noaniqlilik (ehtimollik) va xavf-hatarning amalga oshishi natijasida yuzaga keluvchi zararlilik.
- Iqtisodiy nazariyada “risk”ni ma’lum ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga oshirish natijasida korxona tomonidan daromadlarning bir qismini yo‘qotish yoki qo‘shimcha xarajatlar qilish ehtimoli (xavfi) sifatida tushunish qabul qilingan.
- Risk omili va uning natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zarurati sug‘urtaga bo‘lgan extiyojni keltirib chiqaradi. Risk sug‘urta mafaatlari va munosabatlarini yuzaga kelish asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |