Qahramonova madinabonuning


Qishloq xo`jaligining respublika iqtisodiyotida tutgan o`rni


Download 1.2 Mb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1607506
1   2   3
Bog'liq
O’ZBEKISTONDA QISHLOQ XO`JALIGI VA SANOAT SOHASIDAGI O`ZGARISHLAR222

Qishloq xo`jaligining respublika iqtisodiyotida tutgan o`rni.
Qishloq xo`jaligi ASMning muhim bog`lovchi bo`g`ini hisoblanadi. U nafaqat agrosanoat majmuasida, balki milliy iqtisodiyotda alohida o`rin tutadi. Darhaqiqat, qishloq xo`jaligi O `zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmog`i hisoblanib, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 64 foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi. YAIMning 27-30 foizi, iqtisodiy faol aholining deyarli 40 foizi, valyuta tushumlarining qariyb uchdan biri, ichki tovar aylanmasining 70 foizdan ortig`i ushbu sektor hissasiga to`g`ri keladi.
Agrar sohada iqtisodiy o`sish sur`atlari 2000-2004 yillarda yiliga o`rtacha 6,2 %, jumladan, dehqonchilikda 7,2 % va chorvachilikda 5,0 foizdan iborat bo`lgan. Demak, agrar sohada iqtisodiy o`sishga dehqonchilik salmoqli ta`sir ko`rsatgan. Qishloq xo`jaligidagi iqtisodiy islohotlar mamlakatimiz oziq-ovqat mustaqilligini mustahkamlashga yanada qulayroq shart-sharoitlar yaratmoqda. 2005 yilda oldingi yilga nisbatan paxta xom ashyosi yetishtirish 126,1, meva va sabzavot yetishtirish-110,5, uzum-143,9, go`sht ishlab chiqarish-106,4, sut ishlab chiqarish-106,2, tuxum ishlab chiqarish-113,9, jun tayyorlash-106,8 foizga ko`paydi.
17-jadval.
Agrar sektorda iqtisodiy o`sish dinamikasi.

Tarmoqlar

2000

2001

2002

2003

2004

Qishloq xo`jaligining YAIMdagi ulushi

30,4

30,0

30,6

28,6

26,8

Qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti

103,2

104,5

106,1

107,3

110,1

Dehqonchilik

103,1

106,5

110,1

103,4

113,2

Chorvachilik

103,0

101,9

102,0

111,3

106,8



Ma`lumki, yer va suv resurslari agrar sektorning asosiy ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi. O`zbekistonda yerlarning 72 foizi qishloq xo`jaligida turli yo`nalishda foydalaniladi hamda respublika suv limitining 86 foizi agrar sektorda ishlatiladi. Vatanimiz yer yuzasidagi sug`orma dehqonchilik hamda chorvachilikning eng qadimiy mintaqalaridan biri. Uning qulay tabiiy sharoitiga muvofiq tarzda xalqimizning mehnat ko`nikmasi tufayli O`zbekiston paxta, pilla, qorako`l terisi, mayiz, qovun va boshqa mahsulotlar yetishtirish bilan jahonga dong taratgan.
Yaqin o`tmishda mamlakat qishloq xo`jaligi bir tomonlama rivojlantirilgan, "O`zbekiston-mamlakatning asosiy paxta bazasi" shiori amalda edi. Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yilidanoq, paxta yakka- hokimligini bartaraf etishga kirishildi va "g`alla mustaqilligi"ni ta`minlash maqsadida dastur ishlab chiqildi. Paxta yakkahokimligiga barham berilib, don va boshqa ozuqa e kinlari maydonlari kengaytirildi. 2005 yilda 1,5 mln. ga maydonga boshoqli don ekinlari ekildi. 6,4 mln. t. boshoqli don, jumladan, 5,9 mln. tonnadan ko`proq bug`doy hosili yig`ib olindi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling