39
Men sahobalar qanday bo‘lishganini bilmayman. Lekin Ibn
Salul bomdod namoziga soatsiz (budilniksiz) uyg‘onganini
bilaman. Bu o‘zini ulardan qilib ko‘rsatgan (munofiq) odamning
holati bo‘lsa, sahobalar qanday bo‘lishgan ekan-a?!
131.
Oldin bizning nazdimizda sharaf jang maydonidagi qilichlarga
bog‘liq edi. Bugun esa futbol o‘yinchilarining oyoqlariga
bog‘liq bo‘lib qoldi.
132.
Tuzumlarni himoya qiladiganlarga ajablanmang!
Qafasda tug‘ilgan chumchuqlar qafas
egasini tarbiyachi, qafasni
esa vatan deb o‘ylaydi.
133.
Rivojlangan millat bu - aqlni ochib, avratni berkitgan millatdir.
Aqlni yopib, avratni ochgan emas.
134.
40
Ayol safarga ketishni xohlar ekan unga dedi: “Menga nasihat
qiling!”.
U aytdi: “Allohga taqvo qil va yomg‘ir ostida yurma! Zero,
shakar suvda erib ketadi”.
Do'stlaringiz bilan baham: