33
106.
Kattaroq qalb xohlayman...
Seni loyiqligingcha sevish uchun...
107.
Qachonki, sajda
qilsang menga xabar ber, yerni o‘pay. Chunki
hozir peshonangdan o‘pishning yagona yo‘li shu.
108.
Qachon farzandlaringizning yuzidan o‘psangiz, bilingki,
Hims
6
da na bolalarning
yuzi qoldi, na otalarning labi.
109.
Suriya bolalari oddiy bola edilar. So‘ngra to‘satdan Reuters’ga
“tezkor xabar” bo‘lishdi. So‘ng, yig‘layotgan boshlovchi
o‘limlari haqida e’lon qildi. Keyin, biz ayollardek yig‘ladik...
110.
6
Suriyadagi shahar
34
Mag‘lubiyatdek og‘ir narsa yo‘q. Faqatgina, yordamsiz qolish
og‘irroq.
Chunki mag‘lubiyat dushman tomonidan keladi. Yordamsiz
qolish esa do‘stlar tomonidan bo‘ladi.
111.
Sevgi haqida ko‘p gapirish uning yo‘qligidan dalolat beradi.
Insonlar o‘zlarida yo‘q narsa haqida ko‘p gapirishadi.
Marhum
haqida ko‘p gapirayotgan mana bu bevani ko‘rmaysizmi?!
112.
O‘limdan ham yomoni hayotsiz hayotdir.
113.
Sevgi ko‘r bo‘lish uchun tug‘ildi.
Kichik kamchiliklar ko‘zga ko‘rinishni boshladimi, demak, u
chamadonini yig‘ishtira boshlabdi.
114.
35
She’rning haligacha shoirlarga noma’lum bo‘lgan vazni bor. Bu
sening qadaming ritmidir!
Do'stlaringiz bilan baham: