13
30.
“Insonlar seni sekin harakatingda
ayblashsa, sen ularga qayerga
ketayotganingni bilishingni ayt”.
Bu – toshbaqa o‘z o‘g‘lini katta hayotga
tayyorlay turib aytgan
so‘zlari.
31.
Ularni boshliqlardek xatti-harakatlardan to‘xtatish uchun
birinchi qadam: qullardek xatti-harakatlardan to‘xtashdir.
32.
Agar qoidalaringni amalga oshirishda muvaffaqiyatsizlikka
uchrasang, uslublaringni o‘zgartir, qoidalaringni emas. Daraxtlar
barglarini o‘zgartiradi, ildizlarini emas.
33.
Dengiz haqida kattakon bandargohdan ko‘ra kichkinagina
qayiq
ko‘p narsani biladi.
14
34.
Yo Alloh, bu bomdod azoni...
Mana shu bu kasal sayyora
jasadida qolgan yagona urib
turganidir!
35.
“Shamol kirayotgan eshikni yopgin-da, damingni ol”, - deb
aytishadi.
Ularga qanday qilib tushuntiray?! Men bir marta sening
iforingni eltuvchi shamol kirgan
eshikni berkitishdek kuchli
emasman.
36.
Kaktus ochiqko‘ngil o‘simlik.
Yaxshiliklarimiz tashqarimizda namoyon bo‘lib, tikanlarimiz
ichimizdaligidan farqli o‘laroq,
hamma tikanlari ichidagi
yaxshiliklarni himoya qilish uchun ko‘rinib turadi.