Qalamtasvir
Download 64 Kb.
|
3-mavzu Qalamtasvir
Qalamtasvir — chiziklar asosida grafika vositalari (qalam, pero, tush va boshqalar) yordamida yaratiladigan tasvir, chizgi. Tasviriy sanʼat, amaliy sanʼat va meʼmorlikda muhim oʻrin tutadi: asarning asosi tekis yuza (qogʻoz)da uning tasviri (tarhi)ni qalamda ishlash bilan boshlanadi. Q.da sof chiziqli va tonal rasmlar hamda har ikkisi biribiri bilan qoʻshilib borliqni real aks ettiradi. Q.da boʻlajak asarning tuzilishi, buyum va obrazlarni fazoda joylashishi, koʻrinish chegara chiziqlari, oʻlcham va nisbatlari belgilab olinadi. Q. (chiziqli rasmlar va chiziqlar qorishmasidan hosil boʻladigan tonal rasmlar, nursoyali hajmga ega boʻlgan tasvirlar) ishlashda qalamning nursiz va toʻq qora tuslari hamda ular orasidagi tuslanishlardan unumli foydalanish orqali kerakli samaralarga erishiladi. Natura bilan tasvir oʻrtasida toʻla oʻxshashlikka erishish uchun tasviriy sanʼatning ifoda vositalari (kompozitsiya, perspektiva, nursoya, proporsiya va boshqalar)dan foydalaniladi. Asliga qarab tasvir ishlashda bilim va koʻnikma hosil boʻladi. Q. mustaqil dastgoh sanʼati (portret, manzara, natyurmort va boshqalar) hamda qoʻshimcha (yirik rangtasvir, haykaltaroshlik va boshqalarda yordamchi) manba vazifasini oʻtaydi. Tonal rasmlarda chizilgan buyumlarning tuzilishi, fazodagi oʻrni, yuzasining fakturasi, kuzatuvchiga nisbatan yaqin yoki uzoqligini ham koʻrsatish mumkin Rang-tasvir — tasviriy sanʼat turi; biror qattiq yuzada rangli ashyolarda, Mas, boʻyoqlar yordamida yaratiladigan badiiy asar. R. voqelikni badiiy tasvirlash va talqin qilish; tomoshabin fikri va tuygʻulariga taʼsir etishning muhim vositasi; muhim ijtimoiy mazmun va rang-barang gʻoyaviy vazifalarga ega. R. asarining goyaviy mazmuni uning mavzu va syujetida mujassamlashadi, syujetni rassom R.ning ifoda vositalari (kompozitsiya, racm, rang , ritm va h.k.) orqali roʻyobga chiqaradi. P. acaplari asos (maxsus ishlov berilgan mato, yogʻoch, qogʻoz, karton, shisha, metall va h.k.), rang qatlami (moyboʻyoq, guash, tempera, akvarel, rangli shisha, rangli tosh va h.k.), ayrim hollarda uni saqlash uchun ustidan berilgan yupqa lok qatlamidan iborat boʻladi. R.ning muhim tasviriy va taʼsir vositasi — rang (kolorit). Rang orqali rassom borliq yoki xayoliy dunyoni koʻrinarli shakllarda tasvirlaydi, makonning cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini hajm va fakturasini koʻrsatishi, harakat, inson ruhiyatidagi oʻzgarishlar, murakkab hissiy kechinmalar, oʻyxayollarni aks ettirishi mumkin. R.ning tasviriy ifoda vositasi va ishlash uslubi ishlatiladigan rang , qurollar xususiyati, rang eritgichlari, asosi (funt)ga bogʻliq (Mas, yuzasi silliq yoki gʻadirbudir berilishiga qarab asar koʻrinishi turlicha taʼsir koʻrsatishi mumkin). Asar dastlab ijodkor tasavvuri va ongida paydo boʻlgan gʻoya qoralamasi tarzida kalam yoki koʻmirqalamda biror yuza (koʻpincha qogʻoz va karton)da ishlab olinadi. Soʻng shunga mos asos tanlanib, unga bajariladigan ishning mohiyatiga koʻra ishlov beriladi. Shundan soʻng tasvir oʻrni belgilab rasmi ishlanadi. Rang berishda esa asta suyultirilgan rang bilan boshlab koʻp qatlamli (lessirovka) yoki kerak rangni bir qoʻyishda bir katlamli (alla prima) bajarish mumkin. Download 64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling