3.Qalayning ishqorlar bilan ta’sirlanishi.
1-tajriba. Probirkaga 2-3 bo‘lak qalay soling va konsentrlangan ishqor eritmasidan quying. Sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzating. Ajralib chiqayotgan gaz vodorod ekanligini qanday isbotlash mumkin? Reaksiyani gidroksostannat (II) hosil bo‘lishini nazarda tutib yozing.
4.Qalay gidridining hosil bo‘lishi.
1-tajriba. Chinni kosachaga ozroq SnCl4 eritmasidan quying, konsentrlangan HCl kislota qo‘ying. Kosachadagi moddalarni suv bilan yarmigacha to‘ldirilgan probirka bilan aralashtiring va uni gaz alangasiga tuting. Probirka devorlarida SnH4 ning yonishidan hosil bo‘lgan yugurib yurgan ko‘k rangli olovlarni kuzating. SnH4 ni hosil bo‘lish reaksiya tenglamalarini yozing. Metall bilan SnH4 ning qaytaruvchanlik xossalarini solishtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |