Qalb ohanglari
Download 1.2 Mb.
|
qalb ohanglari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muslima Abdurahmonovnaga
- MEHRIBONIMGA
"QALB OHANGLARI" dan namunalar Nodira Yahyoyeva Shukurovna Buxoro tuman XTB tasarrufidagi 8-umumta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi DADAJONIM –MEHRIBONIM Dadam mehribonim --quvonchim mening, Sizga aytolmagan gaplarim ko'pdir. Goho ko'nglingizni og'ritgandirman, Lekin hazillarim edi samimiy. Doimo suyanib yuraman sizga, Mening dadam borlar, deb faxrlanib, Shunday darajaga yetishtirdingiz, Aslida baxtim ham, borim ham sizsiz. Sog'-salomat bo'ling, baxtimizga siz, Oila ustuni, tayanchi o'ziz, Farzandlar xatosin hazil deb biling, Hayotimiz nuri, ziyosi o'ziz!!! Ushbu she'rimni sevimli shifokorim, qadrdonim Muslima Abdurahmonovnaga bag'ishlayman. Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining barcha shifokor-u, hamshiralari, shu jumladan eng savob ishni qilayotgan shifoxona farroshlaridan cheksiz minnatdorman! BEQIYOS FARISHTALAR I nsonlarning dardiga --darmonsiz shifokorlar, Har bir qalbga malhamsiz--madorsiz shifokorlar. Bu sehrli qo'llarda dunyo ilmi mujassam Bemorning ko'z ziyosi--umidi shifokorlar. Inson umri azaldan belgilangan deydilar, Lek taqdirning hukmida--kurashchan shifokorlar. Olloh zikri yodida--har doim xayolida, Har bir bemor nazdida--panohsiz shifokorlar. Subhidamda bir mujda aylab sizga armug'on, Jannat nuri yog'ilg'ay--siz uchun shifokorlar. Xizmatingiz oldida Nodira ojiz qoldi, Ming tashakkur sizlarga --beqiyos farishtalar! MEHRIBONIMGA Og'ir kunlarimda yonimda bo'lgan, Tun-u kun boshimda parvona bo'lgan, Yig'lasam ko'zimdan yoshimni artgan, Sizdan minnatdorman Muslima opa! Ishingiz qiyindir --tan berdim sizga, Ustundir doimo bemor hayoti, Mas'uliyat ila qaror yor sizga, Sizdan minnatdorman Muslima opa! Ollohga behisob shukur ayladim, Yaxshi insonlarni uchratdi menga, Shunday mehribonlar orasida men, Sizdan minnatdorman Muslima opa! Yetti mo'jizadan iborat dunyo, Deya jar solishar olim, fozillar, Aslida mo'jiza soni behisob, Ollohning jamoli misli serjilo. Olloh tomonidan in'om etilgan, Bir mo'jiza kabi ko'rdim men sizni, Netay yuragim ham qo'limda emas, Nimadir bog'ladi, siz tomon meni. Balki kuladirsiz she'rimni o'qib, Balkim bilmadim ne bo'lar oxiri, Ammo bir haqiqat turar jaranglab, Sizdan minnatdorman Muslima opa! Bir mehribonim siymosin ko'rdim, Sizning yurishizda va kulishizda, Qaytadan topdim-ku, deya sevinib, Ollohga beadad shukrona aytdim. Kim ne desa desin, menga baribir, Odamlar gapiga parvo qilmasman, Aytarman takror va yana bir bor, Sizdan minnatdorman Muslima opa! Yuragimni ancha bo'shatib oldim, Asar yoz desangiz, balki yozarman, Sevikli insonim yo qadrdonim, Sizdan minnatdorman Muslima opa! Faqat bir iltimos --zinhor va zinhor, Bu she'rim ko'rsatmang boshqa birovga, O'zgalar tushunmas, balki kulishar, Ollohim guvohdir mening mehrimga, Sizdan minnatdorman Muslima opa! Qaysidir ma'noda taqdirlarimiz, O'xshashdek tuyular har lahza menga, Ichki tuyg'ularim chertishar torin Sizdan minnatdorman Muslima opa! Lekin bu she'rim hech xushomad emas, Chin dildan aytilgan yurak so'zlarim, Ollohdan birgina o'tinchim bisyor, Sizdan minnatdorman Muslima opa! Ko'ngil ko'ngillardan suv ichar derlar, Bu fikr dunyoning haqiqatidir, Bemor bo'lganimdan afsusdamasman, Sizdan minnatdorman Muslima opa! Ushbu hikoyamni sevimli shifokorim, qadrdonim Muslima Abdurahmonovnaga bag'ishlayman. Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining barcha shifokor-u, hamshiralari, shu jumladan eng savob ishni qilayotgan shifoxona farroshlaridan cheksiz minnatdorman! Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling