Qamashi tuman 4 mtt 2 tayyorlov guruh tarbiyachisi


Download 1.32 Mb.
bet2/6
Sana24.10.2020
Hajmi1.32 Mb.
#136370
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qamashi tuman

HISOBOTI.

Men Xudayqulova Gulnora 11 may kuni 2 tayyorlov guruh bolalarim bilan masofadan onlayin orqali Atrof olam va rasm faoliyatini olib bordim.



Mavzu: Qog‘oz xususiyatlari bilan tanishish.

Maqsad: Kundalik hayotimizda qog‘ozning ishlatilish vazifasi uning sifat, rangi, silliqligi, qalinligi,mustahkamliligi va xususiyatlari suvni shimishi,g‘ijim bo‘lishi,qirqilishi,yonishini aniqlash. ‘‘Mening xonam’’ mavzusida qog‘ozga rasm chizish.

Men bolalarni turli xil qog‘ozlar turi bilan tanishtirdim.Ular oddiy oq qog‘oz, daftar, kitob, jurnal,karton,solfetka, tualet qog‘ozi va otkritkalar qog‘ozni xususiyatlari uni g‘ijmlash,yirtish, yoqish suvni shimishini tajriba asosida ko‘rsatdim.Bolalar qog‘oz bilan yetarlicha ishlay olishi atrof olamga nisbatan va qog‘ozga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishini anglab tushunishdi.

12 May kuni qurush yasash va matematika.

Mavzu: Tashlandiq materiallardan sandiq yasaymiz.

Maqsad: Qog‘oz qutidan sandiq. To‘g‘ri proporsiyani e’tiborga olgan holda qog‘oz yoki karton qog‘ozni tasviriy fikrlash orqali tahlil qilib tahlash usullarini amalga oshirish. Qutichadan sandiq yasashni o‘rganish.

Men bolalarga qog‘oz qutidan foydalanib uni oq qog‘ozga qo‘yib sandiqni yasash va terish sxemasini chizib ko‘rsatdim va kesib kley orqali yopishtirish jarayonini va unga naqshlar chizib bo‘yab, sandiqcha shaklini tayyorlab ko‘rsatdim. Bolalarga uy mebellaridan sandiq yasashni vazifa qilib berdim.



13 May. Nutq o‘stirish va loy ishi.

Mavzu: ‘‘Milliy hunarmandchilik’’

Maqsad: Milliy hunarmandchilik haqida tasavvurga ega bo‘lish. Plastilindan ko‘zacha yasash.Men bolalarga milliy hunarmandchiligimiz kulolchilik,naqqoshlik, miskorlik,kashtachilik,zardo‘zlik,do‘ppido‘zlik haqidagi suratlarni ko‘rsatdim.



Bularning hammasi hunarmandchilik ekanligini tushuntirdim, qul mehnati orqali bajarilishini ular avloddan avlodga o‘tib kelayotgani, ular mehnatini hurmat qilishni bilib olishdi. Faoliyatda plastilindan ko‘za yasash usullarini onlayin ko‘rsatdim va bolalarga uyga vazifa qilib berdim. Bolalar yuborgan ishlarini rag‘batlantirib bordim.

Qamashi tuman 4 MTM 2-tayyorlov

guruh tarbiyachisi Xudayqulova

Gulnoraning

18-maydan 20- maygacha onlayin

orqali o‘tgan mashg‘ulotlar




Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling