Qamashi tumani XTBga qarashli 67-o’rta
maktabning Tabiiy fanlar metod birlashma
rahbari va a’zolari ishtirokida bo’lib o’tgan
seminar-trening haqida
MA’LUMOTNOMA
2022-yil 16-fevarl kuni 67-maktabning Tabiiy fanlar metod birlashma a’zolarining ishtirokida semenar trening bo’lib o’tdi. Bu yig’ilishda metod birlashma rahbari U.Tulaganova so’zga chiqdi. Yanvar fan oyligi juda qiziqarli o’tganligi haqida, ochiq darslarni yaxshi tashkil etilganligi haqida, o’qituvchilarimizning darslari ommalashganligi haqida so’zladi. E.Arziqulov Stesting testi bo’yicha ma’ruza qildi. Bu ma’ruzasida 7-8- va 9—10-11-sinf o’quvchilar bu testda ishtirok etishi kerakligini aytib o’tdi. Tabiiy fanlar bilan birgalikda savodxonlik fanlari ham testda mavjud ekanligini tushuntirdi. O’qituvchilar o’zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.R.Boyturayeva biologiya fanida Stesting testida berilgan savollar qiziqarli va mantiqan yondashadigan ekanligini aytdi. Buning uchun o’qituvchilar o’quvchilar bilan birgalikda PISA va Stesting testlar bilan shug’ullanish kerakligini ta’kidladi.
Seminar trening qizg’in bahs munozaralarga boy bo’ldi. Yig’ilish qatnashchilarda yaxshi taasurot qoldirdi.
Metod birlashma rahbari: U.Tulaganova
Do'stlaringiz bilan baham: |