Qamashi xtbga qarashli 67-umumiy o’rta ta’lim maktabi Tabiiy fanlar metodbirlashma a’zolarining


Download 33 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi33 Kb.
#1130049
Bog'liq
Axborot.Bayonnoma


Qamashi XTBga qarashli 67-umumiy o’rta ta’lim
maktabi Tabiiy fanlar metodbirlashma a’zolarining
Ta’limda axborot texnologiyalardan foydalanish
bo’yicha o’tkazilgan semenar trening haqida
MA’LUMOTNOMA
20-oktabr 2021-yil Qamashi tumani 67-maktab
20-oktabr kuni Tabiiy fanlar metodbirlashma rahbari U.Tulaganova va metodbirlashma a’zolari, Informatika fani o’qituvchilari S.Jovliyev va Yu. Boboxonova ishtirokida semenar bo’lib o’tdi.
Semenarda Tabiiy fanlar metodbirlashmasi rahbari U.Tulaganova so’zga chiqib, bugungi kunda axborot texnologiyalarning ta’limda o’rni kompyuter texnologiyalari o’qitishning qo’shimchasi emas, balki uning samaradorligini sezilarli darajada oshiradigan yaxlit o’quv jarayonining ajralmas qismi bo’lish kerakligi haqida gapirib, o’qituvchilarga tarix fanlarini o’qitishda qaysi vositalar samarali ekanligi bo’yicha o’z taklif va tavsiyalarini berdi.
Bugungi kunda maktabda eng ko’p qo’llanadigan ko’rgazmali vositalar, kompyuter, videoproyektor, kadoskop, slaydlar kabi jihozlardan foydalanish bo’yicha o’z tavsiyalarini berdi.
Informatika fani o’qituvchilaridan biri Yu.Boboxonova o’qituvchilarga ushbu jihozlardan foydalanishda eng samarali usullarini ko’satib berdi.
Metod birlashma a’zosi O.Nomozova qatnashchilarga biologiya fanini o’qitishda asosan qaysi ko’rgazmali vositalardan foydalanayotganini o’z tajribasidan ko’rsatib berdi.
Axborot vositalari bugungi kunda toboro ko’payib borishi bizni uni qayta ishlashning yangi ilg’or usullari va vositalarini joriy etishga majbur qilmoqda. Ta’lim inson hayotining ajralmas qismi, ayni paytda ushbu sohada yangi bilimlar manbai hisoblanadi.
Semenar qizg’in savollarga, bahs-munozaralarga boy bo’lib o’tdi va qatnashchilarda katta taa’surot qoldirdi.
Metod birlashma rahbari: U.Tulaganova
Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling