Qambar ota she’rladida bolalar obrazi Raxmonova Kumush Abdurashid qizi
Download 20.39 Kb.
|
BT 1-22-GURUH RAXMONOVA KUMUSH
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADOLOGIYA MUHOKAMA
Qambar ota she’rladida bolalar obrazi Raxmonova Kumush Abdurashid qizi masumaoffical@gmail.com Annotatsiya Bu maqola yordamida Qambar O’tayev (Qambar ota) sherladida bolalar obrazi va ularga yetkazib bermoqchi bulgan ma’no mazmunni o’z fikirlash doiramdan kelib chiqib bayon etdim. Kalit so’zlari: metod, pedagog, kompozitor, tarbiya, olimlar o’quvchi, Kirish Qambar Ota (O'tayev) 1941-yili Kattaqo'rg'on shahrida tug'ilgan. 1961-yili Samarqand gidromelioratsiya texnikumini, keyin Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Qambar Otaning bolalar va kattalar uchun mo'ljallangan "Kitobcha va buzoqcha" (1970), "Chinor" (1976), "Bizning koinot" (1980), "Yoshlik quvonchi" (1974), "Vatan tuprog'i" (1976), "Qiyofa" (1981) kabi to'plamlari nashr etilgan. 2016-yil 31-iyul kuni vafot etgan. Shoirning bolalarga atalgan soddaligi, oddiyligi , dilga yaqinligi bilan kichkintoylar quvonchiga quvonch qo’sha oladi. Shoirning asarlari yillar utib Respublikamizning taniqli kompozitori tomonodan uziga yoqqan she’rlari qo’shiq qa aylantirdi. Shoirning asarlarini pedagog olimlar tarbiyaviy axamiyati katta bo’lgan talent bilan yozgan asarlarini turli maktab darsliklarida darsdan tashqari o’qish kitoblariga, metodik qo’lanmalarga, qo’shiqlarini esa musiqa darsliklariga kiritishda davom etdi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADOLOGIYA MUHOKAMA Keling shoirni bir necha she’rlarini tahlil qilosak. Birinchi navbatda uni “O’g’lonman” she’rini tahlil qilamiz Shuhrat degan o’g’lanman, Ishga tayyor chaqqanman Duo olib bobomdan Duo olib momomdan Oyimlarga yoqanman Dadamlarga yoqanman Hammalri izzatda Men bo’laman xizmatda Shoir bu she’rida shuhrat isimli bolani tabiatini va tarbiyasini oilasi bobo va buvisi haqida qisqacha lekin chuqur manoga boy so’zlar yordamida she’rga ajoyib sayqal bera olgan. Unda bolalarga ham namuna ham urnak bula oladigan yunalish tanlangan. “Shuhrat dedan o’g’lonman” bu so’zlarda bolani ham ismi ham uziga qanday baho berishi kursatilgan bu bolalarga uzlariga ishonch uyg’ota olishga undaydi “Duo olib bobomdanm, Duo olib momomdan” bu satrlardsa esa bolalarga kattalardan Yoshi ulug’ keksalardan duo olish qanchalar muhimligi bayon qilingan . “Oyimlarga yoqqanman, Dadamlarga yoqanman” bu jumlada esa bolalar ota onasiga to’g’ri muomlada bulib ularni xurmatini joyiga quyish takidlangandek go’yo. “hammalri izzatda , Men bo’laman xizmatda. Bunda esa agar bolalar kattalarini xurmatiniu joyiga quyishganda albatta izzat topishlarini boyon qiladi. Shoirni yana bir asarini sizga bayon qilmoqchiman. “Masxaraboz” Hayvonot bog’ida Maymun sakrab uynaydi Birovlarni kalaka Qilishni hech quymydi Kulgi bo’lar hammaga Qilmishiga yarasha, O’zgalarniu mazax qilib, O’zi bo’lar tomosha. Shoir o’z asarida maymunni namuna sifatida olib yomon hulqli bolalar ya’ni birovlarni ustidan ko’lib muomla qiladigan bolalar nafaqt barcha yoshdagi insonlarni nafaqat o’z hurmatini yuqotib kamida boshqalarga kulgu bo’lishini aytmoqda “Qilmishiga yarasha, O’zgalarniu mazax qilib, O’zi bo’lar tomosha. “ Bu satrlar qarida o’zgalarga yoqish uchun qilingan harakat boshqa insonlarga kulguli tuyulishini aytmoqda. “Men oftobni qiziman” Men oftobni qiziman, Charaqlagan ko’ziman Birga maktabga chiqsak, Nur yog’ilar yuzimdan. Kapalaklar quvlashib, Uchib borar izimdan. Gular tersam oyimga, Gular o’par yuzimdan. Shoir bu misralar bilan hali maktabga chiqishga ulgurmagan bolajonlarga maktabga chiqish qanchalar yaxshiligini takidlaydi. “Birga maktabga chiqsak, Nur yog’ilar yuzimdan. “ yani biz birga maktabga boradigan bulsak ilim olganimiz uchun bizning yuzimizdan nur yog’adi deb takidlanadii. NATIJALAR SHoirning o’nlab she’rlarida tabiatga munosabat, hayvonlar, jonivorlar-u parradalarni asrash, avaylash, ularni ko’paytirish masalasi ko’tariladi. Uning ko’pgina she’rlari maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar berilib tanglaydigan asarlarga aylanib qolgan. “Do’stlik kerak”, “Qalam deydi”, “Men otimni taqaladim”, “Asl bobo” , “Go’zal odob, a’lo xulq”, “Mehribonlar”, “Vatanni yashnataylik”, “Kitob olib bersangiz”, “Bog’cha opam”, “Fikrim o’sar”, “Bog’chamizda” she’rlarini tinglamagan bog’cha bolasi yoki boshlang’ich sinf o’quvchisi topilmasa kerak. O’zbek bolalar she’riyatida oddiygina qalam haqida ancha she’rlar bitilgan. SHoirning “Qalam deydi” she’ri butunlay o’ziga xos original asar. Sarlavhasidan sezilganidek, butunlay yangi mazmun, yangi ifodaga ega. Qalam sinib ketmay uzluksiz ishlashni, odamlarga foyda, naf keltirishni istaydi. Yosh kitobxonni tinmay o’qish, yozish va izlanishga chorlaydi. Qalam deydi: Ayab, aslo Yozavergin, Tindirmagin. Ilm konin Qog’ozlarda Qazavergin. Izim bo’lsin Faqat meni Elga aytgan Sindirmagin. So’zim bo’lsin. Bola tetapoya qilib yura boshlashi bilanoq, o’ziga sherik, do’st, o’rtoq qidiradi. Ular qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi, davra yanada kengayib, o’yin-kulgu avjga chiqaveradi. O’yinda ham, o’qish-u mehnatda ham do’st, Bir-biriga qo’l-qanot Do’st mushkulini oson- Qilishni istar inson, Olam to’lsin ziyoga, Do’stlik kerak dunyoga. XULOSA Uzoq yillardan buyon bolalarga atab 20dan ortiq she’riy kitoblar va yuzlab quvnoq qo’shiqlar yozgan shoir qambar o’tayev (:qambar ota”) ning ijodi, ayniqsa, mustaqillik yillarida yaqqol namoyon bo’ldi. Endilikda u mustaqillikning vatanmiz hamda xalqimizga keltirgan sharofati tufayli yosh yuraklarda namoyon boolgan ozod vatan sevgisi g’urur va faxr tushunchalarini ulug’ muhabbat bilan taranum etmoqda. Download 20.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling