Qambarova Begoyim Nuriddin qizi bioligiya 208 Mavzu: Mikronaychaning biokimyoviy xususiyatlari
Download 381.88 Kb.
|
Mikronaychaning biokimyoviy xususiyatlari
Hujayralarning qarishi va o limi. Qarish va o'lim hujayra differensiiasiyasi ontogenezining yakunlovchi bosqichidir. Ushbu hol ko'proq qariyotgan barglar va gultojibarglarda o'rganilgandir.
Qariyotgan hujayralar uchun xos holat bu sintetik jarayonlarning sekinlashishi va gidrolitik jarayonlarning tezlashishidir. Bunda hujayralardagi oqsil va RNK miqdori 25 kamayadi, gidrolaza va peroksidazaning faolligi kuchayadi, membrana lipidlarining oksidlanishi tezlashadi va sitoplazma hamda organoidlarda lipid tomchilari miqdori ortadi. Membrananing yarim o'tkazuvchanlik xossasi kamayadi va hujayradan moddalarning chiqishi kuzatiladi. Hujayra sitoplazmasi va organoidlarida avtofagsimon vakuolalar ko'payadi, ER shishadi va fragmentlarga ajraladi. Eng oxirgi bosqichda esa xlorofill va xloroplastlar yemiriladi, ER va GA dissotsialanadi, mitoxondriyalar shishadi va ulardagi kristlar soni kamayadi, yadro vakuollashadi, yadrocha parchalanadi. Hujayralarning qarish jarayoni, tonoplast yemirilib uning ichidagi moddalarning shu jumladan nordon gidrolazalarning sitoplazmaga chiqishi vaqtidan boshlab qaytmas hisoblanadi. Hujayra va molekulyar darajalaridagi qarish mexanizmlarining ikkita gipotezasi mavjud: 1.Hujayrada zaharli moddalar miqdorining ortishi va genetik apparat, mitoxondriyalar va boshqa organoidlarning shikastlanishi. 2.Ontogenezning oxirgi bosqichi sifatida qarish programmasining ishga tushishi. 26 Ikkala gipoteza ham yetarli darajada ishonarli dalillarga ega. Masalan oqsillar sintezining ingibitori bo'lgan siklogeksimid hujayra ichki tuzilmalari yemirilishini to'xtatadi. Ehtimol bu uning gidrolazalar sintezining to'xtatilishi bilan bog'liq bo'lsa kerak. Boshqa tomondan esa hujayra tuzilmalarining doimiy ravishda o'z-o'zini qurishiga qaramasdan ontogenez davomida hujayralarda shikastlanish ko'paya boradi. Hujayralar qarishini butun o'simlik miqyosida kuzatilsa bir muncha yaxshiroq tushunish mumkin. Masalan u yoki bu organ hujayralariga ayrim fitogormonlarning (auksin, sitokinin, gibberellin) va oziqa moddalarining kirishining to'xtashi qarish jarayonlarini keskin kuchaytirib yuboradi. Ajratilgan barg to'qimalarini auksin, sitokinin va gibberellin bilan ishlash xloroplastlar tuzilishini tiklaydi. Bunday sharoitda hatto sarg'ayayotgan barglar ham yashil tusga kirib jadal fotosintez qilishi mumkin bo'la boshlaydi. Fitogormon-faollantiruvchilar hujayraning funksional faolligi uchun zarur bo'lgan RNK va oqsillar sintezini indutsirlaydi (tezlashtiradi). Ingibitor gormonlar ABK va etilen qarish jarayonlarini tezlashtiradi. Qariyotgan barglarda ABK va etilen gormonlarining miqdori ortadi. Hujayralar qarishining yana bir asosiy belgisi bu sitoplazma pH ko'rsatkichining nordon tomonga surilishidir. Bu o'z navbatida oqsillarning fizik-kimyoviy xossalariga salbiy ta'sir qilib nordon gidrolazalarni faollashtiradi. Sitoplazma tarkibidagi H+- ionlarining vakuolaga 27 yoki atrof muhitga chiqarish hujayra ichki kompartmentlarining degradatsiyadan (emirilishdan) himoya qiladi. H+-pompasini faollashtiruvchi auksin gormonining ta'siri xuddi yuqoridagiga o'xshash. N+-pompasi ishining sekinlashishi yoki to'xtashi, membranalarning yarim o'tkazuvchanlik xususiyatining yo'qolishi hujayraning tengsizlik holatiga (membrana potentsiallarining) hamda moddalarni yutish va ushlab turish xossasining yo'qolishiga olib keladi. Mana shu paytdan boshlab hujayra o'z tirikligini yo'qotadi va yemirilib oqa boshlaydi. Hujayralarning qarishi va o'limi xususida shuni aytib o'tish lozimki, keyingi paydo bo'lgan malumotlarga asosan har bir hujayra o'zining rivojlanishi va o'limi programmasiga ega, ya'ni boshqacha qilib aytganda hujayralarning rejalashtirilgan o'limi programmasi mavjud (Skulachev, 2003). Binobarin, hujayra organoidlarining tiklanishi va yangilanishi uchun sharoit qanchalik yaxshi bo'lmasin, u hujayradagi genlarda rejalashtirilgan vaqtda halok bo'ladi. Bunga biz g'o'za chigitidagi aleyron hujayralarni misol qilib keltirishimiz mumkin. 28 Xulosa Respublikamiz umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiya ta’limi metodikasi turli namunaviy darslar tashkil etish va o’tkazish bo’yicha muayyan tajribalar to’plangan . Biologiya o’qituvchilar va uslubchilar fikrlari, shuningdek amalga oshirilgan tadqiqot natijalari bo’yicha yangi pedagogik texnologiyalarning asosiy vazifasi o’quvchi, ta’lim berish, uning shaxsini tarbiyalash hamda rivojlantirishga ko’mak berishdan iboratdir. Shuningdek o’quvchilarning muomila madaniyatini tarbiyalaydi, ularning erkin harakatini ayniqsa so’zlab berish, isbotlash, ishonch hosil qilish uchun katta ahamiyat kasb etadi. Biologiya darslarida noananviy darslarini tashkil etish va o’tkazish asosida muomila vaziyat yaratish haqidagi qoidaga, ya’ni “aqliy hujum” metodiga amal qilish tasdiqlandiki, bu vazifani hal qilish nomalumdan ma’lumga tomomn harakat qilish imkonini beradi, har bir o’quvchining ichki ijodiy imkoniyatlaridan o’rinli, samarali foydalanadi. O’quvchilar ularni ma’naviy-ahloqiy aqliy, huquqiy, iqtisodiy, ekologik tarbiyalashning mazmuni va samarali vositalari, metodlari va shakllarini tanlash va amaliyotga joriy qilish, o’quvchilar faolligini yuqori darajasini ta’minlash asosida oldindan belgilangan maqsadga erishishga qaratiladi, fazilatlar shakllanadi. Ilg’or pedagogik texnologiyalarini ahamiyati shundaki ta’limning barcha uchun qulay bo’lgan suratini ta’minlaydi. Bu biologiyadan davlat ta’lim standartlari talablariga hamohangdir. Biologiya darslarida darsni muvofaqqiyatli tashkil etish va o’tkazish uchun ilg’or pedtexnologiyalarni tuzilishini: maqsad va vazifalarini, qoidlar, 29 vaziyatlar, harakatlar va natijalarni yaxshi bilish zarur. Noananaviy darslarni o’tkazish metodikasi tayyorgarlik tashkiliy, uning va o’yin natijalarini tashkil qilish kabi bosqichlarini ajratib imkoniyatini beradi. Bu bosqichlar darslarning barcha turlari uchun ta’luqlidir. Darslarni muvofaqiyatli o’tkazish uchun faqat o’quvchining muayyan tayyorgarlik darajasi emas, balki dars mazmunida muammoli vaziyat ham bo’lishi kerak. 30 Adabiyotlar ro’yhati I.Azamjon Xaliqov “Pedagogik mahorat” Toshkent 2011 2.Azizxodjayev N.N. “ Pedagogik texnologiya va pedogogik mahorat” Oquv qo’llanma Tosh 2003, TDPU-174 b 3.Verzilin N.M. Korsunskaya B.M. Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi. Toshkent “ o’qituvchi” 1985 374 c 4.Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar Toshkent moliya 2003 5.Tolipova J.O, G’ofurova A.T “Biologiya ta’limi texnologiyalari” Toshkent O’qituvchi 2002 6.Tolipov U. Usmonboboyeva M “ pedagogic texnologiyalarning tadbiqiy asoslari” Toshkent 2006 7.Tolipova J.O “Biologiyani oqitishda pedagogic texnologiyalardan foydalanish” 2 -qism Talabalr uchun o’quv qo’llanma” TDPU 2004 -75 b 8. Tolipova J.O. “biologiyani o’qishda pedagogic texnalogiyalarda foydalanish” 2-qism.Talabalar uchun o’quv qo’llanma. T. TDPU 2004-101 b 31 Download 381.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling