Qanday hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi?
Download 82.91 Kb.
|
3-blok lavozim kasb faoliyati bo\'yicha
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Teodolit nima Teodolit
3. geodeziya nima? Geodeziya (geo-yer va yun. daio — boʻlaman) — Yerning shakli va oʻlchamlarini aniqlash, Yer yuzasini plan va xaritalarda tasvirlash hamda muhandislik inshootlarini qurishdagi qidiruv ishlari, ularni loyihalash, qurish va ulardan foydalanishda bajariladigan oʻlchash ishlari haqidagi fan.
G. oliy geodeziya, geodeziya yoki topografiya, muhandislik geodeziyasi, haritagrafiya va fototopografiya kabi mustaqil fanlarga boʻlinadi. Yer shakli va oʻlchamlarini aniqlash, mamlakat haritalarini tuzish uchun kerakli bosh geodezik asosni barpo etish, uni zamonaviy talablarga javob beradigan darajada saqdab turish, katta maydonlarda olib boriladigan geodezik oʻlchash ishlariii tashkil etish, ularni bajarish bilan oliy G. shugʻullanadi. Yer yuzasining ayrim boʻlaklarini plan, harita va profillarda tasvirlashda bajariladigan geodezik oʻlchash ishlari bilan muhandislik geodeziyasi, Yer yuzasining katta boʻlagini tasvirlash usullari bilan haritagrafiya, joyning plan va haritalarini fotosuratlardan foydalangan holda tuzish usullarini fototopografiya fani oʻrganadi. 4. Teodolit nima? Teodolit — ochiq joylarda gorizontal va vertikal burchaklarni oʻlchashda ishlatiladigan koʻchma geodezik asbob. Burchaklarni oʻlchash, triangulyatsiya va poligonometriya ishlarini bajarishda foydalaniladi. Burchak oʻlchash ishlarida gorizontal yoʻnalishda G yoki 30" aniqlikda oʻlchaydigan T.lar qoʻllaniladi. Triangulyatsiya ishlarida (yer sirti holatini aniqlashda) aniqlik darajasi yanada yuqori (0,5" gacha) boʻlgan T.lardan foydalaniladi. Aniqlik darajasi yuqori boʻlgan T.lar universal T. deb ataladi. T.lar bilan ochiq joydagi vertikal burchaklar, masofalar hamda yoʻnalishlar, magnit azimutlarini ham oʻlchash mumkin. T.ning asosiy qismlari — koʻrish trubasi, gorizontal va vertikal doiralar. Gorizontal doira limb va adilakdan iborat. Vertikal doira 15° qiya burchaklarni oʻlchash uchun moʻljallangan. Yangi optik Tlar metall limbli Tlarga nisbatan ixcham, yengil va ishlatish oson. T.lar tuzilishi, aniqligi va boshqa xususiyatlariga koʻra bir necha xil boʻladi (xisob qurilmali, optik mikrometrli, mikroskopli, indeksli va boshqalar). Download 82.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling