Qanday operatsiyalar Aksiz solig'i solinadigan ob'ekt hisoblanadi


Download 15.77 Kb.
Sana01.11.2023
Hajmi15.77 Kb.
#1737636
Bog'liq
Акциз солиғидан тест саволлари (1)





  1. Qanday operatsiyalar Aksiz solig'i solinadigan ob'ekt hisoblanadi.

  1. Aksiz to'lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish

  2. Maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilish

  3. Aksiz to'lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilish

  4. Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami


  1. Aksiz solig'i quyidagilarning qaysilariga solinmaydi.

  1. Aksiz to'lanadigan tovarlarning eksportiga

  2. Berilgan xom ashyodan tayyorlangan Aksiz to'lanadigan tovarga

  3. Aksiz to'lanadigan tovarlarni bepul topshirish

  4. Aksiz to'lanadigan tovarlarning importiga




  1. Quyidagi yuridik shaxslardan qaysi biri Aksiz solig'ini to'laydi.

  1. Ulgurji va chakana savdo korxonalari

  2. mebel ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar

  3. O'zbekiston Respublikasi norezidentlari

  4. Alkagolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar




  1. Aksiz solig'ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan import qilinayotgan Aksiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha soliq solinadigan baza nima asosida belgilanadi.

  1. Tovarning bojxona qiymati asosida

  1. Bojxona boji asosida

  2. Tannarx asosida

  3. Shartnomada ko'rsatilgan dastlabki qiymat asosida




  1. Aksiz solig'ining hisob-kitobi qanday muddatda taqdim etiladi.

  1. Har oyda, soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi

  2. Har oyda hisobot davridan keyingi oydan kechiktirmay

  3. Har chorakda hisobot choragidan keyingi ikkinchi oydan kechiktirmay

  4. Har oyda, soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi




  1. Quyida keltirilgan qaysi hujjatlar Aksiz to'lanadigan tovarlar eksportini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.

  1. Reestr hujjatlari

  2. Eksport qilinadigan Aksiz to'lanadigan tovarlarni etkazib berish uchun tuzilgan kontrakt

  3. Tovarlarga ilova qilinadigan hisobvaraqalar

  4. Bojxona organining belgisi qo'yilmagan bojxona yuk deklaratsiyasi




  1. Aksiz solig'ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab chiqarilayotgan Aksiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha soliq solinadigan baza qanday aniqlanadi?

  1. Realizatsiya qilingan Aksiz to'lanadigan tovarlarning tannarxi asosida

  2. Realizatsiya qilingan Aksiz to'lanadigan tovarlarning ulgurji narxi asosida

  3. Aksiz to'lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida

  4. Realizatsiya qilingan Aksiz to'lanadigan tovarlarning Aksiz solig'i hamda qo'shilgan qiymat solig'i kiritilmagan qiymati asosida




  1. Aksiz solig'ining stavkalari mutlaq summada (qat'iy) belgilangan Aksiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha soliq solinadigan baza qanday aniqlanadi?

  1. Aksiz to'lanadigan tovarlarning qiymati asosida

  2. Realizatsiya qilingan Aksiz to'lanadigan tovarlarning tannarxi asosida

  3. Realizatsiya qilingan Aksiz to'lanadigan tovarlarning ulgurji narxi asosida

  4. Aksiz to'lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida

9.Qayta ishlashga berilgan xom-ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan Aksiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha soliq solinadigan baza qanday qiymatni o'z ichiga oladi.


A) Aksiz to'lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatini hamda qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallar qiymatini
B) Aksiz to'lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlar hajmini
C) Tovarlarning naturada ifodalangan hajmini
D) Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallar hajmini

10. Quyidagi qaysi Aksiz to'lanadigan tovarlar belgilangan tartibda Aksiz markalari bilan tamg'alanishi shart.


A) O'zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan, shuningdek uning bojxona hududiga import qilinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklari
B) Import qilinadigan zargarlik mahsulotlari
C) O'zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan pivo mahsulotlari
D) O'zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan avtomobillar
Download 15.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling