Fenoplastlar qanday usulda olinadi?
A.Fenoplastlar fenol va formaldegidning qo‘shma polimerizatsiyasi natijasida olinadi. Fenoplastlar yonmaydi, ammo issiqlik ta’sirida zaharli fenol chiqaradi.
B.Fenoplastlar melamin va formaldegidning qo‘shma polimerizatsiyasi natijasida olinadi. Ular yonmaydigan va bezarar plastmassa hisoblanadi.
C.Fenoplastlar amino kapron kislotalarini polikondensatsiya qilish yo‘li bilan olinadi. Ular boshqa plastmassalardan pishiqligi va chirishga chidamliligi bilan farq qiladi.
D.Fenoplastlar fenol va ko‘p atomli spirtlar reaksiyasi natijasida olinadi. Ular yonmaydi, ammo issiqlik ta’sirida zaharli fenol chiqaradi.
Penoplastlar (ko’pikplastlar) deb qanday plastmassalarga aytiladi?
A.Ko’pikplastlar deb, turli sintetik polimerlar asosida olingan xomashyoni ko’pirtirish natijasida hosil bo’lgan va bir-biri bilan tutashmagan bo’shliqlarning gaz bilan to’lishidan hosil bo’lgan o’ta yengil plastik massalar(materiallar)ga aytiladi.
B.Ko’pikplastlar deb, yarimtayyor polimerlar materiallarni ko’pirtirish natijasida hosil bo’lgan va bir-biri bilan bevosita tutashgan g’ovaklarning havo bilan to’lishidan hosil bo’lgan qattiq plastik massalar(materiallar)ga aytiladi.
C. Ko’pikplastlar deb, sintetik smolalarni ko’pirtirish natijasida hosil bo’lgan va bir-biri bilan bevosita tutashmagan g’ovaklardan iborat yengil elastk polimer materiallarga aytiladi.
D.Barcha javoblar to’g’ri.
Efiroplastlar deganda nimani tushunasiz?
A.Efiroplastlar - organik kislotalar va ko‘p atomli spirt(ksilit)lar bilan o’zaro reaksiyasi natijasida olinib, polimer materiallar ishlab chiqarishda to‘rt xil(lavsan plyonkasi, lavsan tolasi, shisha shifer va shisha tola) holatda ishlatiladi.
B.Efiroplastlar - organik ishqorlar va bir atomli spirt(metanol)lar bilan o’zaro reaksiyasi natijasida olinib, yarimtayyor polimer materiallar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
C.Efiroplastlar - organik birikmalar va ikki atomli spirt(etilenglikol)lar bilan o’zaro reaksiyasi natijasida olinib, plastmassalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
D.Efiroplastlar - organik moddalar va to’rt atomli spirt(pentaeritrit)lar bilan o’zaro reaksiyasi natijasida olinib, yarimtayyor polimer materiallar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |