Qanday qilib dangasalikdan qutilish mumkin


Download 14.82 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi14.82 Kb.
#215602
Bog'liq
maqola


Qanday qilib dangasalikdan qutilish mumkin

Kalit so`zlar: maqsad, dangasa, tirishqoq, kun tartibi, badan tarbiya, sport, reja

Oldingizga maqsad qo`ydingiz-u, ammo dangasalik sizning o`y-fikrlaringizni chalg`itmoqdami? Demak bu maqola aynan siz uchun yozilgan.

Keling maqolamizni kichik bir hikoya orqali boshlab olsak! Hikoyamiz qahramonining ismi Dilshod. U juda dangasa bola edi. Ertalab juda kech turar, ishlariga erinardi. Bir kuni u o`zgarishga qaror qildi. Kech tushishi bilan qo`liga qog`oz qalam oldi-yu, kun tartibi tuzishga bel bog`ladi. Ushbu kun tartibiga ko`ra u ertalab soat oltida uyg`onishi, nonushtadan oldin badan tarbiya qilib yuvinib olishi, o`qishdan qaytgach sport zaliga borib bir necha soat shug`illanishi kerak edi. Keying kundan boshlab Dilshod o`z rejasi asosida ish boshladi. Oradan bir hafta o`tgach u kun tartibiga ancha o`rganib oldi. Hammasini a’lo darajada bajara boshladi. Oradan yana bir hafta o`tkach u kun tartibidan zerika boshladi. Sport uchun ajratilgan vaqtlardan bir qanchasini bekor qildi. Bir oy o`tgach esa kun tartibiga dam olish uchun yana qo`shimcha vaqt ajratdi. Borgan sari dam olish va uxlash uchun ajratilgan vaqtlar ko`payib bordi. Nihoyat u yana o`sha dangasa Dilshodga aylandi qo`ydi.

Bu hikoyani bejizga yozganim yo`q. Hikoyada dangasalikdan qutilish uchun qo`llanilgan yo`lning xatosini tushintirishni o`z oldimga maqsad qilib oldim. Xo`sh Dilshodning yagona va eng kata xatosi nimada edi? Avvalo uning xatosi shundan iboratki, u kun tartibini belgilashda kamchiliklarga yo`l qo`ydi. Ya’ni u birdan katta ishga qo`l urdi. Agarda kun tartibiga oz-ozdan o`zgartirish kiritib borganda edi masalan har kuni sport bilan shug`illanmasdan avval haftasiga ikki kun, vaqt o`tgan sari haftasiga uch kun, yana bir necha haftadan keyin to`rt kun va hakazo bo`lganida edi u asta sekin dangasalikdan qutilib olardi.

Maslahatim shundan iboratki dangasalikdan qutilish uchun birdan o`zingizga qat’iy kun tartibi belgilab olmang. Avval soddaroq qilib, keyin vaqt o`tgan sari oz-ozdan qo`shib mukammal qilib boring. Qarabsizki siz maqsadingizga erishasiz. Egri daraxtni ham birdan to`g`irlashga harakat qilinsa sinib ketishi mumkin. Agarda avaylab sekin-sekinlik bilan egib to`g`irlansa albatta qaddini tik tutib turguvchi ko`rkam bir daraxtga aylantirsa bo`ladi. Dangasalikdan qutilish uchun ham ana shunday sekinlik bilan harakat qilmog`imiz lozim. Ha darvoqe to`g`ri ovqatlanish ham dangasalikdan qutilish uchun o`zining ulkan hissasini qo`sha oladi. O`z vaqtida va tabiiy mahsulotlar bilan ovqatlanish insonga kuch, quvvat ato etadi

Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilsangiz yaqin bir necha oy ichida, albatta, dangasikdan mehnatkashlikka o`tishingiz hech gap emas. So`zim oxirida marhum qiziqchi Hojiboy Tojiboyev so`zlaridan foydalanishni joiz topdim. “ Turing… sizni buyuk ishlar kutmoqda”

O`zingizni ehtiyot qiling.




Download 14.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling