Qang‘, Dovon va Kushon davlatlari


Download 55 Kb.
bet10/10
Sana02.01.2022
Hajmi55 Kb.
#188101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qang‘, Dovon va Kushon davlatlari

mashhur yodgorlik Xolchayon hisoblanadi. Ushbu ko‘hna shahar Surxondaryo viloyatining Denov shahri shimoli-sharqida joylashgan bo‘lib mil. avv. IV-III asrlardan - mil. VII asrga qadar mavjud bo‘lgan. Yodgorlikning gullab-yashnagan davri Kushon davriga to‘g‘ri keladi. Xolchayondan bu davrga oid yirik saroy inshootlari, turar-joylar ochilgan. Saroyning ayvoni va bosh zali devorlari suratlar bilan bezaklangan. Sathidan esa “podsho Geray” avlodlariga mansub turli kattalikdagi haykallar topilgan.

Kushon podsholigi ruhoniylar qo‘lidagi davlat bo‘lib, bu davlatda podsho hokimiyatni boshqarish bilan birga bosh kohin ham hisoblangan. Podsholik satrapiyalarga bo‘lingan bo‘lib, ularning boshliqlari ma’lum ma’noda o‘zlarini mustaqil deb hisoblaganlar. Kushon podsholigi quldorlik davlati hisoblansa-da, davlatda qishloq jamoalarining ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. Tadqiqotlar natijasida kushonlar davrida hunarmandchilikning turli sohalari, ichki va xalqaro aloqalar, madaniy hayot gurkirab rivojlanganligi aniqlangan. Pul muomalasida asosan oltin va mis tangalardan foydalanilgan. Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik sun’iy sug‘orishga asoslangan bo‘lib, qishloq xo‘jalik ekinlarining juda ko‘p turlari yetishtirilgan.

Milodiy III asrning birinchi yarmida, ya’ni, Vasudeva va Kanishka III hukmronligi davrlarida Kushon podsholigi hokimiyatida markazdan qochuvchi kuchlar mavqeyi ortib ular o‘zlarini tobora mustaqil hisoblay boshlaydilar. Ikkinchi tomondan esa, ular o‘rtasida o‘zaro kurashlar avj ola boshlaydi. Undan tashqari Kushon davlatining janubi-g‘arbiy hududlarida qudratli Sosoniylar davlati paydo bo‘ladi. III asrning ikkinchi yarmidan boshlab Kushon davlatining ko‘pgina yerlari Eron Sosoniylari qo‘liga o‘tadi.




Aim.uz


Download 55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling