Qaragʻaysimonlar Pinopsida haqida umumiy malumot va kelib chiqishi


Download 0.99 Mb.
bet5/9
Sana26.01.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1127248
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hasanova Marjona 10 21 (2)

ll. Asosiy qism
2.1. Sarvnamolar qabilasi haqida umumiy maʼlumot SARV (Cupressus) — sarvdoshlar oilasiga mansub igna bargli oʻsimliklar turkumi, bir uyli, doim yashil manzarali daraxt va butalar. Yevrosiyo, Shim. Amerika, Shim. Afrika, Jan. Sharkiy Osiyoning subtropik mintaqalarida 15 turi tarqalgan. Qrim, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda 11 turi maщarali daraxt sifatida oʻstiriladi. Boʻyi 30 m dan ortiq, tanasining diametri 50 — 60 sm, 200—300-yil, baʼzi maʼlumotlarga koʻra 2000-y. gacha yashaydi. Urugʻkurtagi kup. TUpguli 2-yili yetiladi. Ignabarglari yashil yoki havorang. Poʻstlogʻi qalin, qoramtirqoʻngʻir. Koʻproq doim yashil Sarv turining piramidasimon (S. sempervirens) xili koʻp ekiladi. Manzarali bogʻdorchilikda ekiladigan xillari kup. Urugʻidan, manzarali xillari qalamchasidan va payvand qilib ʻpaytiriladi. Ignabarglari va novdalaridan tibbiyotda qoʻllaniladigan efir moyi olinadi. Sarv turlaridan ihota oʻrmonlar, istirohat bogʻlari barpo etishda foydalaniladi. Yogʻochi mebel sanoatida ishlatiladi. Chiroyli shaklda oʻsishi tufayli Sharq sheʼriyatida majoziy maʼnoda sarvqomat yor obrazini tasvirlashda koʻp qoʻllanilgan.
2.2. Taksodiyadoshlar haqida maʼlumot.
1. Taksodiyadoshlar (Taxodiaceae) oilasi vakillari Shimoliy Amerika va Janubiy Sharqiy Osiyoning issiq moʼtadil mintaqalarida tarqalgan. Ushbu oilaga eng baland (gigant) boʼyli, uzoq yashaydigan mashhur daraxtlar mansubdir. Jumladan, Amerikaning Kaliforniyasida oʼsuvchi doim yashil sekvoya (Sequoia sempervirens) va mamont daraxti
(Sequoiadendron giganteum balandligi 140 m). Metasekvoya (Metasequoia glyptostroboides) Xitoy markazidagi togʼlarida oʼsadi.Botqoq taksodiumi (Taxodium distichum) Missisipi daryosining sersuv botqoqli yerlarda (toʼqayzorda) oʼsadi, uning boʼyi 50 m etadi. Kuzda bargi kichik yon shoxchalari bilan birga toʼkiladi. Uning uchioʼtkirlashgan havo ildizlari chiqib turadi. Meksika taksodiumi (Taxodium mucronatum) Meksika togʼlarida oʼsadi
. Taxodium distichum (1 ). Taxodium huegelli. (2)
2.3. Sarvdoshlar - Cupressaceae oilasi haqida maʼlumot.
Sarvdoshlar (Archadoshlar) (Cupressaceae) oilasi. Oilaga 19 turkum 130 ga yaqin tur kiradi. Ular har ikkala yarim sharda ham tarqalgan. Oila vakillari bir yoki ikki uyli daraxt va butalar boʼlib, ularda smola yoʼllari boʼlmaydi. Barglari ninasimon yoki tangasimon, novdada qarama-qarshi yoki halqasimon oʼrnashgan. Changchi qubbalari yakka holda boʼlib, mikrosporafillari qalqonsimon, mikrosporangiylari 2-6 ta. Erkaklik gametofiti reduksiyalangan. Urugʼchi qubbasida qoplagich tangacha barg va urugʼtangachasi qoʼshilib, oʼsib bittaga aylangan, qoplagich tangacha bargi yogʼochlangan yoki yumshoq etli (archalar) dir.Bu oila vakillarini urgʼochi qubbasining tuzilishiga qarab uch kenja oila: Sarvlar (Cupressaideae), archalar (Juniperideae), tuyalar (Thujoideae) ga boʼlish tavsiya qilinadi. Bu oila vakillari Respublikamiz hududlarida manzarali daraxtlar sifatida koʻplab joylarga ekiladi.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling