Qaragʻaysimonlar Pinopsida haqida umumiy malumot va kelib chiqishi


Pinopsida haqida malumot va kelib chiqishi


Download 0.99 Mb.
bet4/9
Sana26.01.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1127248
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hasanova Marjona 10 21 (2)

1.1 Pinopsida haqida malumot va kelib chiqishi.
Umumiy taxlili quyidagicha.
Bo’lim. Qaragʻaytoifa - Pinophyta
Ajdod.Qaragʻasimonlar - Pinopsida
Qabila. Sarvnamolar - Cupressales
Oila. Sarvdoshlar - Cupressaceae.[1]
Oila Taksodiyadoshlar - Taxodium [2]
Ajdod vakillari asosan Shimoliy yarim sharda keng tarqalgan. Bu ajdod ikkita kichik ajdodga: kordaitkabilar (Cordaitidae) va qaragʼaykabilar (Pinidae) boʼlinadi.Kordaitkabilar (Cordaitidae) ajdodchasi bitta qabila kordaitnamolar (Cordaitidae) va bitta oila kordaitdoshlar (Cordaitaceae) ni oʼz ichiga oladi. Kordaitkabilar bizgacha yetib kelmagan barchasi qirilib ketgan. Kordaitlar toshkoʼmir davri boshlarida va trias davrigacha yashagan. Ular daraxtsimon shaklda boʼlib, boshqa sporali daraxtsimon oʼsimliklar bilan oʼrmonlar hosil qilib oʼsgan. Ularning boʼyi 30 m, eni esa 1 m kelgan. Lentasimon barglarining uzunligi 1 m, eni 20 sm ga etgan. Qubbalari bir jinsli, ikki oʼyli oʼsimliklar boʼlib hisoblangan. Kordaitlar urugʼli paporotniklardan kelib chiqqan va ulardan esa qaragʼaylar kelib chiqqan. Qaragʼaykabilar ajdodchasi vakillarining tarixi toshkoʼmir davridan (370 mln yillar muqaddam) boshlanadi. Trias davrida (240 mln yillar muqaddam) ular Shimoliy yarim sharning oʼsimliklar qoplamida katta rol oʼynagan. Qaragʼaykabilarning koʼpchilik turlari baland boʼyli, ayrimlari esa gigant daraxtlardan iborat. Masalan:
Meksika taksodiumi (Taxodium mucronatum) poyasining diametri 16 m, mamont daraxti (Sequoidendrom giganteum) poyasining yoʼgʼonligi esa 12 m ga etgan. Mamont daraxtlaridan ayrim turlarining 3000 dan ziyod yoshda ekanligi aniqlangan. Qaragʼaykabilar asosan urugʼlari orqali koʼpayadi. Qubbalari ayrim jinsli. Ayrim vakillarida qubbalar toʼp boʼlib, murakkab qubbalarni hosil etadi. Har bitta daraxtda juda koʼp sondagi mikrosporalar hosil boʼladi. Tiss, kiparis va archalarda mikrosporalar shamol yordamida urugʼkurtakka borib tushgandan soʼng, gametofit hosil boʼladi. Ajdodcha vakillarining urgʼochi (urugʼchi) qubbasi ham xilma xil. Tisslarda qubba taraqqiy etmagan. Qaragʼaykabilar asosan shamol yordamida changlanuvchi osimliklar bolganligi sababli changchi qubbalarida hosil boʼladigan changlar havo oqimi bilan urugʼchi urugʼkurtakning chang yoʼli orqali chang kamerasiga borib tushadi. Changlanishdan soʼng ma‘lum vaqt oʼtgandan keyin urugʼlanish jarayoni boshlanadi. Urugʼlanish jarayonidan soʼng urugʼkurtakdan urugʼ hosil boʼladi. Qaragʼaykabilarning urugʼi 3 tadan to 18 tagacha urugʼpallalarga ega. Ularning Yer sharida 8 oila, 55 turkum va 600 ga yaqin turlari uchraydi. Ilmiy manbalarda keltirilgan 7 qabiladan 2 tasi bizgacha yetib kelmagan, qolgan 5 tasi quyidagilardan iborat: 1. Araukariyanamolar - Araucariales qabilasi
2.Qaragʼaynamolar-Pinalesqabilasi
3.Sarvnamolar-Cupressales qabilasi

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling