Qarag’aytoifalar bo’limi – pinophyta (gymnospermae) referat
Download 0.69 Mb.
|
Qoraqayindoshlar oilas
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lyginopteridopsida
Qoraqayindoshlar oilas Mundarija: Kirish Urug’li qirqquloqsimonlar ajdodi Bennittitsimonlar ajdod Sagovniksimonlar ajdodi Gnetumsimonlar ajdodi Velvichiyanamolar qabilasi. Velvichiyadoshlar oilasi Gnetumnamolar qabilasi. Gnetumdoshlar oilasi Ginkgosimonlar ajdodi Qarag’aysimonlar ajdodi Qarag’aynamolar qabilasi Sarvnamolar qabilasi. Sarvdoshlar oilasi Xulosa Foydaanilgan adabiyotlar Kirish Ochiq urug’li o’simliklar ham yuksak o’simliklar singari juda qadimiydir. Ular paleozoy erasining oxiri, mezozoy erasining boshlarida taxminan bundan 350-400 million yil oldin Devon davrida paydo bo’lgan. Ayniqsa, paleozoy va mezozoy eralarida tog’ ko’tarilishi jarayonlari natijasida quruqlik kengayib borgan. Namli muhit biroz bo’lsa ham qurg’oqchilikka aylangan. Bunday muhitning o’zgarishi paporotniklarni siqib chiqarib, ularning o’rnini ochiq, urug’li o’simliklar egallashiga sabab bo’lgan. Ochiq, urug’li o’simliklar ba’zi olimlarning fikricha, eng qadimiy har xil sporali qirqquloqlardan kelib chiqqan. Ochiq urug’lilar ham boshqa urug’li o’simliklar singari har xil sporalidir. Mikrosporangiylardan mikrospora, megosporangiylardan megospora voyaga yetadi. Bu ikkala spora shakli, katta kichikligi va tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ko’pincha mikro va megosporalar strobillarda (qubbalarda) voyaga etadi. Faqat qirilib ketgan ayrim bennettitlarda bitta strobilda mikro va megosporalar bo’lgan. Demak, ayrim bennettitlarning strobillari ikki jinsli bo’lgan. Ochiq urug’li o’simliklar asosan daraxt va butalardan iborat. Ayrim turlari gnetum va qizilcha liana shaklida ham uchraydi. Ularning yana bir xarakterli tomoni shuki, yog’ochlik qismi yaxshi rivojlangan. Barglari xilma-xil shakl va turlicha kattalikka ega. Shu sababdan ochiq urug’lilarni klassifikatsiya qilishda bu belgilar muhim rol o’ynaydi. Hozirgi paytda bu bo’limga kiruvchi turlarning soni 700 ga yaqin bo’lib, ular 68 turkum, 10 qabila va 6 ajdodga kiradi. Ochiq urug’lilar Yer yuzida keng tarqalgan bo’lib, Shimoliy yarim sharda Tayga o’rmonlarini hosil qiladi. Ochiq urug’li o’simliklarning chiqib kelishi asosan Devon davri bilan bog’liq bo’lib, ularning bundan 350-400 mln. yil ilgari o’sgan har xil sporali shakllarining qoldiqlari topilgan. Ochiq urug’lilar evolyutsiyasida kambiyning paydo bo’lishi, ikkilamchi ksilemaning vujudga kelishi katta rol o’ynagan, natijada ularning daraxtsimon shakllari taraqqiy yetib borgan. Qarag’aytoifa o’simliklar hayotiy shakli jihatdan daraxt, buta va ayrim lianalardan iborat. Monopodial tipda shoxlangan bu o’simliklarning ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy yetgan. Qarag’aytoifalarga xos xususiyatlardan yana biri ularda qubbalarning bo’lishidir. Qubbalar o’q poya, qoplag’ich va tangacha barglardan tashkil topgan. Tangacha barglar qo’ltig’ida urug’kurtak yoki changdonlar joylashgan, shunga ko’ra ular changchi (erkaklik) va urugchi (urg’ochi) qubbalarga ajraladi. Hozirgi klassifikatsiyalar bo’yicha qarag’aytoifalar quyidagi 6 ta ajdodga bo’linadi: 1. Urug’li qirquloqsimonlar– Lyginopteridopsida yoki Pteridospermae Sagoniksimonlar - Cycadopsida Bennettitsimonlar - Bennetittopsida Gnetumsimonlar - Gnetopsida Ginkgosimonlar - Ginkgoopsida Qarag’aysimonlar - Pinopsida Yuqoridagi 6 ta ajdoddan birinchi va uchinchilarning vakillari faqat qazilma qolda uchraydi. Qolgan sinflarning vakillari esa yer yuzasida ancha keng tarqalgan. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling