Qarag’aytoifalar bo’limi – pinophyta (gymnospermae) referat


Qarag’aynamolar qabilasi - Pinales


Download 0.69 Mb.
bet6/9
Sana22.02.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1220474
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qoraqayindoshlar oilas

Qarag’aynamolar qabilasi - Pinales


Qabila bitta qarag’aydoshlar (Pinaceae) oilasiga ega bo’lib, 10 turkum va 250 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Shimoliy Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada «Tayga» deb ataladigan o’rmonlarni hosil qiladi. Qarag’aydoshlar asosan doim yashil, qisman bargini tukuvchi daraxt, hamda ayrim yotib o’suvchi butalardan tashkil topgan. Barglari ignasimon, tangachasimon, ingichka nashtarsimon, turlicha kattalikda.
Qarag’aydoshlarning barglari asosan ko’p yillik 2-7 yilgacha to’kilmaydi. Qubbalari ayrim jinsli. Changchi qubbasidagi mikrosporofillarda 2 tadan mikrosporangiy (changdon) joylashgan. Changlar shamol yordamida tarqalishga moslashgan. Urug’chi qubbasining qoplagich tangacha barglari qo’ltigida urug’ tangachalar o’rnashgan bo’lib, ularning yuzasida ypug’ kurtak joylashgan. Urug’lari qanotchali.
Qarag’aydoshlarning tabiatdagi va xalq xo’jaligidagi ahamiyati beqiyos katta. Ulardan qurilishlar uchun yog’och, mebellar tayyorlashda, qog’oz sanoati uchun xom ashyo, smola, kanifol, skipidar, glyukozidlar olinadi. Kedrlarning urug’i tarkibida 59 % moy bor. Undan oziq-ovqat sanoatida va texnik maqsadlarda foydalaniladi. Barglari C vitaminga boy.
Qarag’ay – Pinus turkumi 100 ga yaqin turga ega. Tabiiy sharoitda Ozarbayjon bilan Gruziyada o’suvchi (Eldar qarag’ayi) qurg’oqchilikka chidamliligi uchun O’zbekistonning ko’pchilik shaharlarida manzarali daraxt sifatida o’stirilmoqda (17-rasm).
Mazkur turkumning oddiy qarag’ay - P. silvestris va Sibir qarag’ayi - P. sibirica singari turlari keng tarqalgan. Oddiy qarag’ay, uning areali juda keng, butun O’rta va Shimoliy Yevropadan Shimoliy Osiyoga qadar egallaydi. U muhit sharoitini deyarli tanlamaydi. Janubda ko’pincha tog’li mintaqalarda, qumloq va daryo sohillarida, botqoqliklarda o’rmon hosil qilgan holda o’sadi.
Oddiy qarag’ay yorug’sevar o’simlik. Uning poyasi tik o’sadi, balandligi 20-40 m. Po’stlog’i qizg’ish qo’ng’ir. Qubbalari qisqargan novdalarda ikkitadan joylashgan, ko’kimtir, novdada uch yilga qadar saqlanadi. Urug’i yordamida ko’payadi. Ularning aksariyat qismi ikki uyli qubbasi mikrosporofil yoki megasporofillar to’plamidan shakllangan.
Bu turkumning Sibirda Sibir qarag’ayi, Karpatda va Alp tog’larida Yevropa qarag’ayi, Qrim va G’arbiy Kavkazda Kavkaz qarag’ayi va boshqa turlari tarqalgan. Oddiy qarag’ayning yog’ochi qurilishda, mebellar tayyorlashda, kemasozlik, vagonsozlik, aviatsiya sanoatida ishlatiladi.
Qarag’ay kurtagi va novdalari tarkibida tarkibida efir moyi, smolalar, achchiq, oshlovchi, C vitamini, karotin, antosian va boshqa moddalar bo’ladi. Tibbiyotda oddiy qarag’ayning kurtagidan, bargi va undan olinadigan efir moyidan hamda tanasini tilib olinadigan smoladan foydalaniladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling