Qaramaqarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi


Download 121.88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi121.88 Kb.
#223182
Bog'liq
Document (56)



Iqtisodiyot nazariyasi  

Talab – bu pul bilan ta‘minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj sotib olish uchun zarur bo’lgan pul bilan 

ta‘minlanmasa, u “xoxish”, “istak” bo’lib qolaveradi.  

Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida bo’ladigan teskari yoki 

qaramaqarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi.  

Talab miqdori va hajmi faqat narxga bog’liq bo’lib qolmasdan, bir qator omillar ham ta‘sir qiladi:  

1. Iste‘molchilarning didi, ya‘ni tovarlar va xizmatlarni sotib olishga yoki olmaslikka moyilligi yoki 

moyil emasligidir.  

2. Bozor iste‘molchilarning soni.  

3. Iste‘molchilarning daromadlari  

4. Bir-biriga bog’liq tovarlarning narxi  

5. Kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli.  

Ana shu omillar o’zgarishi talab hajmining o’zgarishiga qanday ta‘sir ko’rsatishga harakat qilamiz:  

1. Biron-bir tovarga iste‘molchining didida ijobiy o’zgarish ro’y bersa, narxning tegishli darajasida 

unga bo’lgan talab ortadi va aksincha bo’ladi.  

2. Bozorda iste‘molchilar soni ko’paysa, talab ortadi, iste‘molchilarning soni kamaysa talab qisqaradi.  

Masalan, aloqa vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli 

qog’ozlarning oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kamaytiradi hamda aktsiya va 

obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo’lgan talabning o’sishiga olib keladi. Tug’ilish darajasining 

pasayishi bolalar bog’chasi va maktabga bo’lgan talabni kamaytiradi.  

3. Pul daromadi o’zgarishining talab hajmiga ta‘siri boshqa omillarga qaraganda ancha murakkab. 

Daromad yuqori bo’lsa, iste‘molchilar yuqori sifatli tovarlarni xarid qiladilar va aksincha. Masalan, 

non, kartoshka o’rnida go’sht, asal va sut maxsulotlari xarid qilinadi.  

Daromadning o’zgarishi bilan talab miqdori to’g’ri bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar oliy toifali 

tovarlar deyiladi. Daromadlar o’zgarishi bilan talab miqdori teskari bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar 

past toifali tovarlar deyiladi.  

Iste‘molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori o’rtasidagi bog’liqlik 

nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko’ra, 

iste‘molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori o’rtasidagi 

o’zaro bog’liqlik Engel qonuni deyiladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o’sib borishi bilan tovarlar 

ko’proq xarid qilinadi, daromadlar pasaysa (kamaysa) xarid qilish ham pasayadi.  

Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig’i pasayuvchi ko’rinishda bo’lib, daromadlar oshib borishi 

bilan iste‘molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste‘moli daromad 

darajasiga bog’liq bo’lmasa, u xolda Engel egri chizig’i tik holda bo’ladi.  

  

Engel egri chizig’i  



   


4. O’zaro bog’liq tovarlar narxi o’zgarishining talabga ta‘sirini o’rganishda ularning 2 guruhga ajratish 

maqsadida muvofiq bo’ladi:  

1) o’zaro bir-birini almashtiruvchi yoki o’rinbosar tovarlar;  

2) o’zaro bir-birini to’ldiruvchi tovarlar.  

Masalan, sariyog’ narxining oshishi margaringa bo’lgan talabning ortishiga olib keladi. Agar 

avtomobilning narxi oshsa benzindan bo’lgan talab qisqaradi va aksincha bo’ladi.  

5. Kelgusida iste‘molchi daromadlari, tovar narxi o’zgarishining kutilishi va tovarlar miqdorining 

yetarli bo’lishi yoki bo’lmasligi kabi omillar talab hajmining o’zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning 

nisbatan oshishining kutilishi, iste‘molchi jooriy talabining oshishiga olib keladi va aksincha bo’lishi 

mumkin.  

Bozor narxlarining amaldagi darajasida ma‘lum davr oralig’ida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar 

tomonidan tovarlar va xizmatlarning belgilangan miqdorini bozorga chiqarilishi taklif deyiladi.  

Narxning o’zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to’g’ri bog’liqlikdagi o’zgarishi taklif 

qonuni deyiladi.  

Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari boshqa bir qator omillar ham ta‘sir qiladi:  

1. Resurslarning narxi;  

2, Ishlab chiqarish texnologiyasi;  

3. Soliq va subsidiyalar;  

4. Boshqa tovarlarning narxi;  

5. Narx o’zgarishining kutilishi;  

6. Bozordagi sotuvchilarning soni;  

7, Xaridorlarning daromadlari.  

Bu omillarni har birini tushuntirishga harakat qilamiz:  

resurslarga sarf qilinadigan xarajatlar bilan taklif o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjud. Resurs 



narxi pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi. Natijada taklif qilinadigan tovarlar va 

xizmatlar ko’payadi va aksincha bo’ladi. Masalan, mineral o’g’itlar narxini oshib borishi g’alla taklifini 

kamaytiradi.  

texnologiyalarni takomillashuvi mahsulot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga imkon 



beradi. Masalan, paxta zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi 

paxta tolasining miqdorini va sifatini oshiradi, taklifni ko’payadi.  

ko’pchilik soliqlar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi 



ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar 

ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning 

taklifini oshiradi.  

boshqa tovarlar narxlarining o’zgarishi ham mazkur tovar taklifini o’zgartiradi. Masalan, qo’y 



go’shti narxining pasayishi mol go’shti taklifini oshiradi. Aksincha, mol go’shti narxining tushishi qo’y 

go’shti taklifini oshiradi.  




kelgusida mahsulot narxining o’zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi 

kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta‘sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda 

neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.  

tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko’p bo’lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori 



shunchalik ko’p bo’ladi, chunki tovar ishlab chiqarish ko’payadi.  

Taklif hajmining o’zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va tansport-tashish 

imkoniyatlari ham ta‘sir ko’rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo’lmaydigan qishloq xo’jalik va 

oziqovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o’zgaruvchan bo’ladi.  

Qishloq xo’jaligiga yaroqli bo’lgan yerlar cheklangan bo’lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, 

yer taklifini oshirib bo’lmaydi.  

Ijodiy kasb soha xodimlarining (masaln, olimlar, shoirdar, yozuvchilar, musavvirlar va boshqalar) 

mehnat mahsuli va noyob san‘at asarlarining taklifi ham noo’zgaruvchan bo’ladi.  

Talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma‘lum nisbatda bo’ladi va nisbatlar o’zgarib 

turadi. Ba‘zan talab miqdori taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko’tarilsa, ayrim paytda taklif miqdori 

talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib qoladi.  

Talab miqdori bilan taklif miqdori o’rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo’lgan holat bozor muvozanati 

deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi.  

Talab va taklif tushunchalari tahlili, sotuvchi va xaridorlar manfaatlari mos kelishini qarab chiqish 

imkonini berdi, ular o’rtasidagi mos kelishlik o’z ifodasini muvozanatli narxda topadi.  

Talab narxga qandaydir darajada egiluvchan bo’ladi. Masalan, narxning bir foizga o’zgarishi talabning 

necha foizga o’zgarishini ifodaluvchi ko’rsatkich talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi 

deyiladi.  

Talab va taklif tushunchalari tahlili, sotuvchi va xaridorlar manfaatlari mos kelishini qarab chiqish 

imkonini berdi, ular o’rtasidagi mos kelishlik o’z ifodasini muvozanatli narxda topadi.  

Talab narxga qandaydir darajada egiluvchan bo’ladi. Masalan, narxning bir foizga o’zgarishi talabning 

necha foizga o’zgarishini ifodaluvchi ko’rsatkich talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi 

deyiladi.  

Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror 

iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, 

milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha 

taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab 

chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.  

Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. 

Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda N.ni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin 

qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan.   

21-asr boshlaridagi nazariyalar N.ni pulning miqdoriy nazariyasi asosida izoxlab, N.ga harajatlar, 

tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi. N.ni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir 

qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab va 

taklift bogʻliq. N. faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, 

sifati va boshqa tovarlar oʻrnini bosa olishi, muomaladagi pulning harid qobiliyatiga ham bogʻliq. 




Binobarin, N. qiymatdan miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har qanday N.ning asosi boʻlib, 

mahsulotning hayotiy sikli davomida uning N.idagi oʻzgarishlarga katta taʼsir koʻrsatadi. N. miqdori 

harajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga esa teskari 

mutanosiblikda turadi.   

N. qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi va qaysi maqsadni koʻzlashiga qarab bir necha 

turlarga boʻlinadi.  

Erkin bozor N.i (muvozanatli N.) — erkin bozorda sotuvchilar va haridorlar koʻpchilik boʻlganidan 

ulardan hech biri oʻzi xohlagan narxni oʻrnatolmaydi. Bu yerda talab-taklif nis-batiga qarab erkin 

savdolashuv N.i, yaʼni muvozanatli N. yuzaga keladi;   

Monopol N. — monopol bozorda so-tuvchi yoki haridor ozchilik yoxud tanho boʻlganida ular 

xohlagan N. oʻrnatiladi. Bu bozorga zoʻrlab kiritiladigan N. boʻlib, odatdagi N.lardan yuqori boʻla-di va 

monopol foyda olishga xizmat qiladi;   

Ulgurji N. — tovar ishlab chikaruvchilar savdo firmalariga to-varlarni bir yoʻla koʻtarasiga sotishida 

qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo uylarida ham ulgurji N.lar qoʻllanadi; shartnoma N.lari — sotuvchi 

va haridorlarning roziligi bilan belgilanadigan va oʻzaro tuziladigan shartnomada koʻrsatiladigan N. 

Bunday N., odatda, shartnoma muddati amal qila-digan davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq mil-liy va 

xalqaro bozorlarda qoʻllanadi.   

Chakana N. — tovarlar bevosita is-teʼmolchilarga yakkalab sotilgan chogda qoʻllanadi va miqdori 

ulgurji N.dan yuqori boʻladi; Preyskurant N. — haridor uchun bildirgich yoki maʼlumot-noma N. boʻlib 

xizmat qiladi va haqiqiy N. preyskurantlar (koʻrsatkichlar)da eʼlon qilingan N. atrofida boʻlishini 

anglatadi; D otatsiyalangan N. — davlat byudjeti hiso-bidan maxsus arzonlashtirilgan, bozor N.idan 

pastroq qilib belgilangan N., N.dagi farq byudjet beradigan dotatsiya bilan qoplanadi. Bu N.ni oʻtish 

davrida turgan mamlakatlarda davlat aholini ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi;   

Demping N. — bozorda oʻz mavqeini mustahamlash va ra-qiblarni siqib chiqarishda qoʻllanadigan 

maxsus pasaytirilgan N., xalq-aro bozorlarda koʻproq qoʻllanadi.  

Bozor iqtisodiyotida N. bir nechta vazifalarni bajaradi: 1) hisob-kitob va oʻlchov vazifasi —N.  

vositasida qilingan harajatlar, olingan natijaning puldagi miqdori aniklanadi. Harajatlar ishlatilgan 

resurslar miq-orini uning N.iga koʻpaytirish opkali hisoblanadi; 2)ragʻbatlantirish vazifasi — N. ning 

oʻzgarishi ishlab chiqarish hajmini oʻzgartiradi. Talab N.ga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. N. 

pasaysa talab ragʻbatlantiriladi, aksincha, N. oshsa (boshqa shart-sharoit oʻzgarmagan takdirda) taklif 

ragʻbat oladi. N.dagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarga ishtiyoq bagʻishlaydi; 

3)raqobat vositasi vazifasi — N. raqibni bozordan si-qib chiqarish va bozorda oʻz mavqeini 

mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqo-batchilar N.ni oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha 

belgilash or-qali oʻzaro bellashadilar. N. raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi; 4) 

iqtisodiyotni tar-tiblash vazifasi — N. bozor mexanizmidagi asosiy iqtisodiy dastak yoki vosita. N. 

oʻzgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi aniklanadi. Muayyan tovarlar N.ining 

oshishi ularni koʻplab ishlab chiqarish kerakligini bildiradi, aksincha, N.ning pasayishi tovar ishlab 

chiqarishni kamayishi yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. N.ga qarab bozori kasod 

tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarishga oʻtiladi. Bu esa resurslarning 

bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishi-ga, eski soha qisqarib, yangi soxaning tez rivojlanishiga olib 

keladi. N. resurslarni qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi.  

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisida qullanilishi N. tizimini yaratadi. 

Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda joriy va qiyosiy N.lar qoʻllaniladi. Joriy N.lar amaldagi N.lar 



boʻlib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy N.larda maʼlum 

yil asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu N.da hisoblanadi va boshqa yillar bilan 

taqqoslanadi. Joriy N.lar inflyasiya tufayli oʻzgarishi va real iqtisodiy natijani koʻrsatmasligi sababli 

yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shahri k. koʻrsatkichlar dinamikasi qiyosiy 

N.larda hisoblanadi.  

Bozor koʻlamiga koʻra, N.lar xududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor N.lar i ga boʻlinadi. Hududiy 

N. — faqat maʼlum hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi. 

Milliy bozor N.i — bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiya-tini aks ettiruvchi 

N.lardir. Xalq-aro N. — muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning nafliligi jihatidan 

jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xa-lkaro bozordagi talab va taklif nis-batini hisobga 

oladi.  

N.lar farqining miqdoriy ifodasi N. diapazoni deyiladi. N. diapazoni N.lar oraligʻining puldagi 

ifodasidir. N. diapazoni quyi, oʻrta va yuqori N.larni oʻz ichiga oladi. Bu diapazon qanchalik katta 

boʻlsa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, talab bilan N. oʻzaro bogʻlanadi. Iqtiso-diyot 

birbiriga bogʻliq va yagona boʻlga-nidan turli tovarlar va xizmatlar N.lari birbirini yuzaga chikaradi, 

toʻldiradi va oʻzaro taʼsir koʻrsatadi. Ularning har biri oʻzi bilan bogʻliq keyingi mahsulot harajatlarini 

shakllantiradi. Koʻpgina sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurlar (metall, neft, kumir, 

gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar) N.ining oʻzgarishi bozordagi jami N.lar nisbatiga taʼsir 

koʻrsatadi.Narxga ta'sir etuvchi eng qulay omil bu monopoliyadir.Monopolist korxona narxni 

xohlagancha o'ynatishi mumkin.Shunday ekan demping narx psixologik narx bularning hammasini 

monopolist hal qiladi xohlasa qiladi xohlamasa yo'q.Ushbu nazariya Buxoro Davlat Universiteti 

Iqtisodiyot kafedrasi kafedra mudiri Abdullayev.A ga tegishli nazariyadir  

Raqobat — bozor subʼektlari iqtisodiy manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi 

yuqori foyda va koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun kurashni anglatadi.  

Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab 

chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini 

mustahkamlash uchun kurash. P. koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari 

oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi.   

R. isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib, tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, 

yaʼni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon 

va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. R.da ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan 

harajatlarga koʻproq foyda olish, shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, 

yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi. 

R. asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi, 

manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki har bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga 

erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va boshqa barcha sohalardagi faoliyati 

shu manfaatga boʻysundirilgan boʻladi. R. mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovarpul 

munosabatlarining , maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli R.ning 

asosiy sohasi bozor hisoblanadi.  

R. kurash yoʻlini tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom R.ga boʻlinadi. Halol R. bozordagi kurashda 

qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. Firrom R.da 

taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni qalloblik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash, 

iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. 

Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol R.ni tan oladi. R. iqtisodiyotni sogʻlomlashtirib turadi. R.dan 




jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish va uni nazorat qilishda davlat tomonidan qabul qilinadigan 

monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega.  

R. olib borish usuliga koʻra, narx bilan R. va narxsiz R.ga boʻlinadi. Narx bilan raqobatlashuv tovarlar 

yoki xizmatlarni raqiblarga Karaganda foydani vaqtinchalik kamaytirish hisobiga arzon narxda 

sotishni bildiradi (narxdan tashlamalar, ulgurji haridorlarga imtiyozlar va boshqalar), Narxsiz R.ga 

haridorlarni egallash va saqlab turishning narxlarni arzonlashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan har 

qanday qonuniy usullari kiradi (sifatini oshirish, xizmat muddatini uzaytirish, ekologik tozalik, 

xavfsizlik va boshqalar) Oʻz miqyosiga koʻra, R. eng avvalo 2 turga — tarmoq ichidagi va tarmoqlararo 

R.ga boʻlinadi. Iqgisodiy adabiyotlarda tarmoq ichidagi R.ning 4 ta shakli alohida ajralib koʻrsatiladi. 

Bular erkin R., monopolistax R., monopoliya va oligopoliyatrR.ning amal qilishi uchun muayyan 

shartsharoitlar mavjud boʻlishi shart. Bu shartsharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan 

muhitda boʻlishi mumkin. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillarining kuchayib borishi bilan R.  

cheklanadi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish uchun davlat monopoliyalarga qarshi siyosat olib 

boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi, monopoliyaga qarshi 

qonunchiliknn amalga oshiradi.  

Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga 

ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar R. kurashidan gʻolib chiqish 

shartiga aylanadi. Monopoliya R.ga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni 

taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi.  

"Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida"gi (1992 yil 3 avg .) konunga koʻra, narxlarni 

monopollashtirish, bozorda ataylab taqchillik yaratish, R.ning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi. 

"Isteʼmolchilarning huquqdarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi (1996 yil 26 apr.) qonuniga asosan, 

gʻirrom R.ga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan. "Tovar 

bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" (1996 yil 27 dek.) qonunida ham 

sogʻlom R. muhitining huquqiy shartsharoitlari taʼminlab berilgan.  

Davlatning R.ga nisbatan siyosati uning maʼrifatli, madaniy koʻrinishlari va qoidalarini taʼminlashga 

yoʻnaltiriladi. Bunday siyosat ishlab chiqarishni takomillashtirish, mahsulotlarni samarali 

taqsimlashga, texnika va iktisodiy taraqqiyotga yordam beradi, isteʼmolchilarning manfaatlarini 

ximoya qilishga xizmat qiladi.  

Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida xukumat tomonidan iktisodiyotda R. muhitini 

yaratish masalasiga alohida eʼtibor berildi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi 

Oʻzbekistonda ham R. boʻyicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996 yil 15 martda 

Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. 

Keyinchalik, u mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Oʻzbekistonda R.chilik muhitini vujudga 

keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va narxlar erkin qoʻyib yuborildi.  

Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib koʻrsatish mumkin:  

1. 

tartibga solish vazifasi;  



2. 

resurslarni joylashtirish vazifasi;  

3. 

innovatsion vazifa;  



4. 

moslashtirish vazifasi;  

5. 

taqsimlash vazifasi;  




6. 

nazorat qilish vazifasi.  

Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (isteʼmol)ga muvofiqlashtirish maqsadida 

taklifga taʼsir oʻtkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, 

ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga 

erishiladi, yaʼni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.  

Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng koʻp samara 

beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi. Raqobatning 

innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti 

subʼektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli koʻrinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. 

Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional 

tarzda moslashishiga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularning shunchaki oʻzini-oʻzi saqlab, iqtisodiy jihatdan 

yashab qolishidan xoʻjalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga oʻtishini bildiradi. 

Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan neʼmatlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning 

isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita taʼsir oʻtkazadi. Nihoyat, raqobatning 

nazorat qilish vazifasi bozordagi baʼzi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik 

hukmronlik oʻrnatishiga yoʻl qoʻymaslikka yoʻnaltiriladi. Raqobat kurashining mazmuni toʻgʻrisida 

toʻlaroq tushunchaga ega boʻlish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini koʻrib chiqish zarur. 

Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning toʻrtta shakli alohida ajratilib koʻrsatiladi. 

Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.  

Monopoliyaga qarshi qonunchilik — davlatning monopoliyaga karshi kurash siyosati. Dunyo 

tajribasiga koʻra, Monopoliyaga qarshi qonunchilikq., asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha 

shakllandi. Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, 

odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan 

ortigʻini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari 

boshqa korporatsiyalar aksiyalarining maʼlum cheklangan miqdoridan ortigʻiga ega boʻla olmasligi 

belgilab qoʻyiladi. Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past 

turishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarta karshi qonunlar joriy qilinadi.  

Davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati milliy iqtisodiyotida raqobat oddindan shakllanib boʻlgan 

mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga, bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan 

mamlakatlarda esa bu muhitni shakllantirishga qaratilgan. Bozorda monopoliyani oʻrnatishga 

urinishlar va monopol mavqeni suiisteʼmol qilishni taqikdaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun — 

Sherman qonuni AQShda 1890 yilda qabul qilingan. Monopoliyaga qarshi qonunchilikq. va uni 

amalga oshirish uchun zarur boʻlgan choratadbirlar har bir mamlakatda sharoit taqozo etgan 

shakllarda amal qiladi. Rivojlangan barcha davlatlarda sogʻlom raqobat muhitini himoya qilish 

maqsadida turli koʻrinishdagi, monopolistik foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish 

amalga oshiriladi. Mac, AQShda monopoliyaga qarshi davlat siyosati — Federal savdo komissiyasi va 

Adliya departamentining trestlarga qarshi boshqarmasi, Rossiyada — Monopoliyaga qarshi siyosat va 

tadbirkorlikni qoʻllabquvvatlash vazirligi, Yaponiya va Jan. Koreyada — Halol raqobat boʻyicha 

komissiya, Yevropa Ittifoqida esa — Raqobat boʻyicha komissiya tomonidan amalga oshiriladi.  

Oʻzbekistonda monopoliyaga qarshi organ 1992 yil da Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 

Monopoliyaga karshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil qilindi. 1996 yil 15 mayda 

ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzurida Mo-nopoliyadan chiqarish va raqobatni 

rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. 2000 yil 2 avg .da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 

"Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasini 



tashkil etish toʻgʻrisida"gi farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan 

chiqarilib, mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi.  

Oʻzbekiston davlatining raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, 

davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy oʻrin tutadi. 

Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk oʻz egalari qoʻliga topshirilsa, ikkinchidan, koʻp ukladli 

iqtisodiyot va raqobatchilik muxiti vujudga keladi.  

Raqobatni shakllantirishda iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak boʻlgan 

sohalardagi korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan 

xoʻjalik yuritish mexanizmini ishlab chiqarish muhim oʻrin egallaydi. Bu mexanizm davlat korxonalari 

iqtisodiy jihatdan erkin boʻlishini, ularning faoliyati tijoratlashgan boʻlishini nazarda tutadi. Bozor 

iqtisodi-yotiga oʻtish davrida raqobatning asosiy usuli narx boʻlganligi sababli, narxlarni erkin qoʻyib 

yuborish raqobatli muhitni vujudga keltirishning asosiy talabi hisoblanadi. Shu maqsadda  

Oʻzbekistonda "Monopolistik faoliyatini cheklash toʻgʻrisida"gi qonun (1992 yil 3 avg .) qabul qilindi 

hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga karatilgan bir turkum normativ hujjatlar ishlab 

chiqildi. Mazkur qonunga koʻra, bozorda ataylab takchillik yaratish, narxlarni mo-nopollashtirish, 

raqobatchilarning bozorga kirib borishiga toʻsqinlik qilish, raqobatning gʻirrom usullarini qoʻllash man 

etiladi.  

Hozirgi davrda Oʻzbekistonda, agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar 

bozoridagi shunday mahsulotning 35% dan ortiq boʻlsa, bu korxona monopolist korxona sifatida 

Davlat reyestriga kiritiladi (oziqovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% qilib 

belgilangan).  

Respublikada monopoliyalar roʻyxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqeini tartibga 

solishda bir qator usullardan: a) monopol mav-qedagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori 

darajasini yoki rentabellik chegarasini belgilab qoʻyish; b) oʻz monopol mavqeini suiisteʼmol qilgan 

monopolik birlashmalarni bulib tashlash yoki maydalashtirish usullaridan foydalaniladi. Oʻzbekiston 

Respublikasining "Isteʼmolchilarning hu-qukdarini himoya qilish tugʻrisida" (1996 yil 26 aprel) qonuni 

asosida gʻirrom raqobatga, shu jumladan, bozorlarga belgilangan talablarga javob bermaydigan 

tovarlarning kirishiga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan.  

Oʻzbekiston Respublikasining "Tovar bozorlarida monopolistax faoliyatni cheklash va raqobat 

toʻgʻrisida" qonuni (1996 yil 27 dek.) monopolistlar tomonidan hukmronlik mavqeini suiisteʼmol 

qilishning oldini olish va mo-nopoliyadan chiqarish va sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadlarini 

koʻzlaydi. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqdarida raqobat muhitini shakllantirish iqtisodiy jihatdan 

maqsadga muvofiq emas. Bu tarmoqdagi korxonalar, odatda, "tabiiy monopoliyalar" deb ataladi. 

Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida"gi qonunida (1997 yil 25 apr; yangi 

tahrirda 1999 yil 19 avg .) respublikada tabiiy mo-nopoliyalarga nisbatan davlat siyosatining huquqiy 

asoslari belgilab berildi. Oʻzbekistonda iktisodiy islohrtlarning tub mohiyatidan kelib chiqqan holda 

monopoliyalarga qarshi va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilib, ularning 

Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan qonunchilik andozalariga mos kelishi taʼminlab borilmoqda.  

Monopollashgan bozor - ozchilik sotuvchilar va haridorlar hukmron, raqobat cheklangan yoki mavjud 

boʻlmagan bozor. Uning monopol raqobatli, oligopolistik, sof monopoliya bozori turlari bor. Monopol 

raqobatli bozorda firmalar koʻp boʻlganidan ulardan har birining tovarlar sotishdagi hissasi kichik 

boʻladi, natijada ular bozorni cheklangan holda nazorat qiladilar. Ular yashirin kelishuv asosida oʻzaro 

til biriktira olmaydilar, bu bilan mazkur bozor oligopolistik bozor (guruh monopoliyasi)dan farqlanadi.  



Monopollashgan bozorda firmalar mustaqil boʻlganidan oʻz bozorida bir-biri bilan raqobatlashadi. 

Lekin raqobatning asosiy usuli narx bilan raqobatlashuv emas, balki sifat jihatidan bir-biridan 

farqlanuvchi mahsulot bilan bozorga chiqish hisoblanadi. Monopollashgan bozor yangi firmalarning 

kirib kelishi uchun ochiq hisoblanadi. Shu bois bu yerda raqobat cheklanmaydi, aksincha, kengayib 

turadi. Yangi firmalar kirib kelganda taklif koʻpayib, narxlar tushib ketadi, natijada zarar ham 

koʻtariladi. Zarar koʻrganlar bozordan chiqib ketishgach, narxlar oshadi, foyda maksimumlashadi. 

Bunday bozorda tovarlarni mukammallashtirish sotish hajmini oshirib, foyda miqdorini koʻpaytiradi. 

Raqobatda modernizatsiyadan tashqari, reklama ham keng qoʻllanadi. Monopollashgan bozorning  

monopollashuv darajasi amerikalik iqtisodchi A. P. Lerner (1903—1983) indeksi (L) bilan aniqlanadi:P-

Wm bu yerda R — narx; Wm — meʼyoriy harajatlar. Indeks qiymati 0 dan 1 gacha oʻzgaradi. Uning 

qiymati 1 ga kanchalik yaqin boʻlsa, firma monopoliyasi shu qadar kuchli hisoblanadi.  

Yaxshiboyev L 



Download 121.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling