Qaraqalpaq tili pa’ninen. B. Qurbanbaeva
Download 317.05 Kb. Pdf ko'rish
|
qaraqalpaq tili paninen woz betinshe jumislar (1)
20-tapsi’rma. Tekstti qaraqalpaqshag’a awdari’p, so’ylep berin’.
1992-yil mart oyida O’zbekiston va Janubiy Koreya o’rtasida diplomatik aloqa o’rnatildi. 1992-yil 19-iyunda O’zbekiston Prezidenti I.Karimov Janubiy Koreya Respublikasiga davlat tashrifi bilan bordi. Bu safar ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy, savdo, madaniy-texnikaviy aloqalarga asos soldi. O’zbekiston bilan Janubiy Koreya o’rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik asoslari to’g’risida deklaratsiya imzolandi. Savdo-iqtisodiy ayirboshlash haqida, O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga mablag’ sarflaydigan Janubiy Koreya ishbilarmonlariga beriladigan kafolatlar haqida bitimlar tuzildi. Madaniyat, maorif, ommaviy axborot, sayohat, sport sohalarida bahamjihat hamkorlik qilishning uzoq muddatga mo’ljallangan rejalari belgilab olindi. Janubiy Koreyadagi DEU Korporatsiyasi rahbariyati bilan Asaka avtomobil zavodi qurishga kelishildi. 1992-1996-yillarda «O’zDEU avto» O’zbekiston-Janubiy Koreya 21
qo’shma avtomobil zavodini loyihalashtirish va qurish ishlari amalga oshirildi. Zavod 1996-yil 25-mart kuni avtomobil ishlab chiqarishni boshlab yubordi. O’zbekiston Sharqning eng rivojlangan mamlakati Yaponiya bilan ham hamkorlik qilmoqda. 1994-yili 16-19-may kunlari O’zbekiston davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo’ldi. Safar paytida O’zbekiston bilan Yaponiya o’rtasida munosabatlarning asosiy printsiplari haqida qo’shma bayonot, tashqi ishlar bo’yicha munosabatlar haqida hujjat imzolandi. O’zbekiston delegatsiyasi mashhur Panasonik kontsernida bo’ldi va uning rahbariyati bilan O’zbekistonda filial ochishga kelishildi. Respublikamiz shaharlarida Panasonik mahsulotlarini sotish yo’lga qo’yildi. O’zbekistonda Yaponiyaning dunyoga mashhur «Mitsui va KO, LTD», «Sumitoto korpereyshn», «Tomen korpereyshn», «Chori» kabi kompaniyalarining doimiy vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Ular bilan O’zbekiston tashqi iqtisodiy vazirligi o’rtasida hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolangan. Yaponiya hukumati Kukdumaloq neft- gaz kondensati konini o’zlashtirishda, Buxoroda neftni qayta ishlash zavodini qurishda, Farg’ona neftni qayta ishlash zavodini ta’mirlashda, telealoqa tarmoqlarini ta’mirlashda o’z sarmoyalari bilan qatnashmoqda. Faqat 1994-yili 40 nafardan ortiq yoshlar Yaponiyada malaka oshirib qaytdilar.
Download 317.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling