Qaraqalpaq tili pa’ninen. B. Qurbanbaeva
Download 317.05 Kb. Pdf ko'rish
|
qaraqalpaq tili paninen woz betinshe jumislar (1)
22-tapsi’rma. Tekstti woqi’p qaraqalpaqsha so’ylep berin’.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993-yil yanvar oyida Yoshlar siyosati bo’yicha Qonun qabul qildi. Viloyat hokimliklari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi 1992-yil 4-dekabrdagi 568-sonli qarori asosida viloyatlarda va tumanlarda yoshlar ishlari bo’yicha hokimlar raisligida Kengashlar tuzildi. Toshkent viloyatida yoshlar siyosatiga oid Dastur qabul qilindi. Yosh ijodkorlarning uy-joy sharoitini yaxshilash uchun hokimlik 82 xonali uyni yosh ijodkorlarga foydalanishga berdi. Qoraqalpog’iston, Xorazm, Qashqadaryo, Namangan va Buxoro viloyatlarida ham yosh ijodkorlarga uy-joy berildi. Bular mamlakatimizda yoshlarga ko’rsatilgan g’amxo’rlikning yorqin ifodasi. Biroq ta’lim sohasida qoloqlik, zamonaviy va taraqqiy topgan davlatlar talablariga javob berolmaslik sezilmoqda. 9-sinfni bitirayotgan 450 ming nafar bolalarning 100 mingga yaqini ta’lim-tarbiya jarayonidan chetlashib qolmoqda. Shu boisdan 1997-yili 29- avgustda Oliy Majlis «Ta’lim to’g’risida» Yangi qonun va «Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur» qabul qildi. O’zbekistonda 12 yillik majburiy ta’lim joriy qilindi. 9 sinfni bitirgan yoshlar uch yillik akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlariga jalb qilinadigan bo’ldi.
24
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va milliy dastur ta’lim tizimini tubdan isloh qilishni taqozo etadi. Islohotlar bosqichma-bosqich o’tkaziladi. Birinchi bosqich o’tish davri bo’lib, u 1997-2001–yillarda davom etadi, ta’limning rivojlanishi uchun huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moddiy shart-sharoitlar yaratiladi. Ikkinchi bosqich 2001-2005–yillarni o’z ichiga oladi va milliy dastur to’liq amalga oshiriladi. Uchinchi bosqich 2005 va undan keyingi yillarga mo’ljallangan bo’lib, unda to’plangan tajribalarni tahlil etish asosida kadrlar tayyorlash tizimi yanada takomillashtiriladi va rivojlantiriladi. O’zbekistonda uzluksiz ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladigan bo’ladi: maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus ta’lim va kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim.
Download 317.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling