64-shi’ni’g’i’w. Tekstti qaraqalpaqshag’a awdari’n’. Ga’ptin’ bas ag’zalari’n tabi’n’.
Qaysi’ so’z shaqabi’nan bolg’ani’n ayti’n’.
ONA TABIATNI ASRASH
Inson tabiatning ajralmas qismi. Qadim zamonlarda ham odamlar yashash uchun
zarur bo’lgan hamma narsalarni ovqat, suv, turar joy, kiyim-kechaklarni tabiatdan
olishgan. Ular tuproqqa ishlov berib, o’simlik yetishtirishni o’rganishgan. Yovvoyi
hayvonlarni qo’lga o’rgatishgan. Yer tagidan foydali qazilmalarni qidirib topishgan.
Jamiyat rivojlanib borgan sari odamda tabiat boyliklaridan tobora ko’proq foydalanish
ehtiyoji paydo bo’la bordi. Qishloq xo’jaligi ekinlari yetishtirish, binolar qurish uchun
yangi yerlardan ko’proq foydalanildi. Natijada o’rmonlar kesilib o’tloqlar qisqardi.
Qurg’oqchilik rayonlarida yangi yerlarni o’zlashtirish uchun tobora ko’proq suv ishlatildi.
Odamlar tabiat boyliklari aslo tugamaydi, uning xazinasidan nimani va qancha
istasang olaverishing mumkin, deb uzoq vaqtgacha xayol qilib keldilar. Lekin bu katta xato
edi. Odamlar buni keyin tushunib qoldilar. Sayyoramiz tabiatidan o’ylamay - netmay
foydalanish uni falokatga olib kelmoqda, talaygina hayvonlar yo’qolib bormoqda, toza va
musaffo havo ifloslanib bormoqda.
53
Do'stlaringiz bilan baham: |