51-tapsi’rma. Tekstti qaraqalpaqshag’a awdari’n’ ha’m mazmuni’n so’ylep
berin’.
O’SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH UMUMXALQ VAZIFA
O’simliklar hayot manbasi. Tirik organizm hayotini o’simliklar dunyosisiz ko’z
oldimizga keltirib bo’lmaydi.
Haqiqatdan ham Hadisda aytib o’tilganidek o’simliklar sababli «Dunyo yam-yashil va
go’zal». Odamlar o’simliklarda paydo bo’lgan organik moddalar bilan oziqlanadi. Yashil
o’simliklar yaprog’i bilan har xil changlarni tutib olib, odam organizmiga katta paydo
beradi. Shuning uchun ham o’simliklarni «Salomatlik himoyachilari» deb atashadi.
O’simliklar odam uchun havo, oziq - ovqat, kiyim-kechak, dori-darman, qurilish
materiallari, uy-ro’zg’or buyumlari, rang beruvchi bo’yoqlar, efir moylari, chigit,
shuningdek, xalq xo’jaligining turli sohalari uchun xom ashyo mahsuloti bo’lib hisoblanadi.
Shuning uchun ham ularni ko’z qorachig’idek avaylab - asraylik. Hozirgi vaqtda ko’pchilik
odamlar tabiatdan ayovsiz foydalanib, uning tabiiy ko’rinishini butunlay o’zgartirib asrlar
davomida shakllangan muvozanatni buzib yubormoqda. Tabiat, ayniqsa, uning o’simlik
turlari himoya qilinmasa, bebaho boyliklardan ayrim o’simlik turlaridan butunlay ayrilib
qolishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |