Qaraqalpaqstan Respublikasi Qaraqalpaqstan
Download 166.49 Kb.
|
QARAQALPAQTSAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xo`jaligining asosiy tarmoqlari
Aholisi. Aholining 1/3 qismini o'zbeklar, deyarli yana shuncha qismini qoraqalpoqlar, qolganlarini qozoqlar, turkmanlar va boshqa millat vakillari tashkil etadi. Hozir respublikada 730 ta umumiy ta'lim maktablari bo'lib, ularda 343 mingdan ortiq o'quvchi ta'lim olmoqda. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida minglab mutaxassislar tayyorlanmoqda. Nukusda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining filiali va bir qancha ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Qoraqalpog'istonda olimlarning katta guruhi yetishib chiqdi. Ular fan va milliy iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat ko'rsatmoqda. Jumladan, qishloq xo'jaligi sohasida sug'orishning yangi usullarini ishlab chiqmoqda.
Xo'jaligi. Qoraqalpog'iston Respublikasi xo'jaligining asosi agrosanoat majmuidan iborat. Bu yerda obikor dehqonchilik mehnat va mablag'ni ko'proq talab etadi. Jumladan, Amudaryo mansabida sug'orish kanali qazilishi suv bosib ketishidan saqlovchi dambalar va botqoqliklarni qurituvchi zovurlar qazishga majbur etgan. O'tgan yillarda irrigatsiya tarmoqlari qayta qurildi hamda kengaytirildi. Qizketgan, Paxta-arna kabi yangi kanallar qurildi. Amudaryoning har ikkala qirg'og'i bo'ylab cho'zilib ketgan toshqinga qarshi dambalar barpo etildi. Ulkan gidrotexnika inshooti - Taxiatosh gidrouzeli 1973-yilda ishga tushirildi. Qoraqalpog'iston ekin maydonining katta qismida paxta va g`alla yetishtiriladi. Paxta respublikaning Mo'ynoq tumanidan bo'lak hamma tumanlarida yetishtiriladi. Amudaryo mansabida beda va sholi yetishtirish qulay. Qoraqalpog'iston O'zbekistondagina emas, balki O'rta Osiyoda urug'lik beda yetishtiradigan eng yirik mintaqadir. Beda urug'ining Qoraqalpog'iston navi eng sifatli hisoblanadi. G'alla ekinlaridan sholi, oqjo'xori va makkajo'xori ko'p ekiladi. Sholikorlik katta o'rin tutadi. O'zbekistondagi sholi maydonlarining 33 foizdan ko'prog'i Qoraqalpog'istondadir. Qishloq xo`jaligining asosiy tarmoqlari: sholichilik, paxtachilik, polizchilik, qo`ychilik. Chorvachilik Qoraqalpog'iston Respublikasi xo'jaligining muhim tarmog'idir. Keng yaylovlar va Amudaryo mansabidagi o'tloqlar chorvachilikning qadimdan yem-xashak bazasi bo'lib kelgan. Mollarni boqish uchun beda, makkajo'xori va oqjo'xoridan tashqari, paxta tozalash, yog', sut-moy sanoati korxonalari chiqindilaridan ham foydalaniladi. Cho'l yaylovlarida yil bo'yi qorako'l qo'ylari boqiladi. Cho'ldagi xo'jaliklarda qisman tuya ham boqiladi. Qoramollar obikor dehqonchilik mintaqalarida - Amudaryo mansabida sut, go'sht uchun boqiladi. Otlar ko'p emas. Qoraqalpog'istonda parranda, ayniqsa suv parrandalarini ko'paytirish uchun keng imkoniyat bor. To'rtko'l tumanida xo'jaliklararo parrandachilik fermasi barpo etildi. Pillachilik To'rtko'l va Amudaryo tumanlarida rivojlangan. Bu ikki tuman respublikadagi jami pillaning 80 foizini beradi. Download 166.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling