Qardupining bts201-guruh talabasi Xudoyarova Farangizning ona tili fanidan tayyorlagan 2-taqdimoti


Download 109,64 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi109,64 Kb.
#1198267
Bog'liq
2-mustaqil ish

QaRDUPIning BTS201-guruh talabasi Xudoyarova Farangizning ona tili fanidan tayyorlagan 2-taqdimoti

Mavzu:Yordamchi so’zlar:ko’makchilar,asl ko’makchilar

Yordamchi so’zlar

  • So’zlar ma’lum so’roqqa javob bo’lishi yoki bo’lmasligi, atash ma’nosining mavjudligi yoki mavjud emasligiga, gapda ma’lum gap bo’lagi vazifasida kelish kelmasligiga ko’ra mustaqil va yordamchi so’zlarga bo’linadi.
  • Atash ma’nosiga ega bo’lgan so’zlar yoki ular o’rnida qo’llanilib, ma’lum so’roqqa javob bo’luvchi va gapda ma’lum gap bo’lagi vazifasida keluvchi so’zlar mustaqil so’zlar sanaladi.
  • Atash ma’nosiga ega bo’lmagan,ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan va gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlar yordamchi so’zlar hisoblanadi.

Yordamchi so’zlar

Yordamchi so’zlar mustaqil so’zlarni yoki gaplarni bir-biriga bog’lash,ularning ma’nolariga qo’shimcha ma’no yuklovchi so’zlardir


Ko’makchilar
Ot
Ko’makchilarning

Ko’makchilar


Ko’makchilar
Ko’makchilar

Ko’makchilar


Ko’makchi
Izoh:Bog’lovchining

Ko’makchilarning mustaqil ma’nosini yo’qotish darajasiga ko’ra turlari


Asl(sof) ko’makchilar
Vazifadosh ko’makchilar

Asl ko’makchilar


sss
Atash ma’nosini tamoman yo’qotib, faqat o’zi birikkkan so’zni boshqasiga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan ko’makchilar sof (asl) ko’makchilardir
Sof ko’makchilarga bilan, uchun, kabi,sari, singari, sayin, uzra, qadar, yanglig’, haqida, tufayli kabi ko’makchilar kiradi.
Sof ko’makchilar urg’u olmaydi

Sof ko’makchilar

“Yulduzli tunlar” asarida qo’llanilgan ko’makchilar

1.Andijon arkida mulla Fazliddin samoviy naqshlar va koshinlar bilan bezab qurgan devonxona tojdor Umarshayx mirzoga ma’qul bo’lgandan keyin unga to’bichoq ot va bir hamyon oltin in’om qilganini Tohir ham eshitgan.

  • 2.Robiya ko’zaga qarab suvga kelganini esladi va uni to’ldirib, uylari tomon ko’tarib ketdi.
  • 3.Ro’zadorlar kunni qanday kech qilishlarini bilmay, tezroq qosh qorayishini intizorlik bilan kutishardi.
  • 4.Lekin yoz oqshomi iliq bo’lganligi uchun kiyim almshtirish esiga tushmadi.
  • 5.Yo’lda qattiq toliqqanligi uchun durust ovqat ham yemadi.
  • 6.Tohir qopdagi po’lat sandiqni aravakash bilan ko’tarishib uyga olib
  • Kirishdi.

  • 7. Andijon qo’rg’onidan nechun sizga joy bermadilar?
  • 8. Urushning alg’ov dalg’ovida tobora bo’yni yo’g’on bo’lib ketayotgan bebosh beklar esiga tushgani sari ko’ngli bezovta bo’lardi.
  • 9.Agar Xonzoda begimning surati haqida siz aytgan gapni podshoh hazratlari bilib qolsalar,nima bo’lishini o’ylaysizmi?

    10.Ahmadbekdek, mendek jangovor beklar uchun podshoh hozir sizdeklardan qanchasining bahridan o’tur

Badiiy asardan misollar

  • 11.Bobur tashakkur aytib, minora zinapoyasiga tomon yo’naldi.
  • 12.Kuz iliq kelgani uchunmi,Hirot tojdorlari hali ham qal’a tashqarisidagi bog’larda yashamoqda edilar.
  • 13.Hirot xavf ostida turgan og’ir bir vaziyatda shunchalik xushchaqchaq bazm o’tkazilayotganligi boburdan ham ko’ra Qosimbekning g’ashini keltirmoqda edi.
  • 14.Bu shirakayf shoh bilan endi muzokara qilib bo’lmas.
  • 15.Zunnunbek o’siq qoshlarini dikkaytirib, ko’zlarini Boburga qat’iyat bilan tikdi.
  • 16.Shuning uchun ortiqcha tashvishu tahli kaga o’rin yo’q…
  • 17.Uy to’rida Bobur bilan suhbatlashib o’lturgan kishilarni mavlono bir qarashda tanidi.
  • 18.Bir vaqtlar Alisher Navoiy kabi odamga maxfiylarni yuborib qo’ygan podshohlar Boburning ketiga ham odam qo’ygan bo’lishlari mumkin edi.
  • 19.Ularga buni so’z bilan emas, faqat shamshir bilan uqtirish mumkin.
  • 20.Buni ularga so’z bilan uqtirish imkondan xoli!

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 109,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling