Qarilik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari
Qarilik davriga 75—90 Yoshdagi erkak va ayollar (buva va buvilar) kiradi va bunday odamlarning boshqa Yosh davrlaridagi odamlardan keskin farqlanadigan xususiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Keksalarni jismoniy va aqliy faollikka moyil hamda passiv turmush tarziga ko‘nikkan qariyalar guruhlariga ajratish mumkin. Ijtimoiy faollik faxriylar jamoasida, kasbiy jamoalar faoliyatida qatnashishda o‘z ifodasini topadi.
Qarilik davrida foniy dunyodan umidsizlik tuyg‘usi paydo bo‘ladi va bu hol faollikni, istiqbol rejalarini tuzishga intilishni susaytiradi. Lekin "O‘g‘limni uylantirsam, dunyodan armonim yo‘q" qabilidagi mulohazalar doimiy odatga aylanib qolgan. Keksalikning ikkinchi muhim xususiyati betobliqda vasiyat qilish, qarindosh-urug‘lardan rozi-rizolik tilashidir. Jismoniy harakat imkoniyatiga ega bo‘lgan qariyalar mehnat qilishga intila- dilar, biroquning mahsulidan ko‘ngillari sira to‘lmaydi. Ular tarixiy voqealarni tirik guvoh sifatida batafsil bayon qilib beradilar. Nutqdagi juz’iy kamchiliklarni hisobga olmaganda (ayrim mantiqiy bog‘lanishdagi nuqson, talaffuzning buzilishi) keng ko‘lamdagi axborotlarni o‘zgalarga uzatish imkoniyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |