Qarmii texnologiya fakulteti kt 176-17 guruh talabasi Elmurodov Sirojiddinning


Savol 4: Kristallanish usullari haqida nimalarni bilasiz?


Download 0.67 Mb.
bet2/2
Sana20.05.2020
Hajmi0.67 Mb.
#108282
1   2
Bog'liq
2 5334991371868571610 10-10 pdf


Savol 4: Kristallanish usullari haqida nimalarni bilasiz?

Javob 4: Sanoat miqyosida quyidagi kristallanish usullaridan foydalanadi: eritmalardagi erituvchining bir qismini bug`latish; eritma temperaturasini o’zgartirib kristallash; kombinastiyalangan usullardan foydalanib kristallash. Eritmadagi erituvchining bir qismini bug`latib kristallash. Erituvchining bir qismini yo’qotish uchun bug`lanish yoki muzlatish usulidan foydalanish mumkin. Eritma tarkibidagi suvni haydash uchun bug`lanish keng ko’lamda ishlatiladi. Odatda bu jarayon bug`latish qurilmalarida amalga oshiriladi. Kerakli darajadagi o’ta to’yingan eritma hosil bo’lgandan keyin, u shu qurilmada kristallanadi. Ushbu usul izotermik kristallanish deb ataladi. Bu usulning kamchiliklari: hosil bo’layotgan kristallar issiqlik almashinish yuzalariga yopishib qoladi; boshlang`ich eritma tarkibidagi aralashmalar ham quyuqlashadi. Qurilma ichida qattiq moddalar yopishib yoki cho’kib qolmasligi uchun eritmaning sirkulyatsiya tezligi ko’paytiriladi. Kristallarni ajratish va yuvish filtr yoki tsentrifugalarda o’tkaziladi.

Eritma temperaturasini o’zgartirib kristallash. Bunday usul izogidrik kristallash deb nomlanadi, chunki bu jarayon eritmada erituvchi miqdori o’zgarmas bo’lgan holatda olib boriladi. Kimyo sanoatida musbat eruvchanlikli tuzlarni kristallash juda keng tarqalgan. Bunday eritmalarning o’ta to’yinishiga uni sovitish yo’li bilan erishiladi. Jarayon davriy yoki uzluksiz, pog`onali joylashgan bir yoki ko’p korpusli qurilmalarda olib boriladi. Sovutuvchi eltkich sifatida suv ishlatiladi. Havo yordamida sovutilganda jarayon nisbatan sekin boradi, lekin yirik va bir jinsli kristallar hosil bo’ladi. Manfiy eruvchanlikli eritmalarni kristallash uchun eritma qizdirilishi zarur. Kombinastiyalangan usullarga vakuum ostida, erituvchining bir qismini issiqlik eltkich yordamida bug`latib kristallash va frakstiyali kristallashlar kiradi.

Vakuum ostida kristallash. Bu usulda erituvchi devor orqali issiqlik uzatish yo’li bilan bug`latilmasdan, balki eritmaning o’z fizik issiqligini berish hisobiga ro’y beradi. Hosil bo’layotgan bug`lar vakuum -nasos yordamida so’rib olinadi. Uzatilayotgan issiq to’yingan eritma temperaturasi qurilmadagi bosimga tegishli eritmaning qaynash temperaturasigacha pasayadi va jarayon adiabatik kechadi. Eritmaning o’ta to’yinish holatiga uni sovutish yo’li bilan erishiladi, chunki konstentrastiya bunda sezilar - sezilmas o’zgaradi. Erituvchi eritmaning fizik issiqligi hisobiga, hamda kristallanish jarayonida ajralib chiqayotgan issiqlik hisobiga bug`lanishi mumkin. Eritmaning sovitish va kristallanishi bilan birga bug`lanishi uning butun hajmida sodir bo’ladi. Bunday holat qurilma devorlarida kristallar yopishib qolishini kamaytiradi, hamda uni tozalash bilan bog`liq sarflar qisqaradi.

Erituvchining bir qismini issiqlik eltkich yordamida bug`latib kristallash. Bunday usulda erituvchining bir qismi eritma ustida harakatlanayotgan havo yordamida bug`lanadi va eritma sovutiladi.

Fraktsiyali kristallash. Agar eritma tarkibida ajratiladigan moddalar bir nechta bo’lsa, uni fraktsiyali kristallash usulida qayta ishlanadi. Bu usulda eritma temperatura va konstentrastiyasini o’zgartirish yo’li bilan kristallar ketma - ket cho’ktiriladi va ajratib olinadi.

E'tiboringiz uchun rahmat.
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling