"Qaro koʻzum…" Alisher Navoiyning olimlar, shoirlar tomonidan eng koʻp va xoʻb oʻrganilgan gʻazallaridan biridir


Download 20.77 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi20.77 Kb.
#999798
Bog'liq
g\'azal tahlili va ijrochiligi


“Qaro koʻzum…” Alisher Navoiyning olimlar, shoirlar tomonidan eng koʻp va xoʻb oʻrganilgan gʻazallaridan biridir. Ushbu gʻazal tahliliga oid Erkin Vohidov, Matyoqub Qoʻshjonov, Alibek Rustamov, Ismatulla Abdullayev, Najmiddin Komilov, Abdulla Aʼzamov, Boyboʻta Doʻstqorayev, Ismoil Bekjonov va kaminaning maqolalari eʼlon qilingan. Gʻazalning oʻquv adabiyotlaridagi tahlillari ham mavjud boʻlib, unda asarning toʻliq matni qamrab olingan. Gʻazalning ayrim baytlari yoki baʼzi xususiyatlarini tahlilga tortgan maqolalar ham bor. Masalan, Ibrohim Haqqulovning “Qaro koʻzum, kelu…” (Bir bayt tahlili) maqolasi shular jumlasidandir. Tahlillar xronologiyasiga nazar solsak, birinchi maqola Ismatulla Abdullayev tomonidan 1975 yil 22 oktyabrda “Toshkent oqshomi” gazetasida “Mashhur gʻazallar tahlili” ruknida chop etilgan. Shu hisobdan kelib chiqsak, “Qaro koʻzum…” gʻazalining badiiy jihatlarini oʻrganish 40 yillik tarixga ega.
Gʻazal haqidagi fikrlar rang-barang boʻlib, keyingi davrlardagi tahlillar tasavvufiy talqinlar bilan bogʻliq ravishda bahs-munozara tarzida yuzaga chiqqan. Bu bir gʻazalning mavzusi, mazmuni, obrazlari, lirik qahramoni, muallif dunyoqarashiga oʻnlab olimlarning turlicha nuqtai nazardan yondashuvlari, baʼzan obʼyektiv, baʼzan esa subʼyektiv baho berishlari mahsulidir. Bugun ana shu tahlillarni qiyosiy analiz qilish, umumlashtirish, sintezini yaratish mavridi keldi. Ammo, bu gʻazal tahlili shu bilan yakunlanadi, oxirgi va qatʼiy hukm chiqariladi, degan gap emas. Tahlil natijalarini umumlashtirish fikrlarni oydinlashtiradi, yangicha qarashlarga yoʻl ochadi va tadqiqot keyingi bosqichda davom etaveradi, degan umiddamiz.
“Qaro koʻzum…” gʻazalining birinchi tahlili 1975 yilda yaratilgan boʻlsa, oʻn yillik tanaffusdan keyin, 1986 yildan avj nuqtaga koʻtarilgan. Birin-ketin bir necha jiddiy ilmiy tadqiqotlar maydonga kelgan. Nima sababdan Navoiyning 2700 dan ortiq gʻazali orasidan aynan mazkur gʻazaliga ilmiy-ijodiy jamoatchilik bu qadar alohida va katta eʼtibor qaratgan? Bu juda qiziqarli jumboq. Gʻazal yuksak badiiy sanʼat darajasida yozilgani, ayni paytda maqom ohanglaridan “Ushshoq” kuyiga solinib, eng mahoratli hofizlar tomonidan oʻta dardli ijro etilgani uchun keng xalq ommasining mehrini qozongan va shoiru olimlarning diqqat-eʼtiboriga sazovor boʻlgan. Gʻazal tahlillarining qizgʻin tus olishi va yuqori sifat darajasiga koʻtarilishi erkin ilmiy-ijodiy fikrga keng yoʻl ochilgan, mafkuraviy gʻovlar olinib, tasavvuf taʼlimotini oʻrganish imkoniyati tugʻilgan Istiqlol arafasi va Mustaqillik yillariga toʻgʻri keladi.
Dunyoqarashi, nuqtai nazari, sifat va saviyasi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, “Qaro koʻzum…” gʻazali tadqiqi yoʻlida yuzaga kelgan har bir tahlil ilm uchun qadrli. Oʻndan ortiq tahlil mualliflari gʻazal mazmuni va badiiyatini yuzaga chiqarishda fikriy jihatdan hamjihat. Biz ushbu tadqiqotda mavjud imkoniyat doirasida gʻazal tahlillari sintezining ayrim qirralari haqida xulosalarni bayon etamiz, xolos.
Avvalo, gʻazalning barcha tahlillarida “Xazoyin ul-maoniy”dagi mukammal 8 baytli matn asos qilib olingan. “Ilk devon”dagi 7 baytli shaklga eʼtibor berilmagan. Hatto, Abdulla Aʼzamov bunday fikr bayon etgan: “Xazoyin ul-maoniy” devonlaridagi barcha gʻazallar toq sondagi baytlardan tashkil topgan… Yanglishmasak, birgina “Qaro koʻzum…” sakkiz bayt. Bu taajjubli holat, albatta. Uni faqat shunday izohlash mumkin: gʻazal ilhomning bir epkini bilan tugʻilgan va shu holatda qogʻozga bitilgan; unga turtki bergan hodisa Navoiy uchun aziz xotirot boʻlgan boʻlsa kerak, toʻqqiz baytga toʻldirishni lozim topmagan”[1]. Holbuki, “Satrlar silsilasidagi sehr” nomli kitobda gʻazalning toʻliq matni “Ilk devon”dagi 7 baytli holati bilan qiyosiy tahlil etilgan va asarning ijodiy evolyusiyasi yoritilgan. “Ilk devon”da boʻlmagan, maqtadan oldingi “Firoq togʻida topilsa tufrogʻim, ey charx, Xamir etib yana ul togʻda koʻhkan qilgʻil” bayti shoir shuurida kechgan ijodiy ishlov jarayoni mahsuli sifatida “Badoyeʼ ul-bidoya” devonini tartib berish chogʻida Navoiyning oʻzi tomonidan kiritilgani aniqlangan edi[2].
Ikkinchi muammo, gʻazaldagi tasvir va ifoda tasavvufiymi yoki dunyoviymi ekanligi boʻlib, bunda deyarli barcha mualliflar majoziy ishq bilan haqiqiy ishq uygʻun tasvirlangan degan nuqtai nazarda yakdil turadilar. Ammo, ayrim olimlar tahlillarida Navoiy faqat ishqi ilohiyni kuylagan, Navoiyda dunyoviy muhabbat umuman boʻlmagan, degan nuqtai nazar ham mavjud. Nazarimizda, ushbu masalada Najmiddin Komilovning quyidagi fikrlari mezon boʻlishi lozim: “Navoiy mansub boʻlgan naqshbandiya taʼlimoti qanoat va tiyilishni talab etsa-da, biroq dunyo goʻzalligidan huzurlanishni ham nazardan soqit etmaydi. Negaki, modomiki real dunyo Mutlaq ruh inʼikosi ekan, demak, uni sevish va undan bahra olish mumkin. Shu asosda insonning insonga muhabbati ham tabiiy va zaruriy deb topilgan, yaʼni majoziy ishq orqali ilohiy ishqqa qarab borish. Navoiy oʻzini ana shu “ishqi majoziy” kuychilari sirasiga kiritadi. Darhaqiqat,… sof tasavvufiy maʼnoda va “ishqi haqiqiy”ni vasf etuvchi asarlar Navoiy ijodida asosiy oʻrinni egallamaydi”[3].
Ushbu muammo, “Qaro koʻzum…” gʻazalida, Navoiy nazarda tutgan lirik qahramon va boshqa badiiy obrazlar talqinida ham namoyon boʻladi. Alibek Rustamov “Adiblar odobidan adablar” nomli kitobida chop etilgan “Qora koʻz kim?” sarlavhali sharhida “Navoiyning manzurini yigit emas, qiz deb tushuntirish, inson emas, Xudo deb talqin etish nomaʼqul”, deb hisoblaydi. Uningcha, “Hech kim, jumladan, Navoiy shaklsiz oliy vujudga “qorakoʻzum” deb murojaat qilmaydi, undan inson qiyofasiga kirishni talab qilmaydi va uning “yuzidagi ter”ni koʻrib oʻlmaydi”. Navoiyning tasvir obʼyekti Xudo emas, balki inson degan fikrga qoʻshilish mumkin. Lekin mana bu fikr munozarali: “Endi Navoiyning bu gʻazalidagi manzuri yigitmi, qizmi degan savolga yigit deb javob berishimiz kerak boʻladi. Chunki it bilan oʻqdan uning ovchiligi maʼlum. Uning yigitligini tan olmaslikka harakat qilish Navoiyning ishqi maʼnaviy ishq ekanligini hisobga olmaslik natijasidir”[4]. Navoiyning maʼshuqi obrazi ovchi yigit boʻlsa, “Sochingni boshdin-oyoq chin ila shikan qilgʻil” misrasini qanday tushunish kerak? Abdulla Aʼzamov ham bu talqinga tanqidiy yondashib, Navoiyning manzuri yigit boʻlsa, nima uchun buni “yigit” radifli gʻazallaridagidek aniq ifodalamagan, deya savol qoʻyadi va quyidagi xulosani bayon etadi: “Gʻazalning maqsadi – konkret jinsli va yoshli maʼshuq emas, umumlashtiruvchi (abstrakt) manzur siymosiga murojaatdan iborat”[5]. Alibek Rustamov talqinida “maʼnaviy ishq” tushunchasi “doʻstlik” tushunchasi bilan chalkashtirib yuborilgan. Doʻstlik, piru muridlik, ustoz shogirdlik munosabatlari ishq emas, balki batamom boshqacha tushuncha. Ularni insoniy mehr, ixlos, havas, sadoqat bogʻlab turadi, zinhor ishq-muhabbat emas. Har bir tuygʻuni oʻz nomi bilan ifodalagan maʼqul, toki Navoiyning pok va porloq shaxsiyatiga ham, tasavvufiy ishq namoyandalariga ham maʼnaviy zarar yetmasin.
Boyboʻta Doʻstqorayev “Hurriyat” gazetasining 2009 yil, 22 iyul sonida eʼlon qilgan “Alisher Navoiyning “Qaro koʻzum”i kim boʻlgan?” sarlavhali maqolasida “qaro koʻz”ni “oʻlim farishtasi – Azroil obrazi” deya talqin etadi. Uning sharhida: Navoiy “Azroilni manzura, mahbuba tarzida ifoda etadi… Gʻazalning mehvari boʻlgan fikr ham “oʻlim falsafasi”dir”, degan xulosani bayon etadi. Olim har qancha samimiy, maroqli tahlil yaratmasin, bu fikr ham ishonarli emas.
Ayrim tahlillarda Navoiyning gʻazaldagi manzuri komil inson, piri murshid ekanligi gʻoyasi ilgari surilsa ham, shoirning oʻzi kimga ishora qilinayotganini aniq ifodalamaganligi sababli, bu fikr ham mavhum va taxminligicha qoladi. Zotan, bunday tahlil mualliflari ham “komil inson”, “piri murshid” deganda erkak kishini nazarda tutganlar.
Tahlillarda boshqa badiiy obrazlar – koʻz, it, ot, soch, gulob, boshogʻliq oʻq – atrofida ham qizgʻin munozara kechgan. “Itingga gʻamzada jon rishtasin rasan qilgʻil” misrasidagi “it”ni – “ovchi yigitning iti” deya talqin etishga asos yoʻq. It faqat ovchida boʻlmaydi. Bu nuqtai nazardan kelib chiqsak, boshqa shoirlarning gʻazallaridagi “it” obrazini ham “ovchi iti” deb tushunishimiz kerakmi? Masalan, Munisning:
Iting koʻrsam, manga uns aylasun deb,
Berurman gah koʻngulni, gah bagʻirni
baytini olaylik. Qaysi asosda uni “ovchi iti” deyish mumkin?
Badiiy adabiyotda toʻqima tushunchasi bor. Biroq, ilm-fanda “ilmiy toʻqima” tushunchasi boʻlmasa-da, yosh tadqiqotchilardan katta olimlargacha gʻazal tahlillarida “ilmiy toʻqima”ga zoʻr berish holatlarini kuzatish mumkin. Ular gʻazal matnida boʻlmagan, shoir hatto ishora ham qilmagan obrazlarni oʻylab topib, toʻqib chiqaradilar va tahlilga bemalol tatbiq etadilar. Shunday “ilmiy toʻqima”lardan biri “ovchi” boʻlsa, ikkinchisi “kiprik” obrazidir. Goʻyoki Navoiy “boshogʻliq oʻq” iborasida yor kiprigini nazarda tutgan. Holbuki,
Navoiy, anjumane shavqi jon aro tuzsang,
Aning boshogʻliq oʻqin shamʼi anjuman qilgʻil
baytida “kiprik” obrazi yoʻq. Gʻazaldagi soʻz, obraz, iboralarga uzoq-uzoqdan oʻxshash qidirib topadilar va uzundan-uzoq behuda muhokama yuritadilar. Oqibatda, Navoiy asarlarida qayta-qayta tilga oladigan “Soʻz uzaldi-yu, maqsad yiroqda qoldi” qabilidagi tahlil paydo boʻladi. Jumladan, Ismoil Bekjonovning “Oʻz. AS”ning 2012 yil 3 avgust sonida chop etilgan “Boshoq – kamon oʻqi” sarlavhali sharhi “Qaro koʻzum…” gʻazali tahlili bunga misoldir. Olimning soʻzshunos sifatida monand obrazlarni sinchkovlik bilan qidirib topishi va qilni qirq yorgandek tahlil etishi tahsinga sazovor. Biroq u “Qaro koʻzum…” gʻazali matnidagi obrazlarga tabiiy ravishda tatbiq etilmagan. Chunki Navoiy “jon aro” “boshogʻliq oʻq” deganda yorning kiprigini ham, allaqanday ovchining kamonidagi boshoqlik oʻqni ham nazarda tutmagan. Balki oddiygina “jon” soʻzi oʻrtasidagi “boshogʻliq oʻq”qa oʻxshaydigan “alif” harfini nazarda tutgan, xolos. Bu bilan: “bordiyu shavq anjumanini tuzsang, mening jonim-ruhim ana shu anjumaningni yorituvchi, nurafshon etuvchi, anjumanning shavqiga shavq bagʻishlovchi shamʼi shabiston boʻlsin”, demoqchi boʻlgan.
Garchi “Qaro koʻzum…” gʻazali tahlili 40 yil mobaynida izchil davom etgan boʻlsa-da, barcha tahlillarni ham gʻazal tadqiqini takomillashtirishga hissa qoʻshdi, deb boʻlmaydi. Tahlillarda saviya jihatdan faqat yuksalish emas, balki pasayish, orqaga qaytish, mavjud tahlillarni mantiqan takrorlash holatlari ham kuzatiladi. Masalan, Ismatulla Abdullayev gʻazalga 1975 yilda yozgan ilk sharhida “gʻamzada” soʻzini “gʻamza – noz-karashma” maʼnosida talqin etgan. Mazkur satrlar muallifining 1987 yil, 27 fevralda “Oʻz. AS”da chop etilgan “Gʻazal va tahlil” maqolasida uning sharhi tanqid qilinganidan keyin shu maqolaga yozgan raddiyasida: “Bizning tahlilimizda “gʻamzada – gʻam chekkan, jabrlangan” soʻzi notoʻgʻri talqin qilingan, buning uchun gazetxonlardan uzr soʻraymiz”, deya xatosini mardlarcha tan olgan. Oradan 20 yil oʻtgandan keyin 2006,2010 yillarda chop etilgan Respublika umumtaʼlim maktablarining 8-sinf “Adabiyot” darsligida Sultonmurod Olimov mazkur xatoni yana takrorlagan. Yaʼni, “Qaro koʻzim…” gʻazali sharhini bayon etish jarayonida: “Oshiq… itiga gʻamza payti jon rishtasidan ip qilishni aytadi”[6], deb yozgan. Nahotki, olim “gʻamzada” soʻzining maʼnosini bilmagan? Nahotki, gʻazal tahlilining tarixiy takomilini kuzatmagan va tuzatilgan xatoni koʻrmagan? Axir, bir gʻazalga sharh yozayotgan olim oʻzidan oldingi shorihlar tajribasini koʻrishi kerak emasmi? Bizning Respublika Taʼlim markaziga va matbuotdagi rasmiy-tanqidiy murojaatlarimizdan keyin Sultonmurod Olimov ushbu xatoni darslikning 3-nashrida tuzatdi, lekin “Qaro koʻzim…” va boshqa gʻazallar talqinidagi talay kamchiliklar bartaraf etilmay qolgan.
Umuman, gʻazal tahlillari asarning mazmun-mundarijasi, badiiy obrazlar tizimi, shoirning sanʼatkorlik mahorati haqida yaxlit, qamrovli tasavvur hosil qiladi. “Qaro koʻzum…” gʻazali toʻgʻrisidagi barcha tahlillarni umumlashtirganimizda, 150-bet atrofidagi bir manba vujudga keldi. Biz mazkur gʻazal tahlillarini uzoq yillardan beri oʻrganib kelarkanmiz, bir gʻazal haqida tadqiqot kitobi yaratish mumkinligi haqida oʻyladik. “Qaro koʻzum…” gʻazali tahlillari tadqiqi timsolida mana shu loyihaning birinchi namunasi amalga oshdi. Ushbu tajriba shuni koʻrsatadiki, Alisher Navoiy va boshqa shoirlarning koʻp tahlil va tadqiq etilgan gʻazallari toʻgʻrisida ham ana shunday tadqiqot yaratish mumkin va zarur. Chunki bu sohalarda hali yechimi topilmagan muammolar koʻp va tadqiqotlar, albatta, davomiy boʻlishi lozim.

Atoyining “Jamoling vasfini qildim chamanda” g’azali.

Jamoling qildim chamanda,
Qizordi gul uyotdin anjumanda.

Tamonno q la’lingni ko’nglim,ilg’ali


Kishi bilmas onikim, qoldi qanda.

Chu jonimdin aziz jonona sensen,


Kerakmas jon manga sensiz badanda.

Manga ul dunyoda jannat ne hojat,


Eshiging tuprog’i basdur kafanda.

Solib borma meni ey, Yusufi husn,


Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda.

Uzun sochingdin uzmasmen ko’ngulni,


Ayog’ing qanda bo’lsa, boshim anda.

Tilar el mansabi oily va lekin,


Atoyi sarvi ozodingg’a banda.

Jamoling qildim chamanda,


Qizordi gul uyotdin anjumanda.

Tamonno q la’lingni ko’nglim,ilg’ali


Kishi bilmas onikim, qoldi qanda.

Chu jonimdin aziz jonona sensen,


Kerakmas jon manga sensiz badanda.

Manga ul dunyoda jannat ne hojat,


Eshiging tuprog’i basdur kafanda.

Solib borma meni ey, Yusufi husn,


Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda.

Uzun sochingdin uzmasmen ko’ngulni,


Ayog’ing qanda bo’lsa, boshim anda.

Tilar el mansabi oily va lekin,


Atoyi sarvi ozodingg’a banda.

QOFIYANING TUZILISHIGA KO’RA TURLARI.

She’r misralarida so’zlarning o’zaro ohangdoshlik hosil qilishi qofiya hisoblanadi.
Yurtim senga she’r bitdim bu kun, a
Qiyosingni topmadim aslo. b
Shoirlar bor o’z yurtim butun, a
Olam aro atagan tanho. b
Ular she’ri uchdi ko’p yiroq a
Qanotida kumush diyori. b
Bir o’lka bor dunyoda biroq, a
Bitilmagan dostondir bari. b

Qofiyaning asosini raviy tashkil qiladi. Raviy so’zi arabcha so’z bo’lib, “yukni tuyaga boog’lovchi arg’amchi” degani.


Raviy qofiyadosh so’zlar tarkibida aynan takrorlanuvchi so’z bo’lib, o’zak yoki negiz tarkibida hosil bo’ladi. She’r misralarida qofiyadosh so’zlarning raviy bilan qo’llanishiga qarab, qofiya quyidagi turlarga bo’linadi:
1)Mujarrad qofiya.
Bu qofiyada raviy 1 ta tovushdan iborat bo’ladi:a)cho’ziq unlidan; b) qisqa unlidan so’ng qo’llangan undosh tovushlar.
Misol: a) Ashk xun ruxsor zard-u dil hazir tol’e qaro,
Dard gunogunfalak dun ahli davron bevafo.

Misol: b) Chamanlar sayrig’a kelgilki fasli, navbahor o’lmish,


Riyozi xuld yanglig’ tog’-u sahro lolazor o’lmish.

2)Murdaf qofiya.


Murdaf qofiyada raviy tovushidan oldin cho’ziq o unlisi qo’llanadi.
Misol: Ey mening nozik nihol oromi jonim qaydasan,
Bu ko’ngul bo’stonida g’uncha dahonim qaydasan?

M2: Ne yanglig’da qoshingda arzu holim,


Ki qolmas oni ko’rgach hech majolim.

3)Muqayyad qofiya.


Bu qofiya turida qo’sh undosh qisqa unlidan so’ng raviy bo’lib keladi.

Misol: Tushiga kirdi ham bu oliy dayr,


Ki qilur erdi anda har sori sayr.
M2: Gahe hotam uyolur bazm ichinda
Gahe Rustam yuponur razm ichra.

4)Muassas qofiya.


Bu qofiyada o unlisi bilan raviy o’rtasida bir undosh va bir unli kelgan qofiya muassas qofiya hisoblanadi.
Misol: Junun ta’vizig’a ko’rganda moyil,
Qo’l etsam erdi bo’ynunga hamoyil.

M2: Gar yetar ag’yordin yuz ming jarohat,


Lek bordur yor uchun ham ayshu ham rohat.

Qofiya raviy bilan tugasa muqayyad qofiya hisoblanadi. Raviydan so’ng yana harflar davom etsa, mutlaq qofiya hisoblanadi.



Misol: Derlar menga “Ishqni unutg’il”,
Layli g’amidin kanora tutg’il.
Download 20.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling