Qaro qoshing, qalam qoshing, Qiyiq qayrilma qoshing qiz


Download 12.05 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi12.05 Kb.
#187633
Bog'liq
Qaro qoshing


  1. Qaro qoshing, qalam qoshing,

Qiyiq qayrilma qoshing qiz,

Qilur qatlimga qasd qayrab-

Qilich qotil qaroshing, qiz.

Qafasda qalb qushin qiynab,

Qanot qoqmoqqa qo`ymaysan.

Qarab qo`ygil qiyo

Qalbimni qizdirsin quyoshing qiz.

Bu baytda alliteratsiyadan foydalanilgan. Ko`hna badiiyatshunoslikda(ilme bade’)da alliteratsiya “tavzi san’ati’ “deb yurutilgan. Bu bayt q undosh tovushi orqali yuzaga chiqqan. Shu orqali ohangdorlik ham kuchli va she’rning ritmini ta’minlayapti. Bu misra atoqli shoirimiz Erkin Vohidov qalamiga mansub.



  1. Ovni otsang, bilib ot

Dol nishonga qo`yib ot

Non qon bo`lsa, qon-jon



O`zing o`yda bo`lsang ham, o`ying uyingda bo`lsin. Bu maqollarda bir-biriga yaqin bo`lgan unlilarning takrorlanib kelishidan hosil bo`lgan. Bu esa assonans deb aytiladi, bu ritmini oshirib ohangdoshligini ta’minlaydi odatda bu xalq maqollarida qo`llaniladi.

  1. Allitratsiya, assonans, grafonlar haqida nazariy ma’lumot bering. Alliteratsiya bu she’riy nutqda misralarda undagi so`zlar hamda bog`inlar boshida takror qo`llaniladigan undoshlar ga asoslangan yuqoridagi Erkin Vohidov misralari bunga misol bo`la oladi. Assonans esa unlilarning takrorlanib kelishiga asoslangan. Yuqoridagi maqollar bunga misol hisoblanadi.Grafon bu qo`shoqlanish deb nomlanadi. Adham Abdullayev esa bu hodisaga “undoshlarni qavatlash “ deb nomlaydi.Undoshlarni qavatlash orqali ifodalanadi. Misol uchun latta, katta, million, ellik va boshqalar.

Download 12.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling