Qaror qabul qilishda jarayonida model va modellashtirish
Download 30.42 Kb.
|
model
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqlidiy modellashtir
- Monte-Karlo usuli
Algoritmli shakl – model nisbatini va echimning tanlangan sonli usulini algoritm shaklida yozib olishdir. Algoritli modellar orasida turli tashqi ta’sirlar chog’idagi jismoniy yoki axborotli jarayonlarga taqlid qilish uchun mo’ljallangan taqlid modellari muhim toifani tashkil etadi. Tilga olingan jarayonlarga taqlid qilishning o’zi taqlidli modellashtirish deb ataladi.
Taqlidiy modellashtirish chog’ida tizimning vaqtdagi faoliyat ko’rsatishining algoritmi – tizim xatti-harakati yaratiladi, shu asnoda jarayonni tashkil etuvchi elementar hodisalari ularning mantiqiy tuzilmasi va yuz berish izchilligi saqlab qolingan holda taqlid qilinadi, bu boshlang’ich ma’lumotlarga ko’ra tizim xossalarini baholashga imkon beruvchi, vaqtning muayyan oralig’idagi jarayon holatlari to’g’risida ma’lumot olishga imkon beradi. Taqlidiy modellashtirishning tahliliy modellashtirishga nisbatan asosiy afzalligi yanada murakkabroq vazifalarni hal qilish imkoniga egaligidir. Taqlidiy modellar tizimning o’zuq-yuluq va uzluksiz unsurlari, unsurlar chiziqsiz xossalari va tahliliy tadqiqot chog’ida ko’pincha mushkilotlar vujudga keltiradigan ko’p sonli tasodifiy ta’sirlar va boshqalar singari omillarni bir muncha osonroq hisobga olishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda taqlidiy modellashtirish tizimlarni tadqiq qilishning eng samarali usuli va ko’pincha model xatti-harakati to’g’risida xususan uni loyihalash bosqichida axborot olishning amaldagi yagona oson usuli hamdir. Taqlidiy modellashtirishda statistik sinovlar usuli (Monte-Karlo) va statistik modellashtirish usullaridan foydalaniladi. Monte-Karlo usuli - tahliliy vazifalarni hal qilishga mos keladigan tasodifiy qiymatlar va funksiyalar, ehtimolli xususiyatlarni modellashtirish uchun qo’llaniladigan raqamli usuldir. U tasodifiy qiymatlar va funksiyalarni amalga oshirish, so’ngra axborotga matematik statistika usullari bilan ishlov berishdan tashkil topgan jarayonnlarni ko’p marta aks ettirishdan iborat. Agar bu usul tasodifiy ta’sirlarga tortiluvchi tizimlar faoliyat ko’rsatishi jarayonlari xossalarini tadqiq qilish maqsadlarida mashinada taqlid qilish uchun qo’llanilsa statistik modellashtirish usuli deb ataladi. Taqlidiy modellashtirish usuli tizimning tuzilmalari ko’rinishini, tizimni boshqarishning turli algoritmlari samaradorligini, tizim turli parametrlari o’zgarishlari ta’sirini baholash uchun qo’llaniladi. Taqlidiy modellashtirish muayyan cheklanishlarga ega bo’lgan berilgan xossalarga ega tizim yaratish talab qilinganda tizimning tuzilmali, algoritmli va parametrli umumlashtirish asosiga joylashtirilishi mumkin. Download 30.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling