Tana massasi indeksi hisoblash


Download 125.1 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi125.1 Kb.
#213770
Bog'liq
TANA MASSASI INDEKSI (Ketle formulasi) 2020


TANA MASSASI INDEKSI — HISOBLASH

(Ketle formulasi)

Tana massasi indeksi — insonning bo’yi va vazni mosligi darajasini baholashga imkon beruvchi kattalik bo’lib, u vazn

yetishmasligi, me’yordaligi yoki ortqichaligini aniqlashda ishlatiladi. Davolash uchun ko’rsatmalarda muhim o’rin tutadi.

Tana massasi indeksi ko’rsatkichi belgiyalik sotsiolog va statistik Adolf Ketle tomonidan ishlab chiqilgan. U kg/m2 da

hisoblanadi.

JSST tavsiyalariga ko’ra, TMI ko’rsatkichlarining quyidagi interpretatsiyalari ishlab chiqilgan:

Tana massasi indeksi

Kishi vazni va uzunligi o’rtasidagi nisbat

16 va undan kam

Tana vazningning sezilarli tanqisligi

16—18,5

Tana vaznining yetishmasligi

18,5—24,99

Me’yor

25—30

Tana vaznining ortiqchaligi

30—35

Birinchi darajali semizlik

35—40

Ikkinchi darajali semizlik

40 va undan yuqori

Uchinchi darajali semizlik

Mazkur uslub shifokorlar tomonidan keng qo‘llanilib, ortiqcha yoki normal tana tuzilishi uchun yetishmayotgan vaznni

aniqlashda ishlatiladi. Qarshi ko‘rsatmalariga ko‘ra esa homiladorlar, emizikli ayollar, kichik yoshdagi bolalar va keksalarda

qo‘llanilmaydi.

KETLE indeksini hisoblash quyidagicha bo‘ladi. Masalan, ayolning bo‘y o‘lchami 1,6 metr, vazni 60 kg. Buning uchun vazn

ko‘rsatkichini bo‘y ko‘rsatkichi kvadratiga bo‘lish kerak bo‘ladi.

Ya’ni quyidagicha: 60:(1,60×1,60)=23,44. Demak, bu holatda indeks 23,44 ga teng bo‘ladi.

Erkaklar uchun KETLE indeksidagi me’yoriy o‘lcham 19-25, ayollarda esa 19-24 oralig‘ida bo‘lishi maqsadga muvofiq.






TMI KO’RSATKICHI KAMCHILIKLARI


JSST tavsiya etgan TMI ko’rsatkichi interpretatsiyasi kishining jinsi va yoshini hisobga olmaydi. Ko’pchilik mamlakatlar

statistikasi erkaklarda TMI ayollarnikiga nisbatan biroz ko’proq bo’lishi aniqlangan. Bundan tashqari, TMI o’rta



yoshlilarda qariyalar va yoshlarnikiga nisbatan ham yuqoriroq.


Download 125.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling