Qarori ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 312.18 Kb. Pdf ko'rish
|
1010-сон 14.12.2018
Oldingi
tahrirga qarang. Quyidagi hollarda manzilni belgilash uchun to‘lov undirilmaydi: ko‘chmas mulk joylashgan ma’muriy — hududiy birlik o‘zgarganda; ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga eski manzili berilganda; ko‘chaning nomi o‘zgarishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manziliga o‘zgartirish kiritilganda; nomsiz ko‘chalarga nom berilishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manzili belgilanganda va manziliga o‘zgartirish kiritilganda; qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno). (13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan ikkinchi — yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022- y., 09/22/620/0965-son) 14. Manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilishda quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak: yer uchastkasida obyekt qurilishi tugallangan taqdirda ko‘chmas mulk obyekti manzilini belgilash tegishli binolar va inshootlar manzilini belgilash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi; ko‘chmas mulk obyekti manzilining unda joylashgan asosiy obyekt ichki manzilining o‘zgarishi munosabati bilan o‘zgartirilishi tegishli obyekt manzilining o‘zgartirilishi bilan bir vaqtda amalga oshiriladi; qurilgan yer uchastkasida joylashgan barcha obyektlar buzilgan taqdirda uning manzili mavjudligini bekor qilish tegishli ko‘chmas mulk obyektlari manzillari mavjudligini bekor qilish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi; ko‘chmas mulk obyekti manzili mavjudligini bekor qilish ushbu obyektda joylashgan barcha alohida ajratilgan xonalar manzillari mavjudligini bekor qilish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. 15. Manzillarni me’yorlashtirish: manfaatdor shaxsning tashabbusi bilan; tuman (shahar) hokimining qaroriga ko‘ra; qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda amalga oshirilishi mumkin. Manzillarni me’yorlashtirishni manzillarni yetishmayotgan elementlar bilan to‘ldirish va (yoki) manzil tuzilmasini tartibga solish, shuningdek, manzil elementlarini o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin. Oldingi tahrirga qarang. 16. Manzillarni yetishmayotgan manzillar bilan to‘ldirish va (yoki) manzil tuzilmasini tartibga solish yo‘li bilan manzil me’yorlashtirilgan taqdirda manzilni o‘zgartirish, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, hududiy boshqarma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. (16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son) Oldingi tahrirga qarang. 17. Manfaatdor shaxslarni manzilning o‘zgartirilishi haqida xabardor qilish hududiy boshqarma tomonidan amalga oshiriladi. (17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son) 18. Manzillarni belgilash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 19. Manzillarni belgilashda manzilning quyidagi tuzilmasidan foydalaniladi: pochta kodi (indeks); “O‘zbekiston Respublikasi” davlat nomi; ma’muriy-hududiy mansublik; ichki manzil; geokod. Manzilda qo‘shimcha ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin. Download 312.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling