Qarori ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 312.18 Kb. Pdf ko'rish
|
1010-сон 14.12.2018
Oldingi
tahrirga qarang. 23. Ko‘chmas mulk obyektlariga, alohida ajratilgan xonalarga raqamlar berish majburiydir, ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. (23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26- oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965- son) Inshootlarga ham (alohida turgan) raqamlar beriladi hamda asosiy imoratlarni raqamlash uchun belgilangan qoidalar tatbiq etiladi. 24. Binolar va inshootlarga raqamlar berish mavjud obyektlarni, shu jumladan, qurilayotgan hamda qurilishi rejalashtirilgan obyektlarni (ular haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organlari tomonidan taqdim etiladigan shaharsozlik rejalashtirish hujjatlarida mavjud bo‘ladi) hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 25. Radial yo‘nalishdagi ko‘chalarda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari aholi punkti markazidan chetga qarab ko‘chaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va o‘ng tomonidan juft raqamlar bilan izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. 26. Aylanma yo‘nalishdagi ko‘chalarda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari soat stryelkasi yo‘nalishi bo‘ylab (aholi punkti markazidan yo‘nalish olganda) ko‘chaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va o‘ng tomonidan juft raqamlar bilan izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. 27. Imoratning mavze tizimida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari (mavzelar, mikrotumanlar) mavzega kiradigan asosiy yo‘l tortilgan ko‘chadan boshlab transport harakati yo‘nalishida ortib boruvchi tartibda ko‘chaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va o‘ng tomonidan juft raqamlar bilan raqamlanadi. 28. Maydon perimetrini hosil qiladigan ko‘chmas mulk obyektlari aholi punktining markazi tomonidagi ko‘chadan boshlab soat stryelkasi yo‘nalishida ko‘chaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va o‘ng tomonidan juft raqamlar bilan izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Oldingi tahrirga qarang. 29. Obyektni ushbu Nizomning 25 — 28-bandlariga muvofiq raqamlash imkoni bo‘lmagan taqdirda raqamlash dunyo qismlari bo‘yicha (tegishlicha g‘arbdan sharqqa yoki shimoldan janubga) amalga oshiriladi. (29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son) 30. Izchil ketma-ket (toq yoki juft) raqamli manzillarga ega ikkita imorat o‘rtasida qurilgan ko‘chmas mulk obyektlari ko‘rsatilgan asosiy imoratlardan birining kichikroq raqamini unga indeks qo‘shgan holda berish yo‘li bilan raqamlanadi, ushbu Nizomning 35-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. 31. Imoratning ichkarisida qurilgan ko‘chmas mulk obyektlari asosiy fasadi ko‘chaga qaragan, o‘z manziliga ega bo‘lgan asosiy imoratlardan birining raqamini unga indeks qo‘shgan xolda berish yo‘li bilan raqamlanadi, ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. 32. Bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatida aholi punktidan tashqarida joylashgan binolar va inshootlar 1 raqamidan boshlab tartib bilan, arxitektura, shaharsozlik va qurilish faoliyati haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari hududini tashkil qilish va qurish loyihasiga yoki ushbu bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatida qaror topgan amaliyotga asoslanib raqamlanadi. 33. Aholi punktlaridan tashqarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari chap tomondan toq raqamlar bilan va o‘ng tomondan juft raqamlar bilan raqamlanadi: avtomobil yo‘lining yo‘l cheti polosasida — har bir kilometr chegarasida yo‘l kilometraji oshib borishi tomon; temir yo‘l shoxobchasi polosasida — ikkita alohida punkt oralig‘idagi masofa chegarasida yo‘l kilometrajining oshib borishi tomon. 34. Avtomobil yo‘lining yo‘l cheti polosalari va temir yo‘l shoxobchasi polosalari chegarasida aholi punktidan tashqarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mahalla doirasida 1 dan boshlab tartib bilan raqamlanadi. 35. Asosiy imoratga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektlari (xizmat ko‘rsatuvchi imoratlar, hovlidagi inshootlardan tashqari) asosiy imorat raqamiga (agar bo‘lsa — indeksi bilan) korpus raqamini qo‘shish yo‘li bilan raqamlanadi. Yer uchastkasida o‘z vazifasi, me’moriy belgilariga ko‘ra bir xil bir nechta ko‘chmas mulk obyektlari bo‘lib, ularning asosiysini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, asosiy imorat sifatida kirish yo‘li tashkil qilingan ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementiga eng yaqin joylashgan imorat qabul qilinadi. Qolgan imoratlar soat stryelkasi yo‘nalishi bo‘ylab hamda hududdagi harakat yo‘nalishiga qarab asosiy imorat raqamiga (agar bo‘lsa — indeksi bilan) korpus raqamini qo‘shgan holda raqamlanadi yoxud mustaqil tartib raqami berish yo‘li bilan raqamlanadi. 36. Ko‘chalar kesishmasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari (burchakdagi binolar va inshootlarga) bitta ichki manzil bilan belgilanadi. Bu holda ichki manzil asosiy imoratga kirish yo‘li tashkil qilingan ko‘cha bo‘yicha belgilanadi. Bir necha ko‘chadan kirish yo‘llari bo‘lganda ichki manzil binoning asosiy fasadga qaragan ko‘cha bo‘yicha belgilanadi. Bir nechta bir xil fasadlar bo‘lganda ichki manzil ko‘chalarning istalgan biri bo‘yicha belgilanadi. Ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar har bir kesishuvchi ko‘cha bo‘yicha raqamlar berilgan burchakda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari berilgan raqamlar soniga qarab bir nechta ichki manzillarga ega bo‘ladi. 37. Mavjudligi bekor qilingan obyektning ichki manzili uning o‘rniga qurilgan xuddi shunday turdagi obyektga, ushbu Nizomning 24 — 35-bandlarida ko‘rsatilgan me’yorlarni hisobga olgan holda takroran beriladi. 38. Alohida ajratilgan xonalar qurilish loyihasida belgilangan tartibda raqamlanadi. Agar loyihada raqamlash belgilanmagan bo‘lsa yoki u bo‘lmasa, raqamlash asosiy imoratning chapdagi eng chekka kirish yo‘lidan eng chekka kirish yo‘ligacha, binoning pastki qavatidan boshlanadi. Bitta qavat doirasida, kirish yo‘li bo‘lgan taqdirda esa — kirish yo‘li qavati doirasida chapdan o‘ngga qarab raqamlanadi. Alohida ajratilgan xonalarga toq raqamlar yo‘lakning chap tomonidan va juft raqamlar yo‘lakning o‘ng tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘p darajali alohida ajratilgan xonalar binoning pastki qavati bo‘yicha bir darajali alohida ajratilgan xonalar qanday raqamlangan bo‘lsa, shunday raqamlanadi. Turar joylarda savdo, umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish va nosanoat tusidagi ehtiyojlar uchun biriktirib yoki qo‘shimcha qilib qurilgan joylar ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiq alohida ajratilgan turar joylarga raqamlar berilgandan keyin raqamlanadi. Ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar “n” indeksi berilgan holda turar joylardan alohida raqam berilgan noturarjoy maqsadidagi ko‘chmas mulk obyektlari ushbu raqamlanishni saqlab qoladi. Agar qurilish loyihasiga muvofiq alohida ajratilgan joylarni raqamlashda tartib raqamlarining takrorlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa, xonalarning funksional vazifasiga qarab, ular eng avval berilgan raqamdan keyingi tartib raqamdan boshlab qayta raqamlanadi. Burchakdagi binoda joylashgan, bevosita binoga tutash hududdan kiriladigan va ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar har bir kesishuvchi ko‘cha bo‘yicha raqamlar berilgan bloklangan turar joy bo‘lgan inshootda joylashgan alohida joyga asosiy imoratning har bir kesishuvchi ko‘cha bo‘yicha ichki manzillari beriladi. 39. Ko‘chmas mulk obyekti yoki alohida joy bo‘lib yuborilganda, obyektlarning bo‘linishi natijasida hosil bo‘lgan alohida joylarning bittasi bo‘lingan obyektning raqamini saqlab qoladi. Bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan qolgan obyektlarga bo‘lingan obyekt raqami indeks qo‘shilgan holda beriladi. Asosiy imoratlar bo‘lingan taqdirda ularda joylashgan alohida ajratilgan joylarning qayta raqamlanishiga yo‘l qo‘yiladi. Agar alohida ajratilgan joyni bo‘lish natijasida ko‘p miqdorda alohida joylar hosil bo‘lsa, ularga binoda va inshootda joylashgan alohida joylarning biriga avval berilgan oxirgi raqamdan keyingi tartib raqamlari beriladi yoki alohida ajratilgan joylarning avvalgi raqamlari o‘zgartirilib qayta raqamlanadi. 40. Asosiy obyektlar yoki alohida joylar qo‘shilganda qo‘shilish natijasida hosil bo‘lgan obyektga mavjudligi to‘xtatilgan obyektlardan birining eng kichik tartib raqami beriladi. Bitta binoda joylashgan alohida ajratilgan joylarning raqamlari takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ushbu Nizomning 30 , 31-bandlari hamda 39-bandining birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Asosiy imoratlar qo‘shib yuborilganda mavjudligi to‘xtatilgan obyektda joylashgan va eng yuqori tartib raqamiga ega bo‘lgan alohida joylar ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan tartibda keyingi tartib raqamidan boshlab qayta raqamlanadi. 41. Asosiy imoratga biriktirib, qo‘shimcha qilib qurilgan alohida ajratilgan joylar ushbu Nizomning 39-bandiga muvofiq bino yoki inshootda alohida ajratilgan xonaga avval berilgan eng katta raqamdan keyingi tartib raqamidan boshlab raqamlanadi. Alohida ajratilgan joylarning joylashuvini aniq identifikatsiya qilish maqsadida ularni qayta raqamlashga yoki hosil bo‘lgan alohida ajratilgan joylarni bitta qavat yoki asosiy imorat kirish yo‘li doirasida avval berilgan eng katta sondan keyingi tartib raqamidan boshlab unga indeks qo‘shgan holda raqamlashga yo‘l qo‘yiladi. Qayta qurish natijasida mavjudligi to‘xtagan alohida ajratilgan joylar raqamlari qayta berilmaydi, barcha alohida ajratilgan xonalarning qayta raqamlanishi hollari bundan mustasno. Bino va inshootda avval hosil qilingan alohida ajratilgan joylar bo‘lmagan taqdirda bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan alohida ajratilgan joylarga raqamlar ushbu Nizomning 39-bandi birinchi va uchinchi xatboshilariga muvofiq beriladi. Ko‘chmas mulk obyektida avval hosil qilingan alohida ajratilgan joylar bo‘lgan taqdirda bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan alohida ajratilgan joylarga ushbu bandning birinchi xatboshiga muvofiq raqamlar beriladi. 42. Ma’muriy binoga, garaj massivida joylashgan nazorat-o‘tkazish punkti binosiga (keyingi o‘rinlarda asosiy bino deb ataladi) ushbu Nizomning 19 — 34 , 36 va 37-bandlariga muvofiq asosiy imorat raqami (zarur bo‘lganda indeks bilan) beriladi. 43. Asosiy imorat hisoblangan garaj massivi hududida joylashgan garajning ichki manzili asosiy binoning manzilini va korpus raqamini (garaj raqamini) o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha ma’lumotlarda “blok” so‘zi, bunday garaj joylashgan blok raqami ko‘rsatiladi. 44. Alohida ajratilgan joy bo‘lgan va garaj kooperativi hududida joylashgan garajning ichki manzili asosiy bino manzilini, korpus raqamini (garaj joylashgan blok raqamini), garaj raqamini o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha ma’lumotlarda bunday garaj joylashgan kooperativ nomi ko‘rsatiladi. 45. Garaj massividagi bloklar ularni raqamlash bo‘yicha mavjud amaliyotdan kelib chiqqan holda raqamlanadi. Bunday amaliyot bo‘lmaganda raqamlash: aholi punktida — garaj massivi hududiga kiriladigan yo‘l bo‘lgan eng yuqori toifadagi ko‘cha bo‘yicha birinchi blokdan (bir xil toifadagi ko‘chalar bo‘lganda — ularning istalganidan) boshlab boshlanadi. Bir necha ko‘chadan kirish yo‘llari bo‘lgan taqdirda raqam blok perimetrining eng uzun tarafi chiqadigan ko‘cha bo‘ylab birinchi blokka beriladi. Blok perimetrining eng uzun tarafi qaysi ko‘chaga chiqishini aniqlash imkoni bo‘lmaganda esa — raqam istalgan ko‘cha bo‘ylab beriladi; aholi punktlaridan tashqarida — garaj massivi hududiga eng yaqin bo‘lgan blokdan boshlab boshlanadi. Garajga kirish yo‘liga eng yaqin bo‘lgan blokni aniqlash imkoni bo‘lmaganda raqam kirish yo‘liga yaqin istalgan blokka beriladi. Ushbu garaj massivida bloklarni raqamlash amaliyoti bo‘lmasa bloklarning keyingi raqamlari garaj massivi hududiga kirishdan boshlab harakat yo‘nalishi bo‘yicha ortib boruvchi tartibda beriladi. Asosiy imorat bo‘lgan garajlarga hamda alohida ajratilgan joy bo‘lgan garajlarga raqamlar bloklarda belgilangan tartibda tasdiqlangan me’moriy loyiha yoki qurilish loyihasining tasdiqlangan qismidan kelib chiqqan holda yoxud garaj massivida qo‘llaniladigan amaliyotdan kelib chiqib beriladi. Bunday amaliyot bo‘lmagan taqdirda butun garaj massivi uchun qarama- qarshi raqamlashdan foydalaniladi, u soat stryelkasi yo‘nalishi bo‘yicha izchil ketma-ketlikda yoki massiv hududiga kirish yo‘lidan boshlanib harakat yo‘nalishi bo‘ylab ortib borish tartibida amalga oshiriladi. Garaj massivi hududida ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar indekslar berilgan bloklar bor bo‘lsa, bunday bloklarga indekslar o‘rniga raqamlar beriladi. 46. Alohida turgan garajlarning ichki manzili ushbu Nizom bilan binolar va inshootlarga ichki manzillarni belgilash uchun belgilangan qoidalarga muvofiq beriladi. 47. Avtomobil saqlash joylarining, shu jumladan, binoda joylashgan avtomobil saqlash joylarining ichki manzili ushbu Nizomning 39 — 42-bandlarida alohida ajratilgan noturarjoyga ichki manzillarni belgilash uchun nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq, ular joylashgan asosiy imoratlarning konstruktiv xususiyatlarini (ochiq, yopiq, ko‘p qavatli binolar, inshootlar va shu kabi obyektlar) hisobga olgan holda belgilanadi. 48. Geokod qurilgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga beriladi. 49. Pochta kodi (indeks) binolarga beriladi, shuningdek, agar ularda alohida ajratilgan joylar bo‘lsa inshootlarga ham berilishi mumkin. Alohida ajratilgan joylar o‘zlari joylashgan bino yoki inshoot bilan bir xil pochta kodi (indeksi)ga ega. 50. Qo‘shimcha ma’lumotlarda quyidagilar bo‘lishi mumkin: obyekt nomi; obyektga eng yaqin aholi punkti nomi, shuningdek, ungacha bo‘lgan masofa, shu jumladan, dunyo tomonlari yo‘nalishlaridan foydalangan holda; obyektning turgan joyini identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa fazoviy mo‘ljallar. Download 312.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling