Gografik obyektlar turlarini toifalarga ajratish boʻyicha yoʻriqnoma


Download 18.25 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi18.25 Kb.
#1613984
  1   2   3
Bog'liq
Geografik obyektlar yoʻriqnoma


Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va
Moliya vazairligi huzurudagi Kadastr agentligi


Gografik obyektlar turlarini toifalarga ajratish boʻyicha yoʻriqnoma

Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografikobyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari oʻgʻrisida”gi 295-son qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi “Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1010-sonli qaroriga muvofiq koʻchmas mulk obyektlariga manzillar belgilash, oʻzgartirish va bekor qilish tartibini belgilaydi.


1. Mazkur yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
manzil- Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqdagi tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida roʻyxaga olingan yoki roʻyxatga olinmagan koʻchmas mulk obyektlari (chiziqli inshootlar bundan mustasno) joylashgan joyni bir xil identifikatsiyalaydigan elementlarning noyob majmuyi;
manzil xaritasi- Reyestrda obyektlar joylashuvi haqidagi geologik fazofiy axborotni, shuningdek boshqa geofazoviy bogʻlangan axborotni oʻz ichiga oladi;
geokod- berilgan koordinatalar tizimida obyektning fazoviy joylashuvini identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib, ular obyektni uni ma’lum bo‘lgan koordinatalar yordamida topish imkonini beradigan geografik joyga bog‘lab qo‘yishni nazarda tutadi;
qurilgan yer uchastkasi — asosiy imorat (bino, inshoot), tugallanmagan qurilish joylashgan yer uchastkasi;
manzillarni me’yorlashtirish — amaldagi manzillarni ushbu yoʻriqnoma talablariga muvofiq tartibga solish;
aholi punktlarining ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari (keyingi o‘rinlarda ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari deb ataladi) — ko‘chalar, tor ko‘chalar, berk ko‘chalar, kirish yo‘llari, shox ko‘chalar, magistrallar, bulvarlar, avtomobil yo‘llari;
aholi punkti-aholi soni bir necha mingdan bir necha milliongacha boʻlgan, aholi soni ortishi bilan kengayib boradigan yoki aksincha boʻlgan shahar yoki qishloq shaklidagi doimiy aholi istiqomat qiladigan joy;
avtomobil yo‘li — transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan, ularning belgilangan tezlikda, og‘irlikda, o‘lchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi bo‘shliq;

Download 18.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling