Gografik obyektlar turlarini toifalarga ajratish boʻyicha yoʻriqnoma
Download 18.25 Kb.
|
Geografik obyektlar yoʻriqnoma
magistral yoʻllar- oʻtkazish qobiliyati yuqori boʻlgan, qarama-qarshi harakat qatorlari oʻrtasida chegara qoʻyilgan, boshqa yoʻllar bilan bevosita kesishmaydigan, kesishish qismlari koʻpriklar va aylanma yoʻllar bilan ajratilgan avtomobil yoʻli;
halqa avtomobil yoʻli- bir nuqtadan boshlanib shahar va aholi punktlari atroflarini o‘rab turuvchi boshlangan nuqta bilan tutashuvchi aylana shaklidagi yo‘l; koʻchalar- aholi punktlari va ulardan tashqarida joylashgan koʻchmas mulk obyektlariga manzil berish uchun ajratilgan avtotransport vositalari va odamlar oʻtishiga moʻljallangan yoʻl; koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri- manzillar, ularning geokodlari, oʻzgarish tarixi va hozirgi holati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning yagona axborot tizimi; shoh koʻchalar- tuman yoki shahar markazidagi asosiy yoʻl; berk koʻchalar- boshqa yoʻllarga oʻzaro oʻtib boʻlmaydigan, tarkibida shu va shunga oʻxshash boshqa turdagi yoʻllar mavjud boʻlmagan, oxiri obyekt bilan toʻsilgan yoʻllar; tor koʻchalar- aholi punkti ichida ikkita yoʻlni oʻzaro bogʻlovchi, tarkibida shu va shunga oʻxshash boshqa turdagi yoʻllar mavjud boʻlmagan yoʻl; bulvarlar- ikki tomonlama qatnov yoʻnalishiga ega boʻlgan koʻchalar orasidagi keng xiyobon; maydon- markazida biror maqsad yoki sababga koʻra oʻrnatilgan, yodgorlik va (yoki) belgini ifodalaydigan monument stella, haykal yoki shunga oʻxshash, atrofi obodonlashtirilgan joy; xiyobonlar-maydon va koʻchalarning dam olish uchun ajratilgan kichik yashil qismi; istirohat bogʻi-aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun turli xil koʻngilochar oʻyinlar va atraksionlar bilan jihozlangan dam olish joyi; hayvonot ogʻi- ilmiy, ma’rifiy, madaniy muassasa boʻlib, suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar, qushlar hamda shu kabilar tutqunlikda va yarim tutqunlikda saqlanadigan joy; bogʻ- aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun moʻljallangan yashil zonalar sifatida bunyod etilgan, manzarali daraxtlar va turli xildagi oʻsimliklar ekilgan joy; Download 18.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling