Gografik obyektlar turlarini toifalarga ajratish boʻyicha yoʻriqnoma


Download 18.25 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi18.25 Kb.
#1613984
1   2   3
Bog'liq
Geografik obyektlar yoʻriqnoma

mahalla- yuridik maqomga va aniq chegaraga ega boʻlgan lekin ma’muriy-hududiy birlik hisoblanmaydigan fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish tashkiloti;
mavze-
daha-shaharning biror qismi, nohiyasi;
massiv-
qabr-biror joydagi inson dafn qilingan alohida, yakka qabr mavjud joy;
qabriston- vafot qilgan insonlar dafn qilinadigan joy;
qoʻrgʻon- qadimda qum yoki tuproqdan sun’iy barpo qilingan aylana, baland tepalik shaklidagi biror maqsad uchun moʻljallangan tarixiy joy;
ziyoratgoh- odamlar tomonidan muqaddas bilib turli xildagi marosimlar oʻtkaziladigan, ulugʻ avliyolar va mashhur insonlarning xotirasi abadiylashtirib maqbara oʻrnatilgan joy;
ovul, qishloq- aholisining kasbiy faoliyati koʻproq qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq boʻlgan, aniq chegaraga ega ma’muriy-hududiy birlik;
qishloqlar va ovullar — tumanlar hududida joylashgan, fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan aholi punktlari.
shahar- aholisi asosan, sanoat, savdo, shuningdek, xizmat koʻrsatish, boshqaruv, fan va madaniyat sohalarida and boʻlgan yirik ma’muriy-hududiy birlik;
shaharcha-aholisining soni, qoida tariqasida, kamida ikki ming kishi bo‘lgan, sanoat korxonalari, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan, fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan m a’muriy-hududiy birlik;
tuman- viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibidagi, qoida tariqasida, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat bo‘lgan ma’muriy hududiy birlik;
viloyat- Oʻzbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy boʻlinishining eng yirik shakli;
adirlar-togʻlarning 400-500 m dan 1000-1500 m gacha boʻlgan, neogen va antropogen davrlarning choʻkindi jinslari (kanglomeratlar, chaqiqtoshlar, lyoss) bilan qoplangan, koʻp joylarida jarlar va soyliklar bilan kesilgan, togʻ etaklardan tektonik botiqlar orqali ajralgan tabiiy obyektlar;
ariq- daryo, soy, kanal va boshqalardan sugʻorish, suv bilan ta’minlash va boshqa maqsadlarda inson tomonidan suniy ravishda hosil qilingan transport-muhandislik infratuzilma obyekti;
barxan- shamol ta’sirida bir joydan ikkinchi joyga koʻchib yuruvchi, shakli koʻp hollarda yoy, yarimoy yoki oʻroq shaklida boʻlgan, oʻsimlik bilan qoplangan koʻchma qum doʻngliklaridan iborat tabiiy obyekt;
biosfera rezervati-muayyan hududdagi tabiiy kompleks elementlardan biri muhofaza qilinadigan, hayvonlar va oʻsimliklarni boshqa hududlarga tabiiy yoʻl bilan tarqatish yoki ularni iqlimlashtirish uchun moʻljallangan tabiiy hudud;
Download 18.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling