Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Komandirning (boshliqning) ixtiyoriga o‘tkazish tartibi


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

4-§. Komandirning (boshliqning) ixtiyoriga o‘tkazish tartibi
145. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi komandirning (boshliqning) ixtiyoriga o‘tkazilishi
mumkin.
Komandir (boshliq) ixtiyoriga o‘tkazish ushbu harbiy xizmatchini lavozimga tayinlash
huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning buyrug‘i (farmoyishi) bilan amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
146. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini komandirning (boshliqning) ixtiyoriga o‘tkazish
hamda tegishli to‘lovlarni to‘lash quyidagi holatlarda va muddatlarga amalga oshiriladi:
a) tashkiliy-shtat tadbirlari o‘tkazilishi yoki boshqa lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan
lavozimdan bo‘shatilganda — ikki oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda.
Bunda harbiy xizmatchiga quyidagi to‘lovlar amalga oshiriladi: harbiy unvon maoshi, oxirgi
egallab turgan asosiy lavozimi bo‘yicha lavozim maoshi, xizmat yillari uchun ustama, maxsus
moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan ustama (15 foizgacha), bir yo‘la to‘lanadigan pul
ta’minoti, qonunchilikda belgilangan tartibda oziq-ovqat payogi uchun kompensatsiya puli va turar
joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi;
b) bir oydan ortiq vaqt davomida bedarak yo‘qolganida — harbiy xizmatchi harbiy qismga
qaytgunicha (agarda uning harbiy xizmatni davom ettirishi to‘g‘risida boshqa qaror qabul
qilinmagan bo‘lsa) yoki uning bedarak yo‘qolgan deb tan olingani yoki vafot etgan deb e’lon
qilingani to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan kunga qadar (o‘sha kunni ham qo‘shib
hisoblaganda).
Bunda pul ta’minoti harbiy xizmatchining oxirgi egallab turgan asosiy lavozimi bo‘yicha,
harbiy xizmatchi harbiy qismga qaytgunicha (agarda uning harbiy xizmatni davom ettirishi
to‘g‘risida boshqa qaror qabul qilinmagan bo‘lsa) yoki uning bedarak yo‘qolgan deb tan olingani
yoki vafot etgan deb e’lon qilingani to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan kunga qadar
(o‘sha kunni ham qo‘shib hisoblaganda) harbiy xizmatchiga (uning oila a’zolariga) o‘n ikki oydan
oshmagan muddatda to‘liq to‘lanadi;
v) harbiy xizmatchi asirda yoki garov sifatida ushlangan hollarda — asirda bo‘lgan yoki garov
tariqasida ushlab turilgan butun davr davomida.
Bunda pul ta’minoti harbiy xizmatchiga (uning oila a’zolariga) oxirgi egallab turgan asosiy
lavozimi bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan davr uchun to‘liq to‘lanadi (o‘z ixtiyoriga ko‘ra asirda bo‘lgan
(garov tariqasida ushlab turilgan) yoki O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan jinoyat sodir etgan
hollar bundan mustasno);
g) harbiy xizmatchiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan kundan boshlab.
Bunda harbiy xizmatchiga nisbatan sudning qarori qabul qilingan kungacha pul ta’minoti
to‘lanmaydi;
d) harbiy xizmatchi bola parvarishi ta’tilida bo‘lganligi munosabati bilan — ushbu ta’til
tugagunga qadar.
Bunda ko‘rsatilgan davrda harbiy xizmatchiga pul ta’minoti to‘lanmaydi. Turar joyni ijaraga
olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi qonunchilikda belgilangan tartibda
to‘lanadi;
e) harbiy xizmatchi olti oydan ko‘proq muddatga tayyorgarlik, qayta tayyorgarlik va malaka
oshirish kurslariga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga o‘qishga
yuborilganda quyidagi to‘lovlar: harbiy unvon maoshi, oxirgi egallab turgan asosiy lavozimi bo‘yicha
lavozim maoshi, xizmat yillari uchun ustama, maxsus moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi
hisobidan ustama (15 foizgacha), bir yo‘la to‘lanadigan pul ta’minoti, qonunchilikda belgilangan


tartibda oziq-ovqat payogi uchun kompensatsiya puli va turar joyni ijaraga olganlik (ijarada
turganlik) uchun pul kompensatsiyasi — o‘qishning butun muddati davomida saqlanib qolinadi;
j) sud tomonidan harbiy xizmatchini egallagan lavozimidan chetlatish to‘g‘risida ajrim
chiqarilgan holatda — ko‘rsatilgan ajrim bekor qilingunga yoki jinoyat ishi bo‘yicha uzil-kesil qaror
qabul qilingunga qadar.
Bunda pul ta’minotini to‘lash mazkur Nizomning 
148-bandida
belgilangan tartibda amalga
oshiriladi;
z) harbiy xizmatchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilganda —
qamoqqa olingan kundan boshlab ushbu ehtiyot chorasi bekor qilingunga qadar.
Bunda ko‘rsatilgan davrda harbiy xizmatchiga pul ta’minoti to‘lanmaydi.
(146-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PQ-5035-son 
qarori 
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2021-y., 07/21/5035/0228-son)
147. Sud ajrimi asosida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan harbiy xizmatchilar tergov olib
borilayotgan butun davrda tegishli komandirlarning (boshliqlarning) ixtiyoriga o‘tkaziladi va jinoyat
ishi bo‘yicha uzil-kesil qaror qabul qilinmagunga qadar haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilmaydi,
mazkur Nizomda belgilangan holatlar bundan mustasno.
148. Sud ajrimi asosida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan harbiy xizmatchi sud
ajrimining nusxasi komandirga (boshliqqa) kelib tushgan kundan boshlab uning ixtiyoriga
o‘tkaziladi.
Komandir (boshliq) sud ajrimining nusxasini olgan vaqtdan boshlab shaxsiy tarkib bo‘yicha
buyruq chiqmagunga qadar harbiy xizmatchini lavozim majburiyatlarini bajarishdan chetlashtiradi.
Sud ajrimiga asosan egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan harbiy xizmatchiga
komandirning (boshliqning) ixtiyorida bo‘lish vaqtida qonunchilikda belgilangan tartibda harbiy
unvoni bo‘yicha okladi (harbiy unvon bo‘yicha okladning ustamalarini hisobga olgan holda), oziq-
ovqat payogi va turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kompensatsiya puli to‘lanadi.
149. Komandirning (boshliqning) ixtiyoriga o‘tkazilgan harbiy xizmatchiga nisbatan sud
tomonidan oqlov hukmi chiqarilganda yoki reabilitatsiya qiluvchi asoslar bo‘yicha jinoyat ishi
tugatilgan holatda u oldingi lavozimiga yoki unga teng lavozimga tayinlanadi, pul ta’minoti,
kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash esa qonunchilikda belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling