Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

Oldingi
 tahrirga qarang.
a) oliy harbiy ta’lim muassasasi, oliy ta’limdan keyingi institutga qabul qilingan harbiy
xizmatchi oldingi egallagan lavozimidan bo‘shatiladi (mustaqil izlanuvchilar bundan mustasno)
hamda kursant, tinglovchi, doktorant yoki ta’lim olayotganlar uchun nazarda tutilgan boshqa
lavozimga tayinlanadi;
(129-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-
sonli 
Farmoni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
b) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi hamda respublika va xorijiy
davlatlarning unga tenglashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, shuningdek oliy ta’limdan keyingi
institutga qabul qilingan ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarda o‘qish
muddati mobaynida ular oxirgi egallagan lavozimiga ko‘ra belgilangan ta’minotning barcha turlari
va normalari saqlanib qoladi.
(129-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-
sonli 
Farmoni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
130. Oliy harbiy ta’lim muassasasiga qabul qilingan fuqaro kursant lavozimiga tayinlanadi.
131. Harbiy xizmatchini lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod qilish va komandir (boshliq)ning
ixtiyoriga o‘tkazishga taalluqli bo‘lgan hujjatlarning shakli va mazmuni, shuningdek ularni
rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
132. Muddatli harbiy xizmatchi yangi xizmat joyiga uning roziligisiz o‘tkaziladi. Muddatli harbiy
xizmatchilarni bir joydan boshqa joyga o‘tkazish quyidagi mansabdor shaxslarning buyrug‘i
(farmoyishi) bilan amalga oshiriladi:
a) harbiy qism doirasida — harbiy qism komandirining buyrug‘i bilan;
b) qo‘shilma doirasida — qo‘shilma komandirining buyrug‘i bilan;
v) birlashma doirasida — birlashma shtabi boshlig‘ining buyrug‘i bilan;
g) bir birlashmadan boshqasiga va Qurolli Kuchlarning bir turidan boshqasiga (bir vazirlik
tizimida) — vazirlik rahbari tegishli o‘rinbosarining buyrug‘i bilan.
133. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini oilaviy sharoitiga ko‘ra yangi xizmat joyiga o‘tkazish
quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga muvofiq harbiy xizmatchi oila a’zolarining (eri, xotini,
farzandlari va harbiy xizmatchining qaramog‘idagilar) ushbu joyda yashash imkoniyati
bo‘lmaganda;


b) yashash joylaridagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limi organi komissiyasining xulosasiga
muvofiq doimiy o‘zgalar parvarishiga (yordamga, nazoratga) muhtoj va harbiy xizmatchining
parvarish qilish imkoni bo‘lgan boshqa aka-ukalari bo‘lmagan taqdirda, alohida yashovchi otasi,
onasini (shu jumladan eri, xotini) doimiy parvarishlash uchun.
134. Agar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini yangi harbiy xizmat joyiga o‘tkazilayotganda
oilasining turar joyi o‘zgarsa hamda xotini (eri) ham kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi bo‘lsa, unda
harbiy xizmatchini yangi harbiy xizmat joyiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda xotinini
(erini) ham ushbu joyga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqiladi.
135. Xizmat joyini o‘zgartirgan harbiy xizmatchilar ishlari va lavozimini topshirgandan keyin
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi bilan belgilangan muddatdan
kechikmay, biroq harbiy qism uning harbiy xizmat joyi o‘zgarganligi to‘g‘risida buyruq yoki yozma
xabarnoma olgan kundan boshlab ko‘pi bilan yigirma sutkada yangi xizmat joyiga yuborilishi kerak,
harbiy xizmatchi navbatdagi ta’til yoki davolanishda bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
136. Muddatli harbiy xizmatni o‘tamagan, o‘qishning ikkinchi yili boshlanmasdan oliy harbiy
ta’lim muassasasidan chetlashtirilgan, o‘qishdan chetlashtirilgan vaqtda chaqiruv yoshiga yetgan
va bo‘shash huquqiga ega bo‘lmagan kursantlar muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun harbiy
qismlarga jo‘natiladi. Chaqiruv yoshiga yetmagan shaxslar harbiy hisobga qo‘yish uchun yashash
joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limiga yuboriladi.
O‘qishning ikkinchi yilida oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilgan kursantlar
(intizomsizligi va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilganlar bundan mustasno) oddiy
askar va serjantlar tarkibi lavozimlarida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishi mumkin.
137. Oliy harbiy ta’lim muassasalaridan chetlashtirilgan (intizomsizligi va sog‘lig‘ining holatiga
ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilganlar bundan mustasno) harbiy xizmatni davom ettirish istagini
bildirgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar yangi xizmat joyiga yuboriladi.
138. Harbiy xizmatdan tashqari davlat xizmatining boshqa turlari nazarda tutilgan vazirliklarda
maxsus unvonga ega xodimlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda
harbiy lavozimlarga tayinlanishi mumkin. Ushbu xodimlarning xizmat joyini bir vazirlikdan
boshqasiga o‘zgartirish davomida ularni bo‘linmalar tarkibida harbiy lavozimlarga tayinlashda ham
aynan shu tartib tatbiq etiladi.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling