2.3. Vazirlik o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) harbiy xizmatchi xorijga o‘qishga yuborilgan butun davr uchun o‘qitish qiymatini to‘lash bilan
bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etish;
b) tahsil oluvchining qo‘shinlardagi amaliyotini (ishlab chiqish amaliyotini) ta’minlash;
v) zaruriyat tug‘ilganda ta’lim muassasalariga tegishli bo‘lmagan harbiy-tibbiy muassasalarda tahsil
oluvchining davolanishini to‘lash.
2.4. Vazirlik quyidagi huquqlarga ega:
a) tahsil oluvchining o‘qishini borishi, o‘zlashtirishi va harbiy intizomi holatini nazorat qilish;
b) tegishli shartnomalar va kontraktlarda ko‘rsatilgan o‘qitish shartlariga ko‘ra tahsil oluvchidan
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoki o‘qish joyi bo‘yicha qo‘shinlardagi amaliyotni o‘tashni
talab qilish;
v) tahsil oluvchini ta’lim muassasasidan vaqtincha chaqirib olish;
g) tahsil oluvchidan baholash vedomostlari va sinov sessiyalarini topshirish natijalarini taqdim etishni
talab qilish.
3. O‘QIShNI MUDDATIDAN OLDIN TUGATISh ShARTLARI
3.1. Tahsil oluvchining ta’lim olishi quyidagi holatlarda muddatidan oldin tugatilishi mumkin:
a) tahsil oluvchining o‘zlashtirmasligi;
b) kelgan tahsil oluvchida mazkur kontraktning 2.2-bandi “e” kichik bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni
yo‘qligida;
v) o‘qishni boshlanishiga 7 kundan ortiq kechikib kelish;
g) o‘qish vaqtida tahsil oluvchining sog‘lig‘ini yomonlashishi, natijada sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra
kelgusida ixtisosligi bo‘yicha xizmatni o‘tashga (o‘qishga) yaroqsiz deb topilsa yoki tahsil oluvchining
kasalligi oqibatida, agar kasallik muddati 2 oydan ortiq bo‘lsa;
d) tahsil oluvchi mazkur kontraktning 2.2-bandi “b” kichik bandida bayon etilgan talablarni
bajarmaganida.
3.2. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari qabul qilingan holatda
tahsil oluvchining ta’lim olishi muddatidan oldin tugatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |